30
bilvosita xarajatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Yaxshilashlarni tiklash yoki o’rniga belgilash xarajatlari qiymatini hisoblash
uchun qiyosiy birlik usuli, komponentlarga ajratish usuli, ayrim narxlar usuli, u
ikki xil asosiy turlarga ega – resursli usul va bazisli-indeksli usul, analoglar
usullaridan biri qo’llaniladi.
Tadbirkor daromadining qiymati bozor axborotiga muvofiq analoglar usuli,
ekspert baholash usuli, kiritilgan xarajatlar usullaridan biri bilan aniqlanadi.
Yig’ilgan eskirish hajmi fizik, funktsional va tashqi (iqtisodiy) eskirishlar
natijasida bozor qiymatidagi yo’qotishlar yig’indisi sifatida aniqlanadi. Yig’ilgan
eskirishni baholash uchun, baholashni bajarish maqsadlariga va mavjud axborotga
qarab, quyidagi usullardan biri qo’llaniladi:
- yaxshilashlarning haqiqiy yoshi va ularning iqtisodiy xizmat muddatini
taqqoslashga asoslangan iqtisodiy yosh usuli;
- yig’ilgan eskirish hajmi yaxshilashlarning tiklash qiymati yoki o’rniga
belgilash qiymati bilan yer uchastkasining sotuv narxidan mazkur uchastkaga
bo’lgan mulkiy huquqlar qiymatini ayirish yo’li bilan hisoblangan yaxshilashlar
qiymati o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadigan o’xshash obyektlarning sotuv
narxlari tahliliga asoslangan bozor ekstraktsiyasi usuli;
- yig’ilgan eskirishni fizik (bartaraf etiladigan va bartaraf etib bo’lmaydigan)
eskirish, funktsional (bartaraf etiladigan va bartaraf etib bo’lmaydigan) va tashqi
(iqtisodiy) eskirish yig’indisi sifatida baholashga asoslangan ajratish usuli.
Baholovchi baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash uchun
baholashda qo’llanilgan yondashuvlarning natijalarini muvofiqlashtirishni amalga
oshiradi. Baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdori quyidagi formula
bo’yicha aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: