Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə30/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
56 7-ADABIYOT

G'AZALLAR
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum,
Kishi bilmas onikim, qoldi qanda?
Chu jonimdan aziz jonona sensen,
Kerakmas jon manga sensiz badanda.
Manga ul dunyoda jannat ne hojat,
Eshiging tuprog'i basdur kafanda.
Solib borma meni ey, Yusufi husn
Bukun Ya'qubtek bayt ul-hazanda.
Uzun sochingdin uzmasmen ko'ngulni,
Ayog'ing qanda bo'lsa, boshim anda.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg'a banda.
1 Vasf - maqtash, sifatlash, ta'riflash. 2 Anjuman - yig'in, majlis. 3 Tamanno - istak, tilak, orzu. 4 La'l - qimmatbaho qizil tosh. Bu o'rinda «lab» ma'nosida. 5 Qanda - qayda, qayerda. 6 Bayt ul-hazan - g'amxona, g'amga botmoq. 7 Sarvi ozod - sarvday qomat.

* * *
Manga sen bo'lmasang, jon hojat ermas,


Bihisht-u hur-u rizvon hojat ermas.
Firoqingda ko'zum yoshi bor erkan,
Bahor-u abri nayson hojat ermas.
Yuzungdin shomlar zulfungni yig'sang,
Furug'i mohi tobon hojat ermas.
Bo'yung sarv-u ko'zung nargis, yuzung gul,
Sening qoshingda bo'ston hojat ermas.
Agar gashti labi daryo qilursen,
Ko'zumga kelki, ummon hojat ermas.
Raqib birla musohib qilma bizni,
Quturg'on itga sagbon hojat ermas.
Atoyig'a bo'sag'angdan o'run ber,
Saroy-u koxi ayvon hojat ermas.
1 Bihisht - jannat. 2 Rizvon - jannat. 3 Firoq – ayriliq. 4 Abri nayson - yomg'irli ko'klam buluti. 5 Furug' - nur. 6 Mohi tobon - nurli oy, to'lin oy. 7 Gasht - sayr. 8 Ummon - dengiz. 9 Musohib - suhbatdosh. 10 Sak(g)bon - itboqar. 11 Koxi - qasr.

* * *
Ko'ngul olding, begim, yoshurmog'ing ne?


Jafoni haddidin oshurmog'ing ne?
Raqiblarg'a qilur la'ling tabassum,
Qonimni g'ussadin toshurmog'ing ne?
Ko'ngul shishasida mehring mayidur,
Jafo birla anga tosh urmog'ing ne?
Yururda yeng bila og'zingni tutma,
Nimakim yo'q turur, yoshurmog'ing ne?
Atoyi, yerga yel zulfin tegurmas,
Qaro yerga sening bosh urmog'ing ne?

* * *
Agar ko'nglung tilar jonimni olmoq,


Qaroqchi ko'zlaringdin bir qiyo boq.
Judo bo'lg'oli men zulf-u yuzungdin,
Ko'zumga ne qaro ko'rundi, ne oq.
Falak ayvonina bosh indururm-u,
Qoshing mehrobining toqina mushtoq.
Ko'rarmen bog'i jannat mevasindin,
Yangoqing norini yuz qatla behroq.
Meni devona aylab ishva birla,
Nedur hardam parilardek yashunmoq.
Agar uchmoh bersa tengri sensiz,
Degaymen bizga yitti sekkiz uchmoh.
Atoyi, sen kim-u ul sarv qomat,
Ilik etmas, ne hosil qo'lni sunmoq.
1 Indirmoq - qo'ymoq, egmoq. 2 Mehrob - namoz o'qilayotganda imom turadigan yoy shaklidagi sajdagoh. 3 Toqi - uy, tokcha, mehrobning tepa qismi. 4 Yangoq - yonoq. 5 Nor - olov, anor. 6 Behroq - yaxshiroq. 7 Uchmoh - jannat. 8 Misraninng mazmuni: Biz uchun sakkiz jannat yo'q bo'ldi deyman. 9 Ilik - qo'l. 10 Sunmoq - uzatmoq.

* * *
Kel, ey dilbarki, bo'ston vaqti bo'ldi,


Gul ochildi, guliston vaqti bo'ldi.
Qilay nola, boqib guldek yuzungga,
Chu bulbullarg'a afg'on vaqti bo'ldi,
Gulu bulbul bikin gulbunlar ichra,
Nishotu ayshi pinhon vaqti bo'ldi,
O'qub gul baxtini majlisda har dam,
Bo'lub sarxush, gulafshon vaqti bo'ldi.
Turub mahbub olida muhibg'a,
Chu gul choki giribon vaqti bo'ldi.
1 Bikin - kabi. 2 Gulbun - gul, gul tupi, gulbunlar - gulzor. 3 Nishot - shodlik. 4 Sarxush- mast. 5 Gulafshon - gul sochuvchi, shod etuvchi. 6 Muhib - oshiq. 7 Choki giribon - yoqa yirtmoq, bu yerda «ochilish» ma'nosida.
Mug'anniylarg'a bulbullar bikin zor,
Hazoron nav'i alhon vaqti bo'ldi.
Bu damkim, gul qilur bulbulg'a altof,
Atoyiga ham ehson vaqti bo'ldi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin