Baholash ishi va investitsiyalar


 Uy-joylar qiymatini baholashda ko’chmas mulk va uning bozoriga ta’sir



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/34
tarix26.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#134999
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
BITIRUV MALAKAVIY ISHI UY-JOY XO\'JALIGIББИ-80 БМИ

1.2. Uy-joylar qiymatini baholashda ko’chmas mulk va uning bozoriga ta’sir
etuvchi omillar tavsifi va tasnifi
Uy-joylar qiymatini baholashga doir adabiyotlarda ta’kidlanishicha,
ko’chmas mulk va uning bozoriga mulkning mulkning tabiati va hayot sikliga,
mulkiy munosabatlarga, mulk qiymati va narxiga, xossalariga, ular shakllanadigan
bozorlarga turli ichki fundamental, maxsus va tashqi omillar ta'sir qiladi.
Shu o’rinda “omil” tushunchasiga berilgan ta’rifni ko’rish maqsadga
muvofiqdir. “Omil - bu voqelikni (jarayonni, oqibatni, natijani) keltirib
chiqaruvchi, uning rivojini shakllantiruvchi sababdir. Odatda har qanday omil va
voqelikni idrok qilish va o’lchash uchun ular miqdoriy va sifatiy ko’rsatkichlar
bilan ifodalanadi.”
14
14
Микерин Г.И., Гребникова В.Г., Нейман Е.И. Методологические основы оценки стоимости имущества. М.:
ИНТЕРРЕКЛАМА, 2003. -688с; Alimov R., Berkinov B., Xodiev B. Ko’chmas mulkni baholash.-T.:Iqtisod-
moliya, 2005.; Shoha’zamiy Sh.Sh. Mulk nazariyasi, qiymati va narxi.-T.: Fan va texnologiya, 2012. -264b.


17
Umuman olganda, omil va voqelikning davriy muddatda bir-birini keltirib
chiqarish xususiyati mavjud bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytilsa, omillar
kopleks ravishda bir-biri bilan bog’liqlikda namoyon bo’ladi va obyektlarga ta'sir
ko’rsatadi, natijada ma'lum bir oqibat rivojlanishini shakllantiradi. O’z navbatida,
bunday oqibat ma'lum bir vaqtdan so’ng namoyon bo’lgan omillarga ta'sir
ko’rsatuvchi keyingi omillar kompleksi bo’lib shakllanadi.
Omillarni bilish, ularni voqeliklarga ta'sirini tanlangan ko’rsatkichlar orqali
baholashni amalga oshira olish, bunday ko’rsatkichlar darajasiga (miqdoriga)
omillar va voqeliklarni bog’liqlikda boshqarish orqali ta'sir ko’rsatish va shu
yo’sinda tegishli qaror qabul qilish mexanizmini topish imkonini beradi. Aytish
mumkinki, omillar - bu tanlab olingan ko’rsatkichlarga ta'sir etuvchi sababiy
unsurlar. Shu nuqtai nazardan iqtisodiy omillarni, iqtisodiy kategoriya singari, aks
etuvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar obyektiv xarakterga ega. Shu o’rinda, ko’rib
chiqilayotgan “ko’rsatkich” va “omil” tushunchalarining farqi shartlidir, chunki har
bir ko’rsatkich boshqa bir undan yuqori darajadagi (unga bog’liq bo’lgan)
ko’rsatkichning omili sifatida ko’rilishi mumkin yoki aksincha (4-rasm).

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin