Badiiy so’z qudrati


ENG UZOQ YOZILGAN TARJIMAYI HOLIM



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə17/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
56 7-ADABIYOT

ENG UZOQ YOZILGAN TARJIMAYI HOLIM
Tavalludim: qirq uch, mezonning yigirma yettisi.
Otam - bog'bon. Savodsiz, bizningcha, Mashrabni o'qirdi eski yozuvda.
Onam - pillakor. Savodsiz, bizningcha, Hazrat Navoiyga tishi o'tardi.
Hayotim bosqichlari: qishloq maktabi. Shahar maktabi. Kechki. So'ngra barcha tirikchilik maktablari.
Balog'at guvohnomasi: Toshkent dorilfununi.
Talabalikning yakuni: talabachilikning boshlanishi. Kasbim: har qanday mehnat.
Ilova: Sevaman she'rni.
She'riyat...
She'r deb atash mumkin bo'lsa,
birinchisin yozgan kunim:
53-yil, 5-mart.
Dars: Alisher Navoiydan to Abdulla Orif. Aleksandr Pushkindan to Viktor Sosnora.
Keyin,
men bilgan shoirlar.
Men olgan achchiq-chuchuk besanoq saboq. Orzuyim: Turkiston atalmish tarqoq Vatanni Tirik ekanimda bir butun ko'rmoq.
Qo'limdan kelmaydigan ish:
she'r yozmaslik.
Niyatim:
Tinish belgilari singari sodiq bo'lmoq - kasbimga, darslarga va orzularga.
O'lim?.. Darvoqe.. O'lim bilan chiqisholmayman... Ammo Alloh o'zi bilgichdir.
1 1943-yilning 27-sentabri.
ONA TURKlSTON
Abdulla Qodiriy xotirasiga
1. Xotiramning qa'r-qa'rida tarix
Doim so'zlab turar ezgin hikoya.
Tutqun qush singari qolurman g'arib,
Ruhimga bulutlar tashlaydir soya.
Bot-bot xayolimdan chekindi mubham,
Fikrimdan yulqindi Vatan qorasi.
Olisda miltirab so'nayotgan sham
Ko'hna hasratimning mash'um yarasi.
Kishanband qilinar qo'llarim go'yo,
Tuproqqa qo'shila boshlaydir tanim.
Shu qadar yuragi tormidir - dunyo,
Nahot farzandiga - o'ziga g'anim.
O'zi yuragimga jo bo'ldi, ammo
Nechun sig'dirmadi, nechun Vatanim?!
2. Ko'ringiz tarixni, ey turkiy xalqim,
Ko'zimda ertaning sevinchi xolos.
Ul Turondir. Turkistondir? U balkim
Ichimni kemirgan qadimiy qasos.
Ko'ringiz tarixni. Ko'z oldim parda,
Qo'limdan uchmoqda bu yer, bu Vatan...
Oshno tutinardim po'lat xanjarga...
Jang maydoni sari otilardim man...
Vatan, aylanarman bir keskir toshga,
Qoshingga o'q kabi uchib borarman...
Nahot til boshqadir, nahot dil boshqa?!
Yo'q! Farmon kutarman, eng so'nggi farmon,
Shaklanib qararman qalqqan quyoshga.
Baribir, qasos deb yonarman hamon.
3. Umr deganlari o'tmakda shoshqin,
Tilla barglarini elab yo'limga.
Sening manguliging beradi taskin
Erta uzilguvchi mening umrimga.
O', ona Turkiston, kuylayman yonib,
Dunyo jur'atini berding qo'limga.
Men endi angladim turkiy dunyoni,
Mana, men tayyorman endi o'limga.
Ey mening zahmatkash, ey qutlug' xalqim,
Bergil faqat kuyib kuylamak haqqin.
Ortiq mas'ul etar topilgan bu Baxt.
«Ishq so'zidan kuydi bulbul maskani».
Til bilan kuylanmas ona Vatanim,
Men seni kuylamak istayman faqat.
1 Shaklanib – seskanib, sergaklanib. 2 Alisher Navoiy g’azalidan (Muallif).
TONG OTMOQDA
Tong otmoqda. Tong o'qlar otar,
Tong otmoqda, quyosh - zambarak.
Yaralangan Yer shari yotar,
Boshlarida yashil chambarak.
Tong otmoqda, musaffo tongga
Yuragini tutar odamlar,
Shu tong uchun kelgan jahonga
Va shu tong deb o'tar odamlar.
Tong otmoqda...

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin