Badiiy so’z qudrati


VI. Mehrning o'z qallig'ini chohdan chiqarib parvarish qilgani va Suhaylning



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə63/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
56 7-ADABIYOT

VI. Mehrning o'z qallig'ini chohdan chiqarib parvarish qilgani va Suhaylning
yuzma-yuz olishuvda Jobirni yengib, so'ngida barchalarining
murodga yetganliklari to'g'risida
Mehr gul yanglig' aylabon yaqo chok,
Nilufarzor aro kezib g'amnok.
Yosh to'kub bahri mavjvar yanglig',
Ko'k libos ichra nilufar yanglig'.
Yuziga bas taponcha urg'onidin,
Nilufarlar ochib gulistonidin.
Hajrdin forig' o'lmog'in istab,
Ul balodan qutulmog'in istab.
Fikrdin kecha ko'zni yopmas edi,
Chora ko'p istar erdi, topmas edi.
Bandini anglab erdi choh ichra,
G'am-u anduhu umrkoh ichra,
Dedi: «Ul chahdin oni qutqorsam,
Yig'labon zor-zor yolborsam,
Ozim etsam Suhayl uchun oni
Kim, desam hojatimni pinhoni.
Ul magar holatimni anglab jazm,
Maxlasimg'a bu sori qilg'ay azm».
Yoshurun tiyra uyga ul dilxoh
Kirdi ikki kaniz anga hamroh.
Keldi chah boshi uzra g'amparvard,
Chekti un: «Ki-ey asiri mehnat-u dard!
Men dog'i bir faqirmen sendek,
Notavon-u asirmen sendek.
Maxlasing ichra sa'y etib jondin,
Seni cheksam bu tiyra zindondin.
1 Bahri mavjvar - mavjlangan dengiz. 2 Taponcha - shapati, tarsaki. 3 Umrkoh - jon azobi. 4 Ozim etsam - yuborsam. 5 Maxlas - xalos, qutilish. 6 G'amparvard - g'amga botgan, g'ambo­da.
Har ne desam qabul etarsenmu?
Qayon etsam ravon ketarsenmu?»
Choh ichinda Suhayl edi betob,
Holini za'f qilmish erdi xarob.
Bor edi oncha mehnati bir yon,
Mehri gulchehr furqati bir yon.
Bo'lg'och ul nav' so'z xitobi aning,
Oshti ul undin iztirobi aning.
Ko'ngluni say' birla to'xtatti,
Nozaning'a bu nav' so'z qotti:
«K-ey bashar xilqat-u farishta sifot,
Bergan o'lgan tanimg'a toza hayot!
Sendan etsa bu nav' lutf zuhur,
Har nechuk ishga aylasang ma'mur,
Sa'y etay to tanimdadur jonim,
Qilayin toki bo'lg'ay imkonim».
Mehr eshitgach bu so'zni soldi tanob,
Ne tanob, ikki gisuyi partob.
Notavon tutti rishtani mahkam,
Mehr chekti, ul ikki mahvash ham.
Tiyra uyga chiqordilar oni,
Mehr ko'p qildi lutf pinhoni.
Qildi zanjir-u banddin ani fard,
Yer o'pub, dedi zori g'amparvard
Ki: «Ne hukm etgung, ey malaksiymo,
Shammayi andin aylagil iymo».
Mehr qildi fasonasin bunyod,
Boshig'a nekim o'tti ayladi yod.
Otovu mulku johu hashmatini,
Pardasig'a Suhayl nisbatini.
1 Gulchehr furqati - gulyuzlidan ayriliq. 2 Tanob - arqon. 3 Gisu - soch. 4 Partob - uloqtirmoq, tashlamoq. 5 Chekti - tortdi. 6 Fard - alohida, xalos. 7 Shamma - salgina, biroz. 8 Iymo - imo, ishora. 9 Fasonasin bunyod - sarguzashtini, hikoyasini aytdi. 10 Pardasi - nomusi. 11 Nisbati - munosabati, aloqasi.
Ko'rganin bahr mavjidin tashvir,
Tushganin anda notavon-u asir.
Bo'lg'on anda zarurdin sokin,
Qolg'onin Jobir ilgidin emin.
Za'f etib notavon aning so'zidin,
Lahza-lahza borur edi o'zidin.
Anga yetkurdi so'zni Mehri munir,
Ki: «Bu yanglig'ki, men bo'lubmen asir,
Aylay olmas kishi xalosima mayl,
Ko'shishu kina birla g'ayri Suhayl.
Sanga ey dardmandu ovora,
So'z budurkim, gar aylabon chora,
Andoq etsangki, bahrdin qutulib,
Yaman ahli sari ravona bo'lub,
Jahdu sur'at aro tay aylab arz,
Holatim aylasang, Suhaylg'a arz.
Lek bir nukta bordur yoshurun
Ki, seni mundoq asrasoq necha kun.
Jazm qilsang bu ishni pinhoni,
Ont ichib emin aylasang oni
Ki, chu men bastayi balo bo'ldum,
Jobir ilgiga mubtalo bo'ldum.
Manga tushmish ko'zi yiroqdinu bas,
Yiqilib yerga yotti o'ylaki xas.
Chun ko'rar fikri qilmoq erdi ishi,
Chunki ko'rdi, yiqilmoq erdi ishi.
Munda to zoyi' o'lmish avqotim,
Budur oning bila muloqotim».
Muni bilgach Suhayl zar-u hazin,
Shammayi topti xotiri taskin.
1 Tashvir - falokat. 2 Mehri munir - qizning ismi quyosh ma'nosini anglatadi. Shu bois «yorituvchi quyosh» deb so'z o'yini qilinmoqda. 3 Tay aylab arz - yerni tez aylanib chiqish, topish. 4 Bastayi balo - baloga yo'liqmoq.
Sidq bildi yaqin aning so'zini,
Sa'y ila asray olmadi o'zini.
Ohidin o't dimog'ig'a tushti,
Dilbarining ayog'ig'a tushti.
Qildi faryodu bordi andin hush,
Mehrni hayrat ayladi madhush.
Chunki holin bilurg'a ayladi mayl,
Yaxshi tahqiq qilg'och, erdi Suhayl.
O'lgudek nola qildi ul dog'i,
Hushi borib, yiqildi ul dog'i.
Yig'labon boshlarida ikki kaniz,
Ko'tarib boshlarini mehromiz.
Kelgach o'ziga Mehri ravshan roy,
Dedikim: «Fitna bo'ldi band kushoy»,
Ayladi oni tiyra uyda nihon,
Angategruki tiyra bo'ldi jahon,
Za'fi ifrotidin Suhayl dog'i,
O'ziga keldi lek uyqu chog'i.
Bo'ldi bir-birga jism ila jondek,
Yo magar sarvu ishq pechondek.
Necha kun qasr aro nihon erdi,
Sarvi gulruhqa mehmon erdi.
Toki berdi taom ila sharbat,
Za'fliq zar jismig'a quvvat.
Ani ham jazm bildikim Jobir,
Mehrdin hajr ila emish sobir.
Bir kun o'lg'onda Jobiri g'ofil
Bog'ni sayr etarga forig'dil,
Chiqti o'trusidin Suhayli daler,
Ul sifatkim qobon masofig'a sher,
1 Sidq bildi - chin bildi. 2 Madhush - hushsiz. 3 Tahqiq - tekshirish, aniqlash. 4 Meh­romiz - quyoshdek. 5 Fitna bo'ldi band kushoy - isyon (ish)siri oshkor bo'ldi, yechildi. 6 Angategru - ungacha. 7 Ifrot - haddan ortiq. 8 Ishq pechon - pechakgul. 9 Forlg'dil - bemalol, ko'ngli xotirjam. 10 Masof - olishish, jang.
Dedikim: «Pahlavonliq ermas ul
Kim, kisqi makr birla urg'ay yo'l.
Teshib el kemasini hiyla bila,
G'arq etib suvga bu vasila bila.
Qolmag'on chog'da kimsaning joni,
Tutubon band aylagay oni.
Sen agar zohir etting itlikni,
Men sanga ko'rguzay yigitlikni»,
Dedi-yu xasm sori qildi shitob,
Xasmni hayrat ayladi betob.
Chun talashmoqqa ayladilar mayl,
Ko'tarib yerga urdi oni Suhayl.
Bog'ladi qo'llarin shitob bila,
Muni ul bog'lag'on tanob bila.
Soldi filhol ani hamul chah aro,
Budurur tab'u fahmi ogah aro:
«Har kishikim birovga qozg'oy choh,
Tushgay ul choh aro o'zi nogoh».
Chun Suhayl o'ldi ul sifat firo'z,
Mehr aqdig'a bo'ldi bazmafro'z .
Tushti Jobir dafoyini qo'lig'a,
Balki olam xazoyini qo'lig'a.
Andag'i el bo'lub sarafganda,
Shah topib barcha bo'ldilar banda.
Emdikim, tuzdi bazm-u aysh-u farah,
Qo'liga oldi shohvor qadah.
Fikr etib komgoru davlatmand,
Dedi: «Har kimki, Jobir etmish band,
Men bilib borin ayladim ozod,
Kelturingkim, qilay qadah bila shod».
1 Vasila - vosila. 2 Shitob - tezlikda, chaqqon. 3 Fahmi ogah - xushyor aql, 4 Bazmaf­ro'z - bazm qizituvchi. 5 Dafoyin - dafinalar, ko'milgan (dafn qilingan) boyliklar. 6 Xazoyin - xazinalar. 7 Sarafganda - bosh egdi, bo'ysundi. 8 Banda - tobe, itoatchi. 9 Shohvor - shohona, katta, 10 Komgor - baxtiyor, murodga yetgan.
Ikki bandio'q erdi bog' ichra,
Kelgach ul majlisi farog' ichra.
Biri Navdar edi, biri Nu'mon,
Kimga bo'lg'ay bu nav' qissa gumon?
Bu mahalni ne nav' sharh etayin,
El bilur, bilmas o'lsalar netayin.
Bori ikki ato, iki farzand,
Rishtayi vasl ila topib payvand.
Qo'pubon yig'lashib ko'rushtilar,
O'lturub bir-birin so'rushtilar.
Bo'ldi ma'lum chun bori holat,
Shukrlar qildilar etib hayrat.
Ikki shah kirdilar xudo yo'lig'a,
Mulklarin solib aning qo'lig'a.
Mulk eli shukr qildilar bori,
Aylabon shodmonlig' izhori.
Evrulub kom birla davri sipehr,
Vasl topti Suhayl birlan Mehr.
Mehrkim, charx xokrohi edi,
Nilufarzor jilvagohi edi.
To'ni ul rangu ko'nglaku ul rang,
Yorining dog'i kiymaki ul rang.
Nilufar rangi keldi ta'bpazir
Kim, libos etti oni Mehri munir.
Har pari chehraiki mahvash erur,
Moviy o'lsa, libosi dilkash erur.
Mehrkim, gulruxi samoviydur;
Nilufarvash libosi moviydur.
Chun tugatti fasonani roviy,
Pardador ochti pardayi moviy...
1 Ikki bandio'q - ikkitagina tutqun. 2 Qo'pub - turib. 3 Xokroh - kamtar, xoksor. 4 Ta’bpazir - ta'biga mos. 5 Pardador - soqchi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin