Bag`rikenglik festivali haftaligi doirasida
Milliy kuy raqs va qo`shiq” nomli tadbir ssenariysi
1)Qalbimning qo`rida bizgadir kalom
Mehribon ustozlar salom assalom
Sog`inchim yetaklar faqat siz tomon
Bizlarni suyguvchi sizlarsiz mudom
Assalomu-alaykum mehribon ustozlar aziz o`quvchilar va tadbirimiz ishtirokchilari.Sizlarni ko`rib turganimizdan bag`oyatta xursandmiz.Bag`rikenglik festivali haftaligida o`tkazilayotgan ,,MILLIY KUY RAQS VA QO`SHIQLAR” nomli tadbirimizga hush kelibsizlar.Bugungi tadbirimizda ,,milliy taomlar” dasturxoni ham o`rin olgan ko`rib baxramand bo`ling.
2) Endigi navbatni 7-B sinf o`quvchisi Axmedova Rayxona ijrosida ,,Favvora “ raqsiga beramiz.
3) Changni 5-6 kishi
Ko`tarib keldi zo`rg`a
Yonidan joy berishdi
Dutor g`ijjak tanburga
Navbatni 5-f sinf o`quvchisi Shokirova Anisabonu ijrosida ,,Qari navo” kuyiga beramiz.
4)Endigi navbatni 7-B sinf qizlari ijrosida ,,Do`ppi” raqsiga beramiz.
5) Musiqa fani mo`jiza degani
Dilga navo hirgoya qilgani
Qo`shiq she`rda mujassam shoir sha`ni
Dilrabo kuy ohang san`at degani
Navbatni 6-D sinf qizlari ijrosida ,,O`zim aylanay “ nomli qo`shiqqa beramiz marhamat
6) Egnidagi libosi
Unga juda yarashar
Qizchalarning havasi
Ortib unga qarashar
Raqqosa qiz o`rtada
O`ynaydi aylab xirom
Uning raqsi aslida
Xalqimizga ehtirom
Endigi navbatni 2-A sinf o`quvchisi Karimberdiyeva Muslima ijrosida ,,Xorazmcha”raqsga beramiz.
7)Navbatni 6-D sinf o`quvchisi Aslomova Maftuna ijrosida ‘’Majnuntol “raqsiga beramiz marhamat.
8) Ma`lumki bag`rikenglik g`oyasi –turli millat va elatlar vakillarining bir zamin bir vatanda oliy janob g`oya va niyatlar yo`lida hamkor hanjihat bo`lib yashashni anglatadi.
Navbatni 6-E sinf o`quvchisi G`ozixonova Muxlisa ijrosida Qo`shiqqa beramiz. Marhamat
9) Navbati 6-D sinf qizlari ijrosida ,,Qizg`aldog`im “ raqsiga beramiz.
Xurmatli va aziz tadbirimiz mehmonlari tadbirimiz ham o`z nihoyasiga yetib bormoqda .O`zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasining 2021-yil 10-noyabrdagi 1740-son topshirig`iga mvofiq joriy yilning 15-20 noyabr kunlari maktabimizda rasmlar tanlovi ,she`rxonlik kechalari,insholar tanlovi o`tkazildi.Bugungi gala-konsertimiz haftalikning yakunlovchi qismi edi.Kamchiliklariga uzr so`ragan holda sizlarga yoqdi degan umiddamiz.Keyingi tadbirlarda konsertlarda ko`rishguncha xayr deb qolamiz.
Endigi so`z navbatini Maktabimiz direktori ERMANOVA MAHBUBA TO`XTAMURODOVNAGA BERAMIZ
Dostları ilə paylaş: |