Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə53/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
56 7-ADABIYOT

SHUDRlNG
Tong belgi bergandanoq
O’tib osma ko’prikdan,
Jar ketiga chopardim –
Jar keti o’zga olam.
To'ldirib chanoq-chanoq,
Go'yo sutdek ko'pikdan,
Tutgandek g'oyib qo'llar
­Jilvagar ko'zga olam.
G'o'za yaproqlarida
Ko'katlarning bargida,
Chechaklarning bag'rida
Yaltirar lak -lak inju.
Sho'x soy qirg'oqlarida,
Nihollar kurtagida,
Sal epkinda simobday
Qaltirar lak -lak inju.
Yaltirar suyri tepa,
Yaltirar qir uzunchoq,
Kelinlar taqinchog'i,
Uzuk ko'zlarimi yo.
Chor atrof sabzalarda
Jimir-jimir ko'zmunchoq,
Bo'y-bo'y dilrabolarning
Suzuk ko'zlarimi yo?
Yo'q, bu giryon ko'zlarning
Yarqiroq zamzamasi.
Kechasi onam tag'in
Yig'labdi-da, chamasi...
1 Inju - dur yoki marvarid munchoq. 2 Bo'y-bo'y - bo'yga yetgan, yetilgan qizlar. 3 Zamzama - hirgoyi, sekin kuylash.
QISHLOG'IM
Qishlog'im, nechog'lik suluvsan bugun,
Yashilga burkanib, yashnabsan shuncha.
Nechog'lik to'kissan, nechog'lik to'kin,
Meni o'rab oldi xayol, tushuncha:
Qay qo'raga kirsang, eshigi ochiq,
Bir nima tatiysan, qo'ymas aslo och.
Qoraqumg'on qaynar, yozilur chochiq,
Zog'orami, so'kmi, yovg'on yo umoch.
Borini ayamas, borini qo'yar,
1 Zog'ora - makka unidan qilingan non. 2 So'k - tozalangan tariqdan qilingan ovqat. 3 Yovg’on – go’sht va yog'siz tayvorlanadigan ovqat. 4 Umoch - uvalangan xamirdan qilinadigan suyuq ovqat.
Yupqami yo go'ja, talqon, qo'g'irmoch,
Qurutmi yo jiyda - o'rtaga uyar,
Juda bo'lmaganda qatig'-u ko'moch.
Agar so'ygan bo'lsa kecha bo'rdoqi,
Qozonda qovurdoq, o'rtada ko'za.
Danak, qovunqoqi, suzgun ko'z soqi,
Yo qimiz suzilur, yo achchiq bo'za.
Agar so'ygan bo'lsa uloq yo qo'zi,
O'hho', no'xat sho'rva yoki kulchatoy.
Juda qashshoq bo'lsa, bor yaxshi so'zi,
Shundoq yaxshi so'zki, go'yo sarmoy.

* * *
«...Yoramazon» aytar edik ba'zi kez,


Shom payti, chang-tutun qishloq ko'chasi,
Pul oshimi, to'qoch - olib chiqar tez.
Tonggacha jaranglar oydin kechasi.
Kelin yo'lin to'sib machit oldida,
Aylanishar edik yoqib alanga.
Hammasi qolarkan go'dak yodida,
Boshdan sochilguvchi turshag-u tanga.
Qish kuni to'y-u bazm yo yayov uloq,
Yo nargi qishloqdan nogahon qorxat.
Esimda go'daklik - unutilmas chog',
O'sha kunlarimdan qalbimda bor xat...
Qishlog'im, tag'in ham suluvsan bugun,
Tag'in ham suyuksan, mening ardoqlim,
Nechog'lik to'kissan, nechog'lik to'kin,
Dunyo turguncha tur, qo'li qadoqlim.
1 Go’ja - kelida tuyilgan makka yoki bug'doydan tayyorlanadigan suyuq ovqat. 2 Ko'moch - cho'ponlarning kulga ko'mib pishiriladigan noni. 3 Bo'za - dondan tayyorlanadigan kayf beruvchi ichimlik. 4 To'qoch - katta bo'g'irsoq.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin