Baholash ishi va investitsiyalar


- MAVZU. MULKNING QIYMATI, NARXI, QIMMATLILIGI VA ULARNI BAHOLASHGA OID NAZARIY QARASHLAR



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə18/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116
baholash 1

4- MAVZU. MULKNING QIYMATI, NARXI, QIMMATLILIGI VA ULARNI BAHOLASHGA OID NAZARIY QARASHLAR
REJA:



  1. Mulkning qiymati, narxi va qimmatliligi kategoriyalari to'g’risida qadimgi dunyo va o'tgan asrlar Yevropasi iqtisodiyot fani namoyondalarining qarashlari.

  2. Baho, narx va qiymat tushunchalari

  3. Mulk qimmati, qiymati va narxini baholash bilan bog’liq nazariy konsepsiyalar va yondashuvlar

  4. O'zbekistonda mulk qiymati, narxi, qimmati va ular bahosi kategoriyalariga oid ba'zi terminologik masalalar

  5. Huquqiy va iqtisodiy fantomlarning manbalari



Tayanch iboralar: qiymat, narx, qimmat, baholash, iqtisodiyot fani namoyondalarining qarashlari, kontseptsiyalari, yondashuvlari, terminologik noaniqlik, huquqiy va iqtisodiy fantomlar, investitsion va boshqarish qarorlari.


1. Mulkning qiymati, narxi va qimmatliligi kategoriyalari to'g’risida qadimgi dunyo va o'tgan asrlar Yevropasi iqtisodiyot fani namoyondalarining qarashlari

Naf, ne'mat, boylik, mulk huquqlari, foydalilik, iste'moliy talab, mulk, qiymat, narx, qimmat, ayirboshlash va ular bilan bog’liq boshqa tushunchalarning mazmuni qadimdan boshlab talqin qilinib kelinmoqda. Zero, bu tushunchalarning mazmuni dunyo tarixining har bir davridagi hayot tarzi va munosabatlarga mos ravishda talqin qilingan.


Hozirgacha saqlanib kelgan qadimgi tarixiy manbalarga ko'ra, yuqorida sanab o'tilgan tushunchalar mazmunining talqini qadimgi dunyo allomalari - masalan, Platon, Ksenofont, Aristotel va boshqalar - tomonidan berilganligi ma'lum. Bu allomalarning barchasi mazkur tushunchalarni sotsium nuqtai nazaridan o'zaro ziddiyatli kategoriyalar sifatida qarashgan. O'z navbatida, ushbu tarzda shakllangan qadimgi falsafiy qarash va tushunchalar keyinchalik mos ravishda o'rta asr Yevropadasi iqtisodiyot ilm-fanining turli yo'nalishlari va oqimlarini kelib chiqishiga turtki bo'lib xizmat qildi.
Bunda Aristotelnig tovar (mulk) ayirboshlanishida iste'mol talabini umumiy o'lcham deb va uni bajarilgan ishlar nisbati sifatida ayirboshlashning adolatli proportsiyasi me'zoni deb qabul qilish g’oyasini alohida ta'kidlash joiz. Zero, Aristotelning bu g’oyasi keyinchalik olimlarning turli guruhlari tomonidan ayirboshlash qiymati va narxi tabiatlarini bir-biriga zid bo'lgan mazmunlarda talqin qilinishiga olib keldi. Masalan, olimlarning bir guruhi (Buyuk Albert, Duns Skot, A.Smit, D.Rikardo, K.Marks, S.Yu.Vitte, M.I.Tugan-Baranovskiy, V.K.Dmitriev, A.K.Shtorh va b.) aynan adolatli ayirboshlash bajarilgan ishlar nisbatini ifodalaydi degan xulosaga kelganligi, tovar narxi kontseptsiyasining ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi va qiymatning mehnat nazariyasini shakllanishiga turtki bo'ldi.
Olimlarning boshqa bir guruhini (masalan, V asr ruhoniy-teologi Avgustin Blajenniy, XIII-XIV asrlardagi G’arbiy Yevropa katolik cherkovi sholastlari (ruhoniy-teolog va yuristlar), XVIII asr faylasuflari E.Kondilyak va I.Bentam, turli avlod iqtisodchilari F.Galiani - XVIII asr, G.Gossen - XIX asr, P.Samuelson - XX asr) Aristotelning tovar (mulk) ayirboshlanishida iste'mol talabini umumiy o'lcham degan g’oyasiga asoslangan asar(ish)lari ne'mat narxini uning foydaliligidan (qimmatliligi sifatida) ajratib chiqaruvchi turli nazariyalar vujudga kelishiga boshlang’ich turtki bo'ldi. Bunda XIII asr sholastlari adolatli narx to'g’risidagi bahslarda nafaqat Aristotel g’oyasiga tayanganlar, balki Rim huquqining ayirboshlash taraflari tuzadigan shartnomalari erkinligi g’oyasiga ham asoslanganlar. Natijada bir vaqtning o'zida ham iqtisodiy va ham etikaviy tushuncha bo'lgan va narx shakllanishining real amaliyotiga zid bo'lgan “adolatli narx” tushunchasi vujudga keldi. Masalan, bu borada XIII asrning mashxo’r sholastlaridan bo'lgan Foma Akvinskiyning, Sassoferratolik Bartoloning va S.Yu.Vittening asarlarini eslash mumkin. Zero, shaxsiy boylik iqtisodiy xarakterga ega bo'lmagan tasodifiy sabablar bo'yicha ham ortishi mumkin.
Umuman olganda, yuqorida keltirilgan qadimgi alloma va o'rta asr olimlari asarlarining hech birida mulkka ekvivalent bo'lgan huquqiy va iqtisodiy fantomlar, adolatli ayirboshlash va adolatli narx asosida yotgan asl mazmun ochib berilmagan. Zero, bu asarlardagi ne'mat, boylik, naf, qiymat, narx, qimmat, manfaat, foydalilik kabi bir-biriga mazmunan zid tushunchalarga hamda ularni kelib chiqishiga oid qarashlarni keyinchalik iqtisodiyot fanining mumtoz yo'nalishlarining, jumladan, merkantilistlar, fiziokratlar va siyosiy iqtisodchilar, namoyondalari o'zlariga xos qarash va yondashuvlari asosida tanqidiy rivojlantirgan. Masalan, merkantilistlar mamlakat boyligining asosiy manbasi - bu qiymat va narxlarga asoslangan tashqi savdo deb hisoblashgan. Fiziokratlar (masalan, F.Kene) esa qimmat, qiymat va narx kategoriyalarini qo'llovchi qishloq xo'jaligini mamlakat boyligining manbasi deb aytishgan. Munosabatlar erkinligi printsipiga asoslangan siyosiy iqtisod fanining mumtoz maktablari merkantilizm nazariyasi qarshi U.Petti tomonidan quyidagi farazni ilgari surdi: “ne'matning qimmati uni ishlab chiqarilishiga sarflangan mehnat va renta miqdori bilan belgilanadi”. Bunda U.Petti renta sarflangan xarajatlar miqdoridan ortiqcha mahsul deb aytgan. Bunda U.Petti pul esa ne'matning bozor muomalasini tezlashtiradi va osonlashtiradi, lekin mamlakat boyligi faqat pul bilan belgilanmaydi, uning ortiqchaligi va kamligi milliy boylikka zarar keltiradi degan.
Tahminan U.Petti bilan bir vaqtda P’er L. de Buagil’ber (1646-1714 yy.) bozorning muvozanatlashgan narhlariga ijtimoiy ishlab chiqarishning aniq proportsiyalari mos kelishi qonuniyatini topganligi R.Kantil’on tomonidan bozor narhi nazariyasidan farqli bo'lgan ne'matlarning “ichki qimmati” nazariyasiga asos soldi. Bu nazariyada iqtisodiyotning asosiy ustuni bo'lib, iste'molchi talabini qondirishga yo'naltirilgan ishlab chiqarish hisoblanadi. R.Kantil’on, bu ustunga tayanib, tovarning talab va taklif asosida tartiblantiriluvchi bozor narxini shu tovarning bozordagi kon'yunkturasiga bog’liq bo'lmagan xarakteristikasi bo'lgan “ichki qimmatidan” ajratdi. Zero, R.Kantil’on tovarning “ichki qimmatini”, U.Pettidan keyin, ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan er va mehnatga ketadigan xarajatlarga bog’ladi. U.Pettidan farqli, u “yerning qimmatliligi nazariyasini” rivojlantirdi. Lekin R.Kantil’on ham ne'matning “ichki qimmatining” manbasi borasidagi savolga javob bera olmadi.
Bunda aytish lozimki, o'rta asrdagi qimmat tushunchasi hozirgi zamondagi qimmat tushunchasidan mazmunan farq qiladi. Zero, aynan eski tushuncha asosida XIX asr oxirida rus tilidagi qiymat tushunchasi kelib chiqqan.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin