Badiiy so’z qudrati


TASHBEH, TANOSUB, IRSOLI MASAL SAN'ATLARI



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə64/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
56 7-ADABIYOT

TASHBEH, TANOSUB, IRSOLI MASAL SAN'ATLARI
Badiiy tasvir vositalari she'riy san'atlar ham deb yuritiladi. Atoyi g'azallari bilan tanishish asnosida ularning ba'zilari bilan tanishtirgan edik. Bu boradagi suhbatimizni davom ettiramiz. Tashbeh - adabiyotda keng qo'llanadigan she'riy san'at­lardan biri. Uni o'zbekcha qilib o'xshatish desa ham bo'ladi. Tashbehda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o'xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o'sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbeh ikki narsani bir-biriga o'xshatishdir. Masalan, «Yuzing go'zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gulga o'xshatilgan. Tashbehning yuzaga kelishida to'rt unsur ishtirok etishi mumkin:
1. O'xshamish - tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (yuz).
2. O'xshatilmish - tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha (gul).
3. Asos - nimaga ko'ra o'xshatishning yuzaga chiqqanligi (go'zallikda).
4. Vosita - o'xshatilish belgisi (kabi).
Vosita ishtirok etgan o'xshatishlarda tashbeh aniq ko'rinib, bilinib turadi. So'z san'atida -dek, -day, -cha, -simon, -vor, -saro, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo'shimchalar, kabi, singari, misli, go’yo, yanglig', xuddi, o’xshab, nechukki va boshqa so'zlar vosita bo'lib keladi. Ko'p hollarda asos ishtirok etmay­di. Misollarga murojaat qilamiz:
Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko'tara olmay uyotdin zabun.
Ul ulus jondin ayru el yanglig’
Sayr etib suv yuzida yel yanglig'.
Ba'zan vosita ham tushib qolib, tashbehda o'xshamish bilan o'xshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, «qoshi hilol­dek egik» deyish o'rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek tik» deyish o'rniga «sarvqomat», «yuzi oydek» o'rniga «yuzi oy» ishlatiladi. Siz o'rgangan «Salotin bobida» maqolatidagi
Ermas alar tufrog' -u, sen nuri pok,
Xilqat alarg'a-vu sanga - tiyra xok
baytida ham shu holatni ko'rish mumkin. Asos va vositaning qo'llanish yoki qo'llanmasligidan qat'iy nazar o'xshamish bilan o'xshatilmish ishtirok etgan o'xshatish san'ati mutlaq tashbeh (aniq o'xshatish) deyiladi.
Ayrim o'rinlarda o'xshamish ham tushib, o'xshatilmish­ning o'zigina saqlanadi. «Hilol», «sarv», «oy», «gul» so'zlari­ning o'zi o'xshamishga ham ishora qiladi va bu kinoya tashbeh (ishora o'xshatish) deb ataladi.
Bo'rini dag'i galadin dur qil,
Suv beribon bog'ni ma'mur qil
baytida to'rtta kinoya tashbeh bor: bo'ri - bo'ridek talovchi­lar, gala - gala singari xalq, suv - suvdek (zarur) adolat, bog' - boqqa o'xshash mamlakat tashbehlarining ishoralaridir.
Tanosub - baytda, umuman, she'riy bandlarda ma'no jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so'zlarni qo'llash orqali hosil qilinadi. Masalan, «bulbul» so'zi gul, bog', chaman, navo so'zlari bilan; «Ka'ba» esa haj, farz, Tengri, zi­yorat so'zlari bilan mazmuniy bog'lanib, yaxlit tushuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi.
Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma’mur-u himmati oliy.
Ushbu misralardagi shoh, hokim, voliy (hukmdor), mulk va ma'mur so'zlari hokimiyat tushunchasiga tegishli bo'lganidan tanosub hosil bo'ladi.
Maylni qo’yki, vola-u zor ul,
Jon berib vasliga xaridor ul.
Bu o'rinda o'z ma'nosiga ko'ra sevgi tuyg'ulari bilan bog'liq mayl, vola, zor, vasl, xaridor singari tanosub so'zlar Mehrning ishqqa doir holatini, kechinmalarini ifodalab, yaxlit bir ruhiy manzara yaratadi.
Irsoli masal - «maqol kiritish» ma'nosini bildirib, badiiy asarda fikr isboti uchun xalq maqollaridan foydalanish san'a­tidir. Masalan,
Har kishikim birovga qozg'oy choh,
Tushgay ul choh aro o'zi nogoh
baytida keltirilgan mashhur maqol zolim Jobir va unga o'xsha­gan kimsalarning qilmishi hamda qismatiga to'la mos tushgan hamda masnaviyning ta'sirchanligi oshishiga xizmat qilgan.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin