Baholash ishi va investitsiyalar


-rasm. Zamonaviy mulk to'g’risidagi multifan tuzilmasining fazoviy piramidal shakldagi modeli



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə26/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   116
baholash 1

5.2-rasm. Zamonaviy mulk to'g’risidagi multifan tuzilmasining fazoviy piramidal shakldagi modeli


3. Mulkning adolatli qiymati va uni baholash
kontseptsiyasi to'g’risida

Ushbu ma'ruza maqsadida 4.2-ma'ruzada keltirilgan bir biridan mazmunan farqlanuvchi qiymat, narx va qimmat kategoriyalarining umumiy bazisi mulk(ne'mat) bo'lganligi uchun ularni boshqarish (jumladan, regulyaciya qilish) jarayoni maqsadida ularning matematik shakldagi funktsiyasi ko'rinishida adolatli qiymat deb ifodalangan integratsiyalashgan yaxlit mezon(kriteriy) qo'llanilishi mumkinligi xossasini alohida ko'rish maqsadga muvofiq.


Hozirda adolatli qiymatni aniqlash uchun 2D- va 3D-formatlardagi iqtisodiy geometrik modellar qo'llanilishi mumkin. Bunday modellar korporativ va moliyaviy boshqarishda, baholash va rieltorlik faoliyatlarida foydali bo'lib, ular soddaliligi bilan harakterlanadi.
2D-formatdagi iqtisodiy geometrik model
Bunda integratsiyalashgan yaxlit mezon sifatida ilgari surilgan adolatli qiymat o'zaro va bazisga ekvivalent bo'lgan mulk real qiymati va ob'yektiv narxining funktsiyasi deb kompleks son shaklida ifodalanib tahliliy baholanishi mumkin.
Bunday funktsiyani miqdoriy baholash uchun matematikada ma'lum bo'lgan kompleks o'zgaruvchilar nazariyasini qo'llash mumkin. Unga asosan kompleks son (o'zaruvchi) ikki qismdan iborat, ya'ni real va mavhum sondan tarkib topgan bo'ladi. Shunga mos ravishda mulkning adolatli qiymatini matematik shaklda kompleks o'zgaruvchi (son) ko'rinishida ifodalash mumkin. Demak, bu ifodani mulk adolatli qiymatini ifodalovchi integral mezon (Z) deb qabul qilish mumkin bo'ladi. Bunda kompleks sonning real va mavhum qismlari mos ravishda mulkning real qiymati (r) va ob'yektiv narxi (jm) miqdorlarini ifodalaydi. Ya'ni:
Z = r + jm, (5.1)
bunda: + o'zgaruvchilarning bog’liqligini bildiruvchi shartli belgi bo'lib, qo'shish amalini anglatmaydi.
Formula (5.1) yordamida r va jm o'zgaruvchilarning ma'lum miqdorlarida Z ko'rsatkichini hisoblash asosida mulkning adolatli qiymatini bozor tomonidan past yoki ortiqcha (“puffakli”) baholanganligi darajasini aniqlash mumkin.
Shunday qilib, yuqoridagi formula yordamida r va jm miqdorlari asosida Z parametr(vektor)ning o'zgarish dinamikasini iqtisodiy geometrik model ko'rinishida tahlil qilish mumkin. Buni 2D-formatdagi geometrik interpretatsiyada quyidagicha ifodalash mumkin.
Buning uchun 5.1-rasmda ko'rsatilganidek tekislikdagi to'g’ri burchakli koordinata sistemasida yuqoridagi 5.1 funktsiyani ifodalaymiz.
Quyidagilar shartlarni qabul qilamiz: Z1 va Z2 parametrlarni natijaviy vektorlar deb olib, ularning teksilikdagi yo'nalishlari (r1, jm1, r2, jm2) miqdorlarining kesishuv nuqtalariga borib taqaladi (ya'ni 0, Z1, Z2); Y - mavhum sonlar o'qi (mulk bozor narxlari miqdorlarining o'qi), X - real sonlar o'qi (mulk real qiymatlari miqdorlarining o'qi).
Faraz qilaylik, 5.3-rasmdagi tekislikda r1, jm1 va r2, jm2 koordinatali ikki natijaviy Z1 va Z2 vektorlar mavjud bo'lib, ular 0A chizig’ining (burchagi 45 gradus bo'lgan) ikki tarafida joylashgan.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin