Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə12/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70
56 7-ADABIYOT

TONG OCHAR KO'ZLARIN...
Tong ochar ko'zlarin erinib,
sevinchdan yig'laydi qiyoqlar,
chechaklar jilmayar sevinib,
shamolda cho'milar giyohlar.
O'ynoqi shu'lalar - bolalar
jimgina tarqalar sayxonga,
o'rgimchak to'qiydi tolalar,
xonqizi boradi mehmonga.
Qurbaqa varaqlar bayozin,
guldan bol so'radi arilar,
chigirtka qayraydi ovozin,
parvozda ninachi - parilar.
Chumoli, mehnatkash chumoli,
kuyinma, atrofga bir qara ­–
maysalar, oh, qanday himoli,
dunyoni qilma ko'p masxara.
1 Himoli – jalb etuvchi, chiroyli.
OY SINIG'I
Oy sinig'i to'la suvloqqa
sharsharaday quyilar yollar.
Bu yollarni silar mehribon
shabadalar - ma'yus ayollar.
Ko'k yollarin suvga botirib
ne zamonki suv ichar otlar.
Atrofdagi ko'm-ko'k adirlar
­o'tovlarda botirlar yotar...
Biroq tunda o't-maysalarga
to'kiladir kimning yoshlari?
Nega suvdan bechora otlar
ko'tarolmas og'ir boshlarin?
Nima bo'lgan ularga axir
yo sehrlab qo'yganmi suvloq?
Nega jimlik bosgan vohada
beg'am uxlar botirlar uzoq?
HAMAL
Erib bitdi poyonsiz qorlar,
yana ko'hna zamin tulladi.
Vodiydagi ulkan o'riklar
bir kechada oppoq gulladi.
Oq bulutlar yerga qo'ndimi,
mo'jizalar bo'ldimi sodir?
Oh, naqadar ajoyib tunda
oq mash'ala ekilgan vodiy.
Endi safsar kechalarda oq
mash'alalar tutib ulug'vor
kengliklarda kezar chiroyli
kunduzlarni axtarib bahor.
* * *
Jangda o'lgan emas biror bahodir,
bari halok bo'lgan xiyonatlardan,
toshday uxlaganda to'shlarin ochib
yo zahar qo'shilgan ziyofatlardan.
Biror asotirda bahodirlarni
hattoki yuz boshli ajdar yemagan,
ming bir sinoatli yalmog'izlar ham
tog'larni o'ynagan devlar yengmagan.
Bari halok bo'lgan xiyonatlardan,
bariga orqadan sanchilgan xanjar.
Shunday bo'lib kelgan azal-u azal
Mana shu jafokash, ko'hna Vatanda.
Har gal bahodirlar yiqilar ekan
kurakka sanchilgan nomard tig'idan,
qayta tirilganday bo'lardi nogoh
har bir bolakayning qorachig'ida.
Ishongil, hech qachon seni aldamas
sofdil elatlarning asotirlari,
birorta bahodir o'lganmas jangda,
qo'rqoqlar o'ldirgan bahodirlarni.
1 Asotir - afsonalar, uydirmalar.
SAVOL
Kim edim-u kim bo'ldim endi,
qayga ketar yoshligim, kuchim,
isyonlarga, g'azab, nafratga,
og'riqlarga to'ladir ichim...
Ko'proq yashab qo'ydim shekilli:
oy, kun sayin xotiram og'ir,
yetti qavat osmon tepamda,
yelkalarim sirqirab og'rir.
Tashladimi yoki bir umr
ko'zimga g'am ko'lkalarini,
parvardigor, bor bo'lsang agar,
ezma o'g'lim yelkalarini.
Kim edim-u kim bo'ldim endi,
ko'rib turar quyosh, suv, tuproq.
Ko'zlarimdan ko'ra hayotni
yelkalarim ko'ribdi ko'proq.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin