QOFIYA VA RADIF Qofiya she'rning asosiy unsurlaridan biri sanaladi. U she'riy asarlar musiqiyligini, jozibasini ta'minlaydi. Qofiya matnda yarq etib ko'zga tashlanadi, eshitilishida ham boshqa so'zlardan ajralib turadi. Shuning uchun shoirlar asarlarida asosiy fikrni tashuvchi so'zlarni qofiyada berishga harakat qiladilar. Qofiya - bir so'z bilan yuzaga chiqmaydigan badiiy hodisa. Qofiya bo'lishi uchun ikki va undan ortiq ohangdosh so'zlar uyg'unligi bo'lishi kerak. Ular qofiyadosh so'zlar deyiladi. Ohangdoshlikni bu so'zlardagi raviy deb ataluvchi unli yoki undosh bo'lgan tirgak tovush hosil qiladi. Qofiyadosh so'zlarda raviy qat'iy bir o'rinda keladi. Masalan, «Anor» chistonidagi «nishon», «makon», «qon» qofiyadosh so'zlarida «n» undoshi raviy hisoblanadi. Ularda qofiya raviy bilan tugagan. <radif deyiladi. Yuqorida siz o'rgangan
Bu kun, ey do'stlar, farzandi jononimni sog'indim,
Gado bo'lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog'indim
bayti bilan boshlanuvchi she'rida “jononimni», «davronimni” kabi so'zlar qofiyadosh bo'lsa, ulardan keylin takrorlanuvchi «sog'indim» radifdir. Radif bir necha so'zdan ham iborat bo'lishi mumkin. Uvaysiyning
Ki bulbul nola, afg 'on aylamakni mendin o'rgandi,
Vujudin sham'i so'zon aylamakni mendin o'rgandi
baytida «afg'on», «so'zon» qofiyasidan keyingi uch so'zdan iborat «aylamakni mendin o'rgandi» radif bo'lib kelgan.