Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə13/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
56 7-ADABIYOT

TABIAT LIKIKASI
Lirik turga mansub asarlarda shaxsning ichki tuyg'ulari hissiyoti, ruhiy kechinmalari, sezimlari asosiy o'rinda bo'ladi. Bu turdagi asarlar uchun hayotda ro'y bergan voqealarni
ko'rsatish emas, balki ana shu voqealar tufayli insonda paydo bo'ladigan tuyg'ular tasvirini berish muhim hisoblanadi. Lekin lirik turdagi asarlarning yaratilishida ham hayot hodisalari muhim o'rin tutadi. Negaki, odamning tuyg'ulari o'z-o'zidan junbushga kelavermaydi. Uni muvozanatdan chiqaradigan ijti­moiy, siyosiy, maishiy yoki tabiiy sabab bo'lgandagina kishi­ning hissiyotlar dunyosi harakatga keladi. Har qanday inson hamisha tabiat qo'ynida va u tufayli mavjud hamda uning shaxslik sifatlari tabiat bilan muloqot jarayonida yorqinroq namoyon bo'ladi. Tabiatdagi ilohiy inti­zom, uning buyuk tartib ichida, buzilmas muntazamlikda mavjudligi, tabiatning beadad qudrati, adoqsiz go'zalligi har qanday odamda, ayniqsa, ta'sirchan qalbga ega shoirlarda hissiyot uyg'otishi aniq. Aytish kerakki, lirik asarlarda tabiat nechog'liq keng tasvir­lanmasin, u hamisha vosita darajasida qoladi. Inson va uning ruhiyatini ko'rsatish esa maqsad martabasida bo'ladi. Shu jihatdan Shavkat Rahmon she'rlari diqqatga sazovordir. Uning she'rlaridagi tabiat tasviri lirik qahramon kayfiyati­ga bog'liq ravishda turli maqsadlarga xizmat qiladi. Chunonchi, «Tungi manzara» she'rida tabiatning kishi ruhi­yatida mahzunlik uyg'otgan holati «Tong ochar ko'zlarin» she'rida yengil hissiyotlar, nekbin ruhiy manzaralar ifodasiga sabab bo'ladi. Shoirning «Oy sinig'i» va «Hamal” she'rlari ham tabiat ko'rinishlari tasviriga bag'ishlangan. Lekin bularning birortasida ham shoir tabiat manzarasini, uning betakror hola­tini aks ettirish bilangina kifoyalanmagan. Chunki asl shoir tabiat orqali inson shaxsini tadqiq etishni ko'zda tutadi. Shuning uchun ham suvloqda chanqog'ini qondirayotgan «otlar», sevinchdan yig'layotgan qiyoqlar, ovozini qayrayotgan chigirtka va bosh ko'tarmay mehnat qilishi bilan dunyoni masxaralayotgan chumoli timsollari, aslida, lirik qahramon­ning murakkab, o'ziga xos, tushuntirib berish mushkul bo'lgan ma'naviy olamining chigal manzaralaridir.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin