Baholash ishi va investitsiyalar



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə17/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116
baholash 1

G. Aktiv ta’rifi: Haligacha ham qonuniy mulkiy tizim foydaliligi to‘g‘risidagi muloqatlar o‘z ichiga tizimga qanday aktivlarni kiritish kerakligi to‘g‘risidagi masalani kiritmadi. Ilgari ta’kidlanganidek, mulk bu qonunchilikning yagona sohasi emas, va barcha aktivlar ham mulk himoyasiga mos kelavermaydi. Mulkchilikning qimmatli nazariyasi quyidagi markaziy cheklashni taklif qiladi: barqaror mulkchilik himoyasi ijtimoiy holatini kuchaytirib beradigan aktivlargina mulk qonunchiligiga kiritilishi lozim. Jamiyat o‘zgarib borgani sari, turli aktivlardan olinadigan qiymat o‘z shaklini o‘zgartirib boradi, va shuning uchun mulk qonunchiligiga kiritilgan obyektlar ham vaqt o‘tgani sayin o‘zgarib boradi. Shunga o‘xshash holda, aktivlar yoki mulkdorlar sinflarini mulkchilik huquqlari bilan ta’minlash xarajatlari o‘zgarib borgani sari, mulkchilik huquqlarini ta’minlash sof foydaliligi ham o‘zgarib boradi.
Barqaror mulkchilik qiymatini himoya qiluvchi mulkchilik nazariyasi mulkchilik qonunchiligidagi himoyaga mos kelmaydigan ikki turdagi aktivlarni taklif qiladi: nobozoriy tovarlar va zarardan himoyaga ega bo‘lmagan tovarlar. Nobozoriy tovarlar bu talab(chunki hech kim undan foyda ololmaydi) yoki taklif(chunki ularni himoyalash katta xarajatli) yo‘qligi sababli bozorda bo‘lmaydigan tovarlardir. Hozirda talab bo‘lmagan aktivga misol qilib kompakt-disk uchun yirtilgan qopqoqni keltirishimiz mumkin. Hozirda iqtisodiy nuqtai nazarda samarasiz himoyaga ega bo‘lgan aktivga misol qilib ob-havoni keltirishimiz mumkin. Chiqarib tashlangan ikkinchi kategoriyadagi tovarlar zarardan himoyaga ega bo‘lmagan tovarlardir. Ushbu kategoriyaga mos keladigan tovar qilib chiroyli vokal ovozni misol qilishimiz mumkin. Ovoz boshqa uchinchi shaxslar tomonidan o‘zlashtirib olinishi mumkin emas.
Mulk himoyasiga mos kelmaydigan boshqa aktivlar uchun cheklamalar aktivlar o’lchami va aktiv fragmentatsiya xavfi bilan bog‘liq. Bunda, mulk himoyasidan holi qilish kategoriyali emas balki individualdir. Misol qilib yerga egalikni olsak. O‘z o‘zidan ma’lumki, yerga nisbatan bo‘lgan mulkchilik huquqi bu tan olingan mulk hisoblanadi. Biroq, agar mulk juda ko‘p qismlarga bo‘linib ketsa yoki juda ko‘p vorisliklarga bo‘linib ketsa, u shunchalik fragmentlashib ketishi mumkinki xatto o‘zining butun qiymatini yo‘qotishi mumkin. Faraz qilaylik, Blek akr bu 16 akrli yer joyi. U bir qancha bo‘linish va qayta bo‘linishlar davridan keyin har biri 2,2 akrga teng bo‘lgan 1249 ta alohida yer joylariga bo‘linib ketdi deylik. Ochig‘ini aytganda, ushbu kichkina yer maydonlari tijorat nuqtai nazaridan foyda keltirishini, va u yerda turar joy barpo etishni faraz qilish qiyin. Qisqasi, aktiv juda ham kichiklashib borsa, uning qiymati ham yo‘qolib ketishi mumkin. Shuningdek, aktiv juda ham kichiklashib barqaror mulkchilik tomonidan yaratiladigan yoki himoyalanadigan qiymatga ega bo‘lmasa, u qonuniy mulkchilik tizimi tashqarisiga chiqib ketadi. Bu misoldagi kabi qiymatni yo‘qotish, Maykl Xeller tomonidan keltirilgan “umumiylikdan tashqari bo‘lish fojiyasi” muammosiga juda yaqin keladi. Xellerning misolida, Blekakr jismonan mayda qismlarga bo‘lib tashlanmagan; balki har bir qism egasi umumiy maydondan juda kichik mulkchilik ulushiga ega bo‘ladi. Shunday qilib, har bir qism egasi hamkor-mulkdor bo‘lgani sabab ushbu aktivdan foydalanish yoki uni boshqasiga o‘tkazish jarayoniga qarshilik qilish huquqiga ega. Muammoga olib keluvchi bunday huquqlarning yuzaga kelishi aktivlarni hal qilish qiyin bo‘lgan siqib qo‘yishga olib keladi va, natijada, aktivdan to‘laqonli foydalanish imkonidan holi qiladi. Aktiv jismonan bo‘linganidan yoki uning ustidan mulkchilik ko‘p mulkdorlarga bo‘linganidan qattiy nazar, uning yechimi ayon: yoki mikroqismlar qayta qo‘shiladi yoki mulkchilikning mikroulushlari qayta tashkillashtiriladi. Ikkala holdaham, aktiv muhim ahamiyatga ega bo‘lib, barqaror mulkchilik qiymatiga ega bo‘lgan darajaga yetmaguncha qonunchilik tizimi uni barqaror mulk qatoridan chiqarishi lozim.
Shunda ham, mulkchilik huquqiga mos kelmaydigan yana bir aktivlar kategoriyasi mulk himoyasini ta’minlash xarajatlaridan yuzaga kelmoqda.Bunday aktivlarga misol qilib fikrlarni keltirishimiz mumkin. Ko‘pchilikning fikriga qaraganda, toza fikrlarda qisman hech qanday mulkchilik huquqlari yo‘qligi shundaki, himoyalash xarajatlari foydadan o‘tib tushadi. Biroq shuni nazarda tutish kerakki, mulkni himoyalash xarajatlari muhim darajada mavjud bo‘lgan texnologiyalarga bog‘liq; bundan tashqari, texnologik rivojlanish hali himoyalanmagan resurslar sifatida yangi mulk huquqlarini yaratilishini iqtisodiy nuqtai nazardan samarali bo‘lishini ta’minlashi mumkin.Bunda, texnologiya nafaqat himoyani ta’minlash imkonini, balki uning samaradorligini aniqlab beradi. Misol uchun, temir simlarning kashf qilinishi fermerlarga hayvonlardan himoyalanishning juda yaxshi imkonini berdi, va natijada, ularning yerlari qiymatini oshishiga olib keldi. Haqiqatdan ham, aktiv mulk qonunchiligiga mos keluvchi subyekt bo‘lish imkoniga ega. Bu esa aktivning daromad keltirish qobiliyatidagi o‘zgarish sababli emas, balki mulk himoyasi xarajatlarining kamayishi sababli bo‘ladi. Boshqa tomondan esa, Napster misollari va raqamli axborot revolyusiyasi shuni taklif qiladiki, aktiv o‘zining himoyasi xarajatlarini oshishi sababli mulk qonunchiligi subyekti qatoridan chiqib ketishi mumkin.Keyingi bo‘limlarda, ushbu mavzu mulk qonunchiligi qanday qilib u yoki bu aktiv turiga nisbatan mulk himoyasini aniqlashi yoki cheklashini taqdim etadi.
D. Mulk va shartnoma: Bizning mulkchilik tushunchamizda mulk va shartnoma orasidagi o‘zaro bog‘liqlik haqida yakuniy xulosaga kelish lozim. Yuqorida ta’kidlanganidek, zamonaviy iqtisodiy tahlilda, mulk, shartnoma o‘z kuchini yo‘qotganidan so‘ng qoladigan yakuniy kategoriya sifatida ta’kidlangan. Koazian iqtisodiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, operatsiya xarajatlari nolga teng bo‘lgan dunyoda, muayyan bir aktivdan foydalanmoqchi bo‘lgan odamlar, bu aktivlarni samarali ishlatadigan va mulkni aloqadorsiz qiladigan butunlay miqdoriy shartnomalarga moyilligiga ega bo‘ladilar. Shunday qilib, bunday nazariyachilar standart ko‘rinishi Barzelga tegishli. U mulkni, keyinchalik savdoga asos qilib ta’minlash uchun, joylashish va huquqlarning shunchaki standartravishda o‘rnatilishi deb ko‘radi. Vaholanki, ba’zi hollarda, operatsiya xarajatlari kelajak operatsiyalarga to‘sqinlik qiladi, va bunday hollarda mulkchilik qoidalari nazoratchi sifatida saqlanib qoladi. Tahlillarning asosiy qismi, biroq, bunday qoldiq holatlarga bag‘ishlangan emas.
Ushbu mavzuning nuqtai nazarida, mulk va shartnomaning nisbiy ahamiyatga egaligining tahlili umuman bir biriga teskari natijalarga ega. Umuman olganda, aktivga ega bo‘lishga ko‘p davogarlar bor, va mulkchilik qoidalarini maqsadga muvofiq emas deb tan olish uchun, miqdoriy shartnomalar ko‘p sonli tomonlar orasida muhokama qilinishi zarur bo‘lar edi. Bizning oldingi avtomobilni tashish misolimizni esga solamiz. Xaridor va sotuvchi o‘zlarining barcha ishlarini shartnoma asosida buyurtma qila olsalarda, ular, deyarli aniq, o‘zlarining shartnomaviy tarmoqlarini qolgan dunyoga butunlay kengaytira ololmaydilar. Haqiqatdan ham, odatda ancha ko‘p tomonlar bilan shartnomaviy yechimlar yo‘qligi va mulkiy qoidalar oxir natijada obyektning ijtimoiy holatga qo‘shadigan xissasini aniqlab berishi haqida baxslashish kerak bo‘lar edi. Boshqacha qilib aytganda, faqatgina ba’zi hollarda, aktivlarni samarali ishlatish va joylashtirish baxslardan kelib chiqadi; ko‘pgina hollarda, ijtimoiy tinchlik holati maksimallashganini faqat mulk qonunchiligi aniqlab beradi. Binobarin, mulkchilik institutlari tomonidan yaratilayotgan qiymatni maksimallashtirish maqsadida mulk qonunchiligi sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.3



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin