Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə42/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
56 7-ADABIYOT

LIRIKA HAQIDA
Badiiy adabiyotning uch asosiy turidan biri lirikadir. Lirik turdagi asarlar ham voqelikning in'ikosi sifatida yaratilsa-da, ularda hayot manzaralari batafsil tasvirlanib, izohlab berilmay­di. Bu xildagi asarlarda asosiy belgi voqelikdagi biror narsa-hodisa sababli paydo bo'lgan kechinma va tuyg'ularning ifo­dasini berishdir. Lirik asarlarda o'quvchining tuyg'ulariga, hissiyotlariga ta'sir etish asosiy maqsad qilib olinadi. Muallifning o'zigagina aloqadorday tuyulgan kechinmalar she'rxonning ham ruhiga ta'sir etar ekan, shu yo'l bilan uni birovning holatini tushunishga o'rgatadi. Shunday qilib, shoir­da voqelik ta'sirida tug'ilgan fikr va his-tuyg'ularni ifodalaydi­gan adabiy tur lirika deyiladi. Hamid Olimjonning bevaqt halok bo'lishi tufayli Zulfiyada paydo bo'lgan g'amgin tuyg'ularning she'riy ifodasi lirikaning namunalaridir. Ayni vaqtda bu she'rlar faqat shaxsiy ahami­yatga ega bo'lmay, barcha insonlarga xos pokiza tuyg'ularning ham ifodalaridir. Shoiraning «Oydinda» she'ri ham bahoriy yomg'irdan keyingi oydin kechani tomosha qilib, o'lkaning go'zalligiga lol qolgan kishiga xos kayfiyatni bera bilganligi bilan barchaga qadrlidir. Lirik asarlarda voqelikning o'zini emas, balki uning inson tuyg'ulariga ta'sirini tasvirlash muhim o'rin tutadi.


TURDI FAROG'IY
(XVII asr o'rtalari - 1699/1700)
O’zbek adabiyotida hajviyot rivojiga sezilarli hissa qo'shgan shoir Turdi Farog'iy Buxoroda tug'ildi va shu yerda shoir sifatida shakllandi. Shoirning ha­yoti va ijodiy faoliyati Buxoro xonlari Nodirmuhammad va uning o'g'illari Abdulazizxon hamda Subhonqulixon hukmronligi davrida kechdi. XVII asr va keyinchalik XVIII asr yurtimiz tarixi uchun ziddiyatli va murakkab davr bo'ldi. Xivada qo'ng'irotlar, Buxoroda mang'itlar, Qo'qonda minglar o'z hukmronligini o'rnatib, Turkiston uch xonlikka bo'linib ketdi. Ular o'rtasida toj-taxt, hudud uchun kurashlar kuchaygandan kuchayib bordi. Bu holat vijdonli, millat taqdiriga befarq qara­maydigan xalq vakillarning noroziligiga sabab bo'lishi tabiiy edi. 1645-yilda Nodirmuhammad Xivani o'ziga bo'ysundirish uchun qo'shin tortadi. Bir yurtda yashovchilar, bir millat vakillari o'zaro to'qnashishga majbur, qon to'kilishi aniq. Xon­dan norozi bo'lgan yuz urug'i Xo'jandda Boqi Yuz boshchiligi­da qo'zg'olon ko'taradi. Turdi shular orasida edi. Chunki biro­darkushlik harakati uning ham g'azabini qo'zg'agan edi. Isyonni bostirish uchun yuborilgan Abdulazizxon otasiga xiyonat qilib, qo'zg'alonchilarga qo'shildi. Ular bilan Buxoroga yurish qilib, taxtni egalladi.. Nodirmuhammadning boshqa o’g'li Subhonquli bilan taxtni qaytarish harakatlari natija bermaydi va u hajga ketishga majbur bo’ladi. Aka-uka o'rtasidagi taxt talashishlar Abdulazizxonning ham Buxoroni tashlab haj safariga jo'nashi bilan yakun topdi. U otasiga ravo ko'rgan qismat endi o'zining boshiga tushdi. Xalq otasiga tik boqqan Abdulazizxondan insof va adolat ko'rmaganidek, akasiga tig' ko'targan Subhonqulixon davrida ham ro'shnolik topmadi. 1681-yilda Samarqand yaqinidagi Miyonko'lda unga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olonchilar orasida yakdillik bo'lmay, bir qismi xonga taslim bo'ldi. Ikkinchi qismi Xo'jand va O'ratepa hokimi Rahimbiy Yuzdan yordam so'rab, kurash­ni davom ettirdi. Madad kelmay, mag'lubiyatga uchradilar. Turdi mana shu ikkinchi qism orasida edi. Chunki uning tabiatiga zolimga bo'ysunish, zulm bilan kelishish yot edi. Umrining so'nggi davrini Xo'jandda, Oqbo'tabiy huzurida muhtojlikda o'tkazadi. Quyida ana shu millatparvar, haqparast shoir ijodi namunalaridan bahramand bo'lasiz.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin