Badiiy so’z qudrati


V. Ov ketidan quvib sipohidan ajralgan Navdarshoh­ning Jobir



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə62/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
56 7-ADABIYOT

V. Ov ketidan quvib sipohidan ajralgan Navdarshoh­ning Jobir
tuzog'iga ilingani, bo'ron ofatidan halokatga uchragan shoh
Nu'monning tushgani haqida
Qoldi Navdarg'a chunki bir manzil,
Besha ichra murur edi mushkil.
Vahm oldi qarorini shahdin,
Ki, aduv chiqmag'ay kamingahdin.
Kesturub beshani ochilg'ali yo'l,
Cherigin eltur erdi ilgari ul.
Go'yiyo saydlardin ul jangal,
Voqe' erdi to'la bug'u-vu maral.
Shahg'a ko'p erdi ov ishida vuquf,
Balki bor erdi asru ko'p mash'uf,
1 Murur - o'tish, yurish. 2 Kamingah - pana, pistirma. 3 Vuquf - voqif, xabardor. 4 Mash'uf - berilish.
Har tarafdin dorir edi sayde,
Shahg'a erdi sipoh ishi qayd.
Sayd yetgach ko'zini asrar edi,
Ko'rmayin deb o'zini asrar edi.
Nogahon bir shikoriyi gulrang
O'tgali qildi olidin ohang.
Keynicha ixtiyorsiz chopti,
O'q otarg'a qarorsiz chopti.
Sayd jangal ichini qildi talosh,
Yo'li ham tor edi-yu ham chirmosh.
G'ayr oning so'ngicha chopmas edi,
Oq otarg'a majol topmas edi.
Iztirob aylabon ota tushti,
Bir-ikki o'q, vale, xato tushti.
O'zga xud bo'ldi ul sifat behad,
Kim, dimog'idin uchti xush-u xirad.
Sayd qasdig'a o'yla qo'ydi ko'ngul
Ki, aduv chiqti yodidin bilkul.
Sayd bila beshag'a kirib ketti
Ki, aduv qavm-u xaylig'a yetti.
Qo'yub erdi kaminda Jobir nev,
Kinavarlar masof vaqtida dev.
Kim, kishi tutsalar keturgaylar,
Xizmatig'a aning yeturgaylar.
Ko'rdilar solur erdi bir bug'u xez,
Yetti onu qovub bir otlig' tez.
Poshina raxshlarg'a urdilar,
Ha deguncha ani tushurdilar.
1 Dorir edi - uchrardi. 2 Misraning mazmuni: Shohga harbiy ish qoidalari ma'lum edi. 3 Shikoriyi gulrang - ovlanadigan rangli qush, tustovuq. 4 Ohang - qiliq. 3 O'zga xud bo'ldi - o'zgacha bo'lib qoldi. 6 Xush-u xirad - aql-u xush. 7 Bilkul - butunlay, tamomila. 8 Kamin - pistirma, pana. 9 Nev - pahlavon, botir. 10 Masof - jang, janggoh. 11 Xez solmoq- tez ketmoq. 12 Poshina - qichamoq, niqtamoq. 13 Raxshlar - otlar.
Chopibon saydg'a solay dedi qayd,
O'zga sayyodlarg'a bo'ldi sayd.
Shah tilar bo'lsa shohliq qilmoq,
Sipahidin kerakmas ayrilmoq.
Shahni derlar sipoh birlan shoh,
Shoh emasdur yo’q esa anda sipoh.
Shahg'a xayl o'lsa, fath aning ishidur,
Bir kishi Rustam o'lsa, bir kishidur,
Shahlik oyinin aylabon ranbur,
Aylamas besipah sukunu murur.
Uchsa yolg'uz ko'rarga oq-u qaro,
Ne tavofut ulu yana bul aro.
Borsa shatranj shohining sipahi,
Ko'rki, bormu hisob ichinda shahi.
Chunki Navdar adug'a bo'ldi asir,
So'ydilar har ne kiyganin bir-bir.
Holig'a chun nazora qildilar,
Navdar erkonin jazm bildilar.
Biri ul xayldin chopib filhol,
Berdi Jobirg'a mujdayi iqbol.
Kim: «Bu yanglig' ish oshkor o'ldi,
Bo'yla saydi sanga shikor o'ldi».
Ul eshitgach bu nav'i afsona,
Tengriga sajda qildi shukrona.
Dedi: «Mafquf bo'lmayin nimaga,
Ko'zuni bog'labon soling kemaga.
Eltibon qasr aro qiling mahbus,
Eshigin ustidin eting madrus.
Andog' aylang bu ishni pinhoniy,
Kim, kishi fahm qilmosun oni.
1 Qayd - sirtmoq, band. 2 Sayyodlar - ovchilar. 3 Sayd - ov, o'lja. 4 Oyin - odat, udum. 5 Ranbur - o'zgartmoq. 6 Sukunu murur - turish va yurish. 7 So’ydilar - yechdilar. 8 Jazm - ­aniq. 9 Mujdayi iqbol - xursandchilik xabari. 10 Mafquf bo’lmayin - to'xtatmayin. 11 Madrus - bekitish, yopish.
Uy eshigin falong'a topshurunguz,
Xabarin manga bot kelturunguz!»
Shahni ul qasrg'a eturdilar,
Borcha hukmni bajo keturdilar.
Ne, ne yer erkonin bildi shah,
Ne shah erkonidin o'ldi el ogah.
Bo'ldi Navdar ishiga surat bu,
Lek Nu'monga jilvagoh edi suv.
Qoldi chun ikki kunchalik maqsad,
Yana yel suvni qo'zg'adi behad.
Bo'ldi ko'lok osmonpaymoy,
Ko'runir erdi kemadek yangi oy.
Tushti Nu'mon ishiga asr-u futur,
Har zamon jonidin edi mahjur.
To safar ahli ko'pi o'ldi talaf,
Tushti har bir kema bir o'zga taraf.
Garchi Nu'mong'a ko'p yetishti nahib,
Lek to'fondin o'lmadi osiyb.
Kemasi lekin ul taraf ketti,
Ki, burun o'g'li kemasi yetti.
Diydabonlar yana qilib ma'lum,
Yana Jobirg'a dedilar mafhum.
Yana Jobir yetib alar sari bot,
Topmay ul xaylning ko'pida hayot.
Tirigidin so'rub chu surati hol,
Zohir anglabki, ne durur ahvol.
Ilayiga solib, alarni surub,
Sharh qilg'on jazirag'a keturub.
Chiqorib shohni o'lum holi,
Kemani moldin qilib xoli.
1 Osmonpaymoy - osmon baravar, balandga intiladigan. 2 Futur - barbodlik, buzg'unlik. 3 Mahjur - mahrum, ayrilgan. 4 O'ldi talaf - nobud bo'ldi, talofat ko'rdi. 5 Nahib - qo'rqinch. 6 Osiyb - zarar, ziyon, ofat. 7 Majhum - tushuncha, xabar, so'z. 8 Ilayi - oldi.
Shoh jismig'a za'f topib yo'l,
Fahm qilmayki ne kishidur ul.
Shahni bir pardag'a nihon qildi,
O'zga zindon sari ravon qildi.
Har zamon shoh ichinda jondin vahm,
Kimsa lekin ul ishni qilmay fahm.
Yana ul elni soldi kema aro,
Bo'ldi bu nav alarg'a nuktasaro.
Ki: «Kerak bo'lsa sizga jon ketingiz!
Qaydakim ko'nglungiz tilar yetingiz!
Bu navohida anglasam sizni,
Qo'ymog'umdir tirik biringizni!»
Kettilar boshlarini olib bu guruh,
Ko'z aro ashku jon aro anduh.
Shoh Navdar sipohi ham bori,
Bildilarkim, ne ish erur tari.
Roy ko'p urdilar tuzub mahfil,
Shahsiz o'lsa sipah yo'q hosil.
Topmoyin g'ayri qaytmoq chara,
Buzulub yondilar bayakbara.
Jobiri rohzan bo'lub firuz,
Tunu kun bog'i ichra bazmafro'z.
Mehr yodi bila ichib sog'ar,
Sola olmay vale yuziga nazar.
Boqa olmay anga murodi bila,
Qon yutub, yo'qki boda, yodi bila...
1 Za’f- kasallik. 2 Nuktasaro - ma'noli so'zlovchi. 3 Navohi - atrof. 4 Tori - qorong'ilik, to'satdan bo'lish. 5 Mahfil - majlis, yig'in. 6 Buzulub - xafalanib, ko'ngli buzilib. 7 Firuz - g'olib, baxtli. 8 Bazmafro'z - bazmni qizitmoq, bazmni avjlatmoq. 9 Sog'ar - may. 10 Boda - sharob, may.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin