Baholash ishi va investitsiyalar


Talabaning o’quv-kasbiy portfoliosini yaratish maqsadi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə113/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
baholash 1

Talabaning o’quv-kasbiy portfoliosini yaratish maqsadi:
-Talabaning shaxsiy o’quv natijalari va yutuqlarini son va sifat jihatidan qayd etib borish;
-Talabaning kasbiy kompetentlik shakllanish dinamikasini to’g’ri rejalashtirish va ob’ektiv baholash.
Talaba o’quv-kasbiy portfoliosining funktsiyalari.

  1. O’qituvchiga o’z fani doirasida talaba kompetentligini shakllantirishni rejalashtirish, muntazam nazorat qilib borish va baholash imkonini beradi.

  2. Talabaning o’quv va ilmiy yutuqlari bahosi. O’quv kurslarini o’zlashtirishi asosida portfolio talabaning muvaffaqiyatli kasbiy va akademik kar’erasi uchun zarur bo’lgan, kompetentlikga erishish yo’lidagi yutuqlari bilan to’ldirilib boriladi.

  3. Kasbiy kar’eraga tayyorgarlik bahosi. Portfolio talabaning butun o’qish davridagi kasbiy o’sishini asoslovchi daliliy materiallarni o’z ichiga oladi.

Talaba faoliyatining mazmuni:

  • talaba kompetentlikni shakllanishi bo’yicha o’z faoliyatini rejalashtiradi;

  • portfolioni to’ldirish maqsadida o’qituvchidan maslahat olish uchun mustaqil muloqot kiladi;

  • kompetentlikni shakllantirishda quyilgan maqsadga erishish yo’lidagi faoliyati natijalarini o’zi tahlil kiladi;

  • portfolioni mustaqil yaratadi, undagi materiallarni o’zi tanlaydi.

  • portfolio materiallari taqdimotini o’tkazadi.

Portfolio tarkibi:
Talaba portfoliosi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Portfolio egasi to’g’risida ma’lumotlar (FISh, tug’ilgan joyi va yili, xaqiqiy yashash manzili, OO’Yu nomi va ta’lim yo’nalishi). Bu bo’limga talabaning hayotiy hamda kasbiy maqsad va qiziqishlari to’g’risidagi ma’lumotlar ham kiritiladi.

  2. Talabaning umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yo’naltirilgan o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy va o’qishdan tashqari faoliyatining mazmuni.

Har o’quv yili boshida talabaning ta’lim dasturida o’qitiladigan fanlar va o’quv xamda malakaviy amaliyotlarni hisobga olib talabada o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy va o’qishdan tashqari faoliyati doirasida kompetentlikni shakllantirish rejasi to’ziladi.
O’quv yili yakunida kompetentlikni shakllantirish maqsadi yo’lida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar talabaning o’zi tomonidan tahlil qilinadi va baholanadi.

  1. Talabaning kasbiy faoliyatga tayyorligini asoslovchi xulosa qilinadi.

Talaba portfoliosining to’liq materiali va kasbiy faoliyatga tayyorligi to’g’risidagi xulosa o’qituvchilar, talabalar, ota-onalar va tashqi ekspertlar ishtirokida talaba tomonidan taqdimot etiladi.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin