Baholash ishi va investitsiyalar


-rasm. Natijaviy Z vektorlarini 2D-formatda geometrik talqin qilish modeli



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə27/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116
baholash 1

5.3-rasm. Natijaviy Z vektorlarini 2D-formatda geometrik talqin qilish modeli
Bu chiziqni mulk real qiymati va ob'yektiv narxining ideal holdagi ekvivalent muvozanatiy o'zaro balanslashgan miqdorlarining kesishuvidagi optimal vektor deb qabul qilish mumkin. Ya'ni (X, Y) tekisligida bu chiziqning ustiga to'g’ri kelgan (ustma-ust tushgan) Z1 yoki Z2 vektor mulkning real bazisi qiymati bo'yicha “puffak” effektini optimal miqdorda ekanliligidan (aynan to'liq ekvivalentligidan) dalolat beradi. Agar vektor ushbu tekislikda to'g’ri chiziqdan pastda joylashgan bo'lsa (ya'ni, Z2), mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori (MQBXB) mulk real qiymatini uning mulk bozori (MB) narhidan yuqori, lekin MBda likvidligi nisbatan past va mos ravishda “puffak” darajasi kichik deb baholagan bo'ladi, aks holda esa MB mulk narxini uning MQBXB real qiymatidan yuqori, likvidligi baland, lekin “puffak” darajasi unga mos ravishda ortmoqda deb baholaganini anglatadi.
Aytish joizki, adolatli qiymat kontseptsiyasiga ko'ra, geometrik model bo'yicha mulkning likvidlik darajasi OA chizig’iga nisbatan olingan Z2 vektori burchagining eng kam miqdori 23 gradusdan past bo'lmasligi va Z1 vektori burchagining eng ko'p miqdori 68 gradusdan past bo'lishi tavsiya etiladi. Bunday tavsiya amaliy nuqtai nazardan mulk real qiymati bo'yicha “puffak” va likvidlik darajalarining ma'qul miqdorlarda boshqarilishi imkonini berib inqiroziy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Mulkning umumlashgan adolatli qiymati va qimmati quyidagi tartibda aniqlanadi:
1. MQBXB tendentsiyalari asosida baholash amaliyotida mavjud bo'lgan uchta yondashuv yordamida mulk va uning ikkita analogining real qiymati baholanadi;
2. Marketing, texnik va fundamental tahlil usullari yordamida MBdagi mulk va uning ikkita analogi bo'yicha ob'yektiv narx aniqlanadi;
3. Geometrik model yordamida uchta vektor uchun mulk real qiymati va ob'yektiv narxi asosida uning adolatli qiymatlari aniqlanadi;
4. Adolatli qiymatning uchta vektori yordamida mulkning real qiymati va ob'yektiv narxi bo'yicha geometrik model asosida qimmatlilik darajalari baholanadi;
5. Integrallashgan mezon bo'yicha mulkning natijaviy adolatli qiymati aniqlanadi:
NAQ = αв1В1 + αв2В2 + αв3В3 , (9.3.2)
bunda: B1, B2, B3 - mos ravishda 1-chi, 2-chi va 3-chi vektorlar bo'yicha adolatli qiymat baholari; αв1, αв2, αв3 - geometrik modeldagi uchta vektor joylashuvi asosida aniqlangan qimmatlar bo'yicha o'rtacha vaznlashtirilgan koeffitsientlar.
Keltirilgan 2D-formatdagi iqtisodiy geometrik model asosida mulkning qiymati, narxi va qimmatining o'zaro bog’liqlikda o'zgarish chegaralari yaqqol ko'rinadi. Bu esa adolatli qiymatni turli holatlarda boshqarish bilan bog’liq ishonchli qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Amaliyotda adolatli qiymat ob'yektiv narxning real qiymatga nisbati yoki boshqa ko'rinishdagi shakllarda ham baholanishi mumkin.
Bunda adolatli qiymat kontseptsiyasiga ko'ra, adolatli qiymatni o'stirishga qaratilgan boshqaruvning (ya'ni, korporativ va moliyaviy boshqaruv turlari) alohida yondashuvlari (mulk bo'yicha real qiymat bo'yicha “puffak” va mulkning likvidliligi darajalarining rejali boshqarilishi imkonini beruvchi) qo'llaniladi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin