Baholash ishi va investitsiyalar


Huquqiy va iqtisodiy fantomlar investitsion va boshqarish qarorlarini qabul qilish omili sifatida



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə23/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116
baholash 1

Huquqiy va iqtisodiy fantomlar investitsion va boshqarish qarorlarini qabul qilish omili sifatida
Xususiy mulkchilik tizimi va mulkiy huquqlarni shakllanishi mulkni boshqarish va bunda investitsion qarorlar qabul qilishning omiliy obyekti bo'lishini ta'minladi. Bunda zamonaviy mulkning iqtisodiy va huquqiy fantomlari muhim omil sifatida namoyon bo'lishi mumkinligini 1- va 2-mavzular hamda 3.1-3.4-ma'ruzalar doirasida berilgan ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiyaning muhim yo'nalishlaridan bo'lgan “ne'mat-fantom-mulkdor” triadasi g’oyasiga asoslanuvchi ne'mat to'g’risidagi multifan nazariyasining bilimlari asoslaydi. Aynan shular negizida zamonaviy mulkka va o'zaro ekvivalent bo'lgan iqtisodiy va huquqiy fantomlarni boshqarish va bunda investitsion qarorlar qabul qilishning omili ekanligini 3.1-rasmda ko'rsatilgan tuzilmaviy-funksional model asosida ko'rsatish mumkin.


3.1-rasm. NM tomonidan IF va HF ekvivalent bog’liqligini ta'minlashning hamda boshqaruv va investitsion qarorlar qabul qilishning tuzilmaviy-funksional modeli
3.1-rasmda: TO - milliy HF va IFga bir vaqtda ta'sir ko'rsatuvchi tashqi omillar; IN - IF qiymat, narx va qimmat kategoriyalari bo'yicha natijaviy miqdor(baho)lar; HN - HF mulkiy huquq (mulkka bo'lgan huquqlar) “triada”sini - “foydalanish, egalik qilish, tasarruf etish” - amalga oshirilishinining natijaviy sifati; IM va HM - IF va HF manbalariga ta'sir etuvchi ichki regulyativ omillar (bu omillar NM (uning sababiy manbasi (nafsi) asosida) tomonidan ne'mat, uning IF va HF ekvivalentligini ta'minlash maqsadida ishlab chiqiladi); NM - mulkdor (davlat, jismoniy va yuridik shahs bo'lishi mumkin).
Bunda NM, TO ta'sirini hisobga olgan holda, IN va HN asosida ichki regulyativ omillar (IM, HM) ishlab chiqishdan iborat bo'lgan IF va HF ekvivalentligini ta'minlash, ular asosida boshqarish va investitsion qarorlar qabul qilish mexanizmi funktsiyasini bajaradi.
Umuman olganda, TO, IN, HN, IM, HM kabilar o'zaro “sabab-oqibatiylik” aloqasida bo'lganligi sababli, NM tomonidan IF va HFning zaruriy ekvivalentlilik darajasiga erishish “ne'mat-fantom-mulkdor” triadasini boshqarishning murakkab masalasi hisoblanadi. Zero, bunda triada mulkchilik tizimini ifodalaydi, uning tarkibidagi iqtisodiy fantomlar esa mulk bozori (MB) va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorida (MQBXB) amalga oshiriladigan mulkiy munosabatlarda ma'noga ega bo'ladi. Aynan bu bozorda qiymat va narxning ekivalentligi va o'zaro transformatsiyasi ta'minlanilishi mumkin. Mazkur masalaning yechimiga 3.1-rasmdagi tuzilmaviy-funksional model realizatsiyasini amalga oshirishni ta'minlovchi matematik apparat yordamida erishish mumkin.
Mohiyatiga ko'ra, 3.1-rasmda aks ettirilgan model omillar ta'sirida o'z-o'zini rivojlantiruvchan murakkab dinamik mulkiy tizim deb hisoblanib, unda HF va IF, qiymat va narx eng ideal holatda o'zaro va ne'matga (ya'ni, bazisga) ekvivalent bo'ladi. Bunda mulk qiymati va narxi ekvivalentligini ularning talab qilingan ekvivalentlilik darajasidan oshmagan miqdorida ushlab turish MQBXB va MB professional institutlarining muhim vazifalaridan biri hisoblanishi lozim.
Bu vazifa o'z-o'zidan mulkning har qanday turini hududiy tizimlashtirilgan tasnifiy guruhlari va ular doirasidagi guruhcha va toifalari bo'yicha MQBXBda baholangan bozor qiymatlari va MBda belgilangan bozor narxlari retrospektiv tarixiy jamlanib boriluvchi miqdorlari va hisobotlari bir butun umumiy informatsion (axborot) bazasi yaratilishi maqsadga muvofiqligini bildiradi. Zero, bunday axborot bazasining foydaliligi shundan iboratki, unda tarixiy sanalar bo'yicha tizimlashtirilib jamlanib borilgan mulkning avval baholangan qiymatlari miqdori va hisobotlaridan joriy sanada ko'rilayotgan mulk qiymatini tegishli mezon va tuzatishlar yordamida avtomatlashtirilgan ravishda baholashda foydalanish mumkin. Bu esa baholash ishlarining murakkablik darajasini o'hshash baholash obyektlaridan foydalanish va bunda barcha hisob-kitoblarni mavjud har uchchala yondashuv (xarajatlar, daromadlarga va qiyosiy solishtirishga asoslangan yondashuvlar) qo'llanilishi asosida to'liq avtomatlashtirish evaziga pasaytiradi, tezkorlik va aniqlik darajasini hamda umuman samaradorligi, ishonchliligi va sifatini keskin oshiradi. Bunda, zamonaviy mulk to'g’risidagi multifanga asoslangan metodologik nuqtai nazardan, adolatli qiymat kontseptsiyasini qo'llash boshqaruv va investitsion qarorlar qabul qilish bilan bog’liq professional faoliyatlarning imkoniyatlarini kengaytiradi. Vaholanki, adolatli qiymatni qo'llash hozirda mavjud bo'lgan bozor qiymati, fundamental qimmat, fundamental (iqtisodiy qo'shilgan qiymat, ya'ni, soliqlar ayrilib tashlanganidan qolgan foyda orqali ifodalangan) qiymat, bozor narxi kabi mezonlarning ma'lum kamchiliklarini (real aktivlar bo'yicha “puffak” fenomenini) bartaraf etish zaruratidan kelib chiqadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, huquqiy va iqtisodiy fantomlarni boshqarish ularning bazisi bo'lgan mulkning adolatli qiymatini oshirishga qaratilgan bo'lishi lozim.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin