Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə55/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
56 7-ADABIYOT

ONA TlLlM
Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da,
O'lib qolganmishman tushda nogahon.
Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tig'ida,
Tog'lar orasida yotibman bejon.
Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda,
Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.
Men esam o'ylayman yotib tuproqda,
Mana shu tuproqqa qo'shilar xokim.
Men o'lib yotibman kimsasiz, unut,
Hech kimsa qayg'urmas va chekmas yohu.
Faqat cho'qqilarda qurqurar burgut.
Faqat vodiylarda ingraydi ohu.
Navqiron yoshimda bo'ldim-ku ado,
Otash yuragimni o'ydi axir o'q.
Na onam, na yorim bermaydi sado,
Do'st tugul, hattoki yig'ichi ham yo'q.
Fig'on otladi jonsiz bag'rimdan,
(Go'yo fig'on bordek murda dilida.)
Shu payt ikki kishi o'tdi naridan,
Quvnoq suhbat qurib avar tilida.
Men-ku bu dunyodan ko'z yumdim mangu,
Ular kulib-kulib so'zlashar borin.
Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu,
Qandaydir Alining sho'x kirdikorin.
Avar so'zin tinglab kirdi menga jon,
Ohista tirildim va shunda bildim:
Meni tuzatolmas hech dori-darmon,
Jonimga Masihdir shu ona tilim.
Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o'z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo'qolsa,
Men bugun o'lishga bo'lurman rizo.
Mayli, qashshoq bo'lsin, mayli, behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbaridan yangramasa ham.
Ona tilim menga muqaddas, buyuk.
1 Masih - payg'ambar Iso alayhissalomning «Silab tiriltiruvchi” ma'nosidagi sifati.
SHUYAM ERKAKMI?
Kimki beg'am, telbadek yursa,
Qachon ko'rma xaxolab tursa, -
­Shuyam erkakmi?
Kim qilichdan bukilmasa xam –
- Umri bo'yi yashasa beg'am -
Shuyam erkakmi?
Bir kalima uchun qashlab bosh,
Donolardek kersa yana qosh –
­Shuyam erkakmi?
Kim yurakdan bo'lmasa shaydo,
Biror qiz-la o'pishmasa yo, -
Shuyam erkakmi?
Kim har kimga “jonginam» desa,
Qizarganga ergashaversa – ­
Shuyam erkakmi?
Bizga tutsa uzangini bot,
Ham dushmanga sotsa shu zahot –
Shuyam erkakmi?
Ko'cha-ko'yda, odam ko'p joyda,
Sharob ichsa tinmay befoyda -
­Shuyam erkakmi?
Kimki umri safarda o'tsa,
Ota uyin agar unutsa, ­-
Shuyam erkakmi?
Kim so'z bersa, so'zki bir yaroq,
Unga amal qilmasa, biroq, -
­Shuyam erkakmi?



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin