Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə6/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
56 7-ADABIYOT

Fevral, 1319 (1904).
«Hayot uyqu bo'lsa, ishq uning ro'yosidur!» Mana – eng buyuk haqiqat. Esim ketdi, g'amim ham ketdi. Jonlandim. Ishtaham ochildi. Kezmoq, tomosha qilmoq istayman. Bugun chiqib qishloqdagi turkcha bilgan bulg'orlar bilan gaplashaman. Inshoolloh, meni bu yerdan olib ketmasalar kerak. Markazga yozdim. «Meni qo'zg'atmang!» - dedim. Endi bekor vaqtlarimni - zotan tamom bekorman - deraza yonida o'tkazaman. G'olibo, devorlardagi yozuvlarga bir necha satr ilova qilaman. Lekin, bu na bir shikoyat, na bir oh bo'ladi! Totli, toza, osuda bir xotira... Maydonchadagi go'zal, bashang, kelishgan qiz bilan uzoqdan bir sevishish! Uning ismini ham bilmayman. Do'kon egasidan ham, xizmatkoridan ham so'ramadim. So'rashdan nima foyda? Uni bilmasam, faqat yozuvlarimgina meni unga bog'lab qo'ydi. Harbiya maktabining ikkinchi sinfida «Jazo qonuni”ni o'qitgan bir o'qituvchimiz bo'lardi.
- Fazilatli bo'lmoq insonning qo'lida emas. Lekin istasa, nomusli bo'la oladi, bu ixtiyoriy narsadir, - derdi.
Uning fikricha, kim yashirin qilgan ishini ko'pchilik bilib qolgan hisoblab, jazo qonunnomasining moddalarini xotiriga olsa, nomussiz bo'lishdan qutuladi. Lekin fazilat ichdan keladigan bir narsa. Bunga zo'rlik bilan erishmoqqa urinish «riyokorlik» bo'lar edi. Bir kishida fazilat yo bor, yo yo'q. Orzu bilan, iroda bilan unga erishib bo'lmaydi. Men ushbu deraza oldida, do'konchining isqirt qo'y po'stagi ustida chordana qurgancha, ruhimni tahlil etarkan­man, hech fazilat egasi bo'lmaganimni iztirob bilan his etdim. Chunki... Ha, qanday yomon fikrlar kelmaydi xayolimga! Bu qizni majburan olib qochmoq! U bilan birga qochmoq! Amerikaga... qayta dunyoga kelgandek, boshqa manzara va boshqa hayotni xayol qilardim! Ortiq na onam, na otam, na uyim, na vatanim qoladi! Demak, men bir day­diman! Butun orzum qochmoq, bandilikdan qutulmoq, vatanni, oilani abadiy tark etmoq. Notanish olislarda birgina muhabbat bilan yashamoq! Lekin ustozimning tavsiyasiga amal qilib, ishtiyoqlarning orzudan amalga aylanishini jazo qonuni moddalari bilan solishtirib chiqsam, o'zimdan uyalib ketaman. Tashvishga ko'milib yotgan zavolli davlatning boshiga bir bulg'or qizini olib qochib, yangi mushkulot ort­moq! Ish beradigan, vatanga xizmat qiladigan chog'imda qo'shinni tark etmoq, jangdan, to'qnashuvdan, harbdan qochmoq! Tabiiy bir o'qqa uchib qulamoq yoxud bir pastkash kabi kasalxonalarda surinmoq, tahqirga uchramaslik uchun mamlakatimga ham qaytmaslik. Sevikli onam ko'z yoshlariga g'arq bo'lib, mening xayolim bilan o'ladi. Otam yaqinlari, do'stlari oldida mening xiyonatimdan yuzi shuvut. Hech kimning yuziga qaray olmaydi. Bularni o'ylarkanman, ko'zimni maydonchadan olaman. Qop-qora o'choq ichida chirsillab yonayotgan olov xayolimni o’z og’ushiga tortadi. Ha, nomusli bo'lmoq insonning o'z qo'lida! Mana men ham na qizni olib qochaman, na uning
Ismini bilishga harakat qilaman. Hatto yuziga boqmayman! Lekin bularning hammasini o'ylab o'tirmay, muhokamasiz qilolsam edi. Nega menda axloqning asosi bo'lgan fazilat yo'q? Nechun doimo urmoq, majaqlamoq, parchalamoq, qochmoq, qarshi bormoq, o'ldirmoq, isyon etmoq istagiga moyillik bilan yashayman? Ilk tarbiyam ta'sirimi? Chunki bolaligim tartibsiz kechdi. Salkam yo'lto'sarlar bo'lgan bir to'da odamlar ichida o'sib ulg'aydim. Istambul, oh, bu qadar sevganim go'zal Istambul, maktablar, boy kibor aqrabolarning nazokatlari borlig'imga g'oyat katta kuch va quvvat baxsh etgan! Arkoni harb tabaqasiga qo'shilib ketishimning sababi ham qattiqqo'lligim... Bir do'stimni o'lasi qilib urganman. Aybdorligim ma'lum bo'lib qoldi. Qamoqda yotib chiqdim. Axloqim tamom bo'ldi. Butun umidlarim bo'shga chiqdi. Lekin mana bu go'zal xonim unga qaramaganimga, orqamni o'girib olganimga jahl qilyapti. Meni deraza oldida ko'rishi bilan ovozi boricha qo'shiq aytib qichqiradi:
Nash, nash,
Charigrat nash.
Raz-dva-tri...

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin