Baholash ishi va investitsiyalar


D-formatdagi iqtisodiy geometrik model



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə28/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116
baholash 1

3D-formatdagi iqtisodiy geometrik model
Ushbu modelga (4.3.2-rasm) asosan mulk qimmatliligini uning ma'lum miqdori birligidagi qiymati va narxini ekvivalent bog’liqlikda geometrik 3D (uch o'lchamli fazoviy koordinata tizimi doirasidagi) formatda ifodalab tahliliy baholash mumkin.



5.4-rasm. Mulk miqdori, narxi va qiymatini ekvivalent bog’liqlikda tahlil qilishning 3D-formatdagi geometrik iqtisodiy modeli

Umuman olganda, 5.4-rasmdagi 3D-formatdagi geometrik modelni mulk miqdori, mulk bozori (MB) narhi va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorlari (MQBXB) qiymatining bog’liqligini kompleks geometrik iqtisodiy modeli sifatida qabul qilib, undagi kub hajmini XYZ o'qlar diskretalari bo'yicha o'zgarishini, ushbu ko’b ichidagi diagonal bo'yicha yo'nalgan 0A vektorni va bu vektorning 0XYZ o'qlarga nisbatan burchaklari o'zgarishi asosida mulk qadr-qimmati va nafliligini mulkning 0Z o'qidagi miqdori o'zgarishi birligidagi 0X o'qidagi qiymati va 0Y o'qidagi narxini ekvivalent bog’liqlikda bo'lishini va o'zgarishi tendentsiyalarini grafikda tahlil qilish mumkin.


Ushbu model asosida quyidagilarni vizual o'rganish mumkin:
- 0XYZ o'qlardagi diskretalar o'zgarishidan o'zaro ekvivalent bog’liq bo'lgan MB va MQBXB umumiy kapitalizatsiyasi miqdori hamda mulk qimmati va nafliligi o'zgarishini;
- 0A vektor yo'nalishi va bu vektorning 0XYZ o'qlarga nisbatan burchaklari o'zgarishidan, bunda mulkning 0Z o'qidagi miqdori o'zgarishi birligidagi 0X o'qidagi qiymati va 0Y o'qidagi narxi nisbati (yoki tafovuti)dan “puffak” yoki mulkning likvidligi darajasini;
- o'zaro bog’liq bo'lgan har ikkala bozor (MB va MQBXB)dagi talab va taklifni alohida o'zgarishini hamda ularning muvozanatlashuvini va bir-biriga ta'sirini;
- ko’b va uning ichidagi vektor o'zgarishi asosida qiymat va narx, mos ravishda MB va MQBXB ekvivalentligi darajasini va boshqa o'zgaruvchanlarni.
Shunday qilib, 3D-formatdagi iqtisodiy geometrik modeldan omillar ta'sirida o'zgaruvchi mulk qimmatliligi, nafligi va likvidliligi darajalari mulkning miqdori, qiymati va narxiga bog’liq ekanligini yaqqol vizual ko'rish mumkin.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin