Baholash ishi va investitsiyalar


-MAVZU. MULK BILAN BOG’LIQ BOZORLARNI TIZIMLI TAHLIL QILISH ASOSLARI



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə29/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   116
baholash 1

6-MAVZU. MULK BILAN BOG’LIQ BOZORLARNI TIZIMLI TAHLIL QILISH ASOSLARI
REJA:

  1. Mulk (mulkiy huquq) bozorida narxlarning shakllanishi asoslari;

  2. Mulk bozorida narx-navo tendentsiyalarini tahlil qilishning nazariy va metodologik asoslari;

  3. Tahlil qilishda qo‘llaniladigan yondashuv va usullar tizimi;

  4. Tovar-hom ashyo bozori narxlari tendentsiyalarini tahlil qilishning xususiyatlari;

  5. Ko‘chmas mulk bozori narxlari tendentsiyalarini tahlil qilishning xususiyatlari;

  6. Valyuta bozorlari kurslari tendentsiyalarini tahlil qilishning xususiyatlari; kapital bozorlari narxlari tendentsiyalarini tahlil qilishning xususiyatlari.



Tayanch iboralar: mulk bozori, umumiy bozor, bozor funktsiyalari va tamoyillari, mulk bozorining: turlari, tovari, institutsional va funksional tuzilmasi, ishtirokchilari, ko'rsatkichlari, kon'yunkturasi, iqtisodiy modeli, transparentligi, regulyativ modeli.

Mulk bozori (MB) milliy bozor sinonimi sifatida iqtisodiyot holatining “barometri” ekanligi bu bozordagi narhlar o'zgarishi tendentsiyalarini tizimli tahlil qilish va prognozlashtirish zaruratini keltirib chiqaradi. Zero, MB holati va narxlarining o'zgarish tendentsiyalarini o'z vaqtida, oldindan va to'g’ri miqdoriy baholay olmaslik ishlab chiqarish va takroran ishlab chiqarish jarayonlariga bozor orqali salbiy ta'sir ko'rsatuvchi hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Vaholanki, MB holati va narx-navolar o'zgarishi dinamikasini tezkor, aniq, ishonchli ravishda tahliliy baholay olish iqtisodiy faoliyatda samarali investitsion va boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Zero, turli tahlil va prognozlash usullari yordamida bozor holati va narxlarini o'zgarish tendentsiyalari dinamikasini tahlil qilish, bozor monitoringini o'tkazish va undagi ijobiy va salbiy hodisalarni prognoz qilish, bularning natijalari asosida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan risklar va disproportsiyalar manbalarini (sabablarini) aniqlash va o'z vaqtida ularning iqtisodiyotga va bozorga salbiy ta'sirini oldini olish yoki noma'qul darajasini oldindan pasaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish mumkin.


Prognoz deganda bozor holatini (tendentsiyalari, jarayon va qonuniyatlarni) omillar ta'sirida uning indikatorlari yordamida ma'lum bir muddatga bashorat qilish tushuniladi.
Prognozlash qisqa-, o'rta- va uzoq muddatlarga qilinishi mumkin. Bunda asosan, bir yoki bir necha omillar ta'sirida voqeliklarning o'zgarishi matematik modellar shaklidagi stsenariylari ko'riladi. Omillarning ta'siri indikatorlar yordamida baholanadi.
Bozorni prognoz qilishda mavjud matematik apparatga asoslangan holda ko'proq marketing, fundamental va texnik usullar qo'llaniladi. Bunda ko'proq quyidagi masalalar qo'yiladi:
1. Bozordagi narxlar, kurslar, indekslar, daromadlilikning oldindan qiziqtirgan muddatlardagi tendentsiyalarni o'zgarishi masalasi;
2. Turli (meta-, mezo-, makro-, mikro-, nano) pog’onalarda iqtisodiy va moliyaviy indikatorlarning oldindan qiziqtirgan muddatlardagi qiymatlarini o'zgarishi masalasi;
3. Bozor kon'yunkturasini (talab va taklifni) va indikatorlarini prognoz qilish;
4. Bozor tovari sifatining o'zgarishini prognozlash;
5. Bozor qatnashchisining iqtisodiy holatini prognozlash (bunda matematik va imitason modellar qo'llaniladi).
Ushbu masalalarda qo'llaniladigan yondashuv, usul va modellar bozor tovari, bozor va undagi qatnashchilar turi hamda indikatorlarning turiga, ularning maqsad, vazifalari va funktsiyalariga bog’liq.
Umuman olganda, MB tartibga solinuvchi murakkab tizim sifatida ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarning ob'yektiv ko'zgusi (“barometri”) bo'lganligi sababli iqtisodiyot indikatorlari tasnifi va ulardan tizimli yondashuvga asoslangan tizimli tahlilda foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tizimli yondashuv bu - ilmiy bilim olish va amaliy faoliyat metodologiyasining shunday yo'nalishiki, uning asosida har qanday ob'yektni murakkab to'laqonli, masalan, texnik, biologik, ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va h.k. tizim sifatida tadqiq etish yotadi.
Bunda albatta tizimli tahlil va kompleks tahlil mazmunan antipodlar emas, ular o'zaro uzviy bog’liq va bir birisiz amalga oshirilmaydi, chunki aniq bir masala doirasida ob'yektni yaxlit murakab tizim sifatida:
- barcha unsurlari orasidagi barcha ichki va tashqi bog’likliklarni tadqiq etish zarur;
- uni namoyon bo'lishining barcha taraf va jihatlarini (tuzilmasi va unsurlarini) kompleks tadqiq etish lozim.
Tizimli tadqiqot - tadqiq qilinayotgan ob'yektni o'rganish, uni sifatiy va miqdoriy baholash asosida kompleks ravishda keng va chuqur tushunish, undagi hossa va qonuniyatlar, munosabatlar, omillarning o'zaro bog’liqlikdagi ta'sirini aniqlash imkonini beradi. Tizimli tadqiqot tushunchasi quyidagi tushunchalarni birlashtiradi: tahlil, modellashtirish, optimallashtirish, prognozlashtirish, o'lchash, solishtirish, tanlab olish, baholash, identifikatsiya qilish, sintez, “tahlil-sintez” tandemi.
O'lchash belgilariga quyidagilar kiradi: tadqiq etilayotgan ob'yekt bo'yicha axborot(ma'lumot)larni olish (topish), ularni qayta ishlash, solishtirish, baholash va tartibga solish (tizimlashtirish) hamda tadqiqot natijasini miqdoriy ifodalash va ulchov birligi(etalon)ning mavjudligi.
Bunda MBni tizimli tahlili va prognozlashtirishning tizimli masalalari qo'yilishi va yechimi tushunchasi bilan uning mazmuni, mavjudligi va metodologiyasi to'g’risidagi uchta savol bog’liq:
1. MBni tizimli tadqiq etish va prognozlashtirish bilan bog’liq tizimli masalalarni alohida va aniq ifodalangan masalalar sinfiga ajratish mumkinmi?
2. MBning tizimli masalalari sinfi ularni yechish uchun metodologiya yaratilishi nuqtai nazardan operatsion ravishda aniq ifodalanishi mumkinmi?
3. MBning tizimli masalalari sinfi ularni yechish metodologiyasini rivojlantirish bo'yicha ishlarni oqlanishi nuqtai nazardan yetarlicha amaliy ahamiyatga egami?
Ushbu savollarning barchasiga ijobiy javob bersa bo'ladi degan fikr o'rinli.
Ma'lum turdagi masala konkret hisoblanadi, qachonki uning barcha turlari uchun konkret talablar va talablar turlariga bog’liq holda ma'lum turdagi konkret boshlang’ich tizim yoki tizimning ikki – boshlang’ich va natijaviy - turi (ular orasidagi tartibga solingan aloqalar turi bilan birga) oldindan berilgan bo'lsa.
Birinchi holda boshlang’ich tizim masalaning boshlang’ich holatini bildiradi. Bunda masalaning echimi (masalaning maqsadiga erishilishi holati) - bir yoki bir nechta konkret natijaviy tizimning talab qilinayotgan turi hisoblanadi.
Ikkinchi holda masalaning boshlang’ich holati ikki konkret tizim va ular orasidagi aloqalar va munosabatlar bilan beriladi. Uning echimi esa ushbu ikki tizim orasidagi ma'lum aloqaviy munosabatlar bo'ladi.
Tizimli masalalarning bunday tavsifidan mos ravishda quyidagi fikr kelib chiqadi: tizimli masalalar haqiqatdan ham umumiy masalalarning MBga nisbatan alohida va yaxshi aniqlangan sinfini tashkil etadi. Ushbu masalalarning cheksiz xilma-xilligiga qaramasdan ularni yaxshi ifodalangan masalalar turining aniq cheklangan soniga olib kelinishi mumkinligi mazkur masalalar sinfining yechish metodologiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan birinchi ikkita savolga javob ijobiy desak bo'ladi. Uchinchi savolga javob berish uchun esa quyida berilgan qo'shimcha fikrlar talab qilinadi.
Tizimli masalalar - masalalarning shunday sinfiki, ularning yechimi tadqiqot ob'yekti bo'lmish MBning tizimli tahlili, prognozi va sintezi asosida mazkur ob'yektning barqarorligi, raqobatbardoshliligi va iqtisodiy xavfsizligi nuqtai nazardan tendenstiyalari tahlili, holatiga baho berish, undagi jarayon va munosabatlarni modellashtirish, optimallashtirish va prognozlashtirish, optimal regulyativ (umumiy holda boshqaruv) va rivojlantirish strategiyalari hamda institutsional, funktsional va instrumental tuzilmalari faoliyati va shu kabi boshqalar bilan bog’liq savollarga javob topishdan iborat.
Bunda ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya nuqtai nazaridan MBni murakkab tartiblashtiriluvchi tizim sifatida tizimli tadqiq qilish bilan bog’liq barcha masalalarni keng ma'noda ikkita yirik masalalar sinfiga ajratish mumkin:
1) MBning mavjud tuzilmasi modeli, sifat va miqdoriy ko'rsatkichlari, mazmun-mohiyati va tovarlari doirasida omillar ta'sirida bo'luvchi xossa va rivojlanish qonuniyat (tendentsiya)larini matematik hisoblashlar va modellashtirish apparati yordamida tizimli tahlil qilish masalasi;
2) MBning talab qilinadigan ko'rsatkich, xossa va rivojlanish qonuniyatlarining zururiy sifat va miqdorlariga omillar ta'sirini hisobga olgan holda matematik apparat yordamida erishish bilan bog’liq tizimli prognozlashtirish va sintez masalasi.
Real iqtisodiyot va undagi MB bo'yicha tizimli masalalar turkumiga talab va taklif, jamg’armalar va investitsiyalar, iqtisodiyotning turli sub'yektlarining manfaatlarini o'zaro muvofiqlashtirish, makroiqtisodiy (jumladan makromoliyaviy) barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlash sharoitlarini belgilash va shu kabi barcha masalalar kiradi.
Tizimli masalalarning meta, dunyo mintaqalari doirasidagi mezo, mamlakat doirasidagi makro, mamlakat mintaqalari (hududlari) doirasidagi mezo, mikro va nano pog’onadagi yechimlari matematik modellar va usullarni (jumladan, kompyuter yordamida simulyatsiya, imitatsiya, eksperiment qilish, modellashtirish va prognozlashtirish usullari) qo'llaydi. Ularni qo'llash quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- tadqiqot ob'yektlari va ular ko'rsatkichlarining muhim va e'tiborga moyil aloqalarini ajratib olish va abstrakt (formal) ravishda ifodalash;
- aniq ifodalangan ma'lumot va matematik ifodalardan deduktsiya usuli yordamida tadqiqot ob'yektiga adekvat bo'lgan xulosa va asosli dalillar olish;
- matematik apparat yordamida va induktiv yo'l bilan ob'yekt to'g’risida yangi bilimlar olish (mos keluvchi funktsional bog’liqliklarni baholash);
- matematika tili yordamida iqtisodiy va moliya nazariyalari qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va ihcham ifodalash.
Ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya nuqtai nazaridan tizimli masalalarni turli pog’onalarda ifodalash va ular bo'yicha qo’'yilgan maqsadlarga erishish tuzilmasini ular yechimining arhitekturasi deb atash mumkin.
Bunda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim:
- kelishilganlik (yashi arhitekturaning tarkibiy qismlarini o'zaro kelishtirilganligi asosida ularning har birini oldindan bashorat qilish mumkinligi);
- ortogonallik (funktsiyalarning bir-biri bilan bog’liq emasligi, ya'ni mustaqilligi, har birining alohida ixtisolashganligi);
- moslilik (arxitekturada kerak bo'lmagan funktsiyalarning yo'qligi);
- tejamlilik (hech bir funktsiya boshqasini qaytarishi mumkin emas);
- shaffoflik (har bir funkstiya tushunarli bo'lishligi);
- umumiylilik (har bir kiritilgan funktsiyaning ko'p maqsadlarga yo'naltirilganligi);
- ochiqlik (har bir belgilangan funktsiyani boshqacha ishlatilishligi);
- to'liqlik (har bir kiritilgan funktsiyani qo'yilgan talablarga to'liq mos kelishligi).
Umumiy holda MBning tizimli masalalarini ikkita yirik sinfga - tizimli tahlil va tizimli sintezga (jumladan, prognozlashtirishga) ajratish mumkin.
Tizimli masalalarning har bir sinfi, o'z navbatida, MBning muayyan davrdagi va pog’onadagi (meta, makro, meza, mikro va nano darajada) talablari va shart-sharoitlari doirasida konkret qo'yilgan maqsadlari va belgilangan vazifalari asosida ularga mos ravishda turli hil xususiy ko'rinish, shakl, hajm, murakkablik va mazmunda hamda ketma-ketlikda qo'yilishi va yechilishi mumkin. Shu bilan birga, mazkur sinflar bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda bo'lgan bir butun alohida, ammo ancha murakkab bo'lgan, tizimli «tahlil-sintez» (yoki tizimli «sintez-tahlil») masalasi sifatida va uning xususiy hollari (ko'rinish, shakl, hajm, murakkablik va mazmunda hamda ketma-ketlik)da ham quyilishi va yechilishi mumkin.
Bunda tizimli tahlilda tuzilmaviy, funktsional, parametrik tahlil uslublari qo'llaniladi.
Tuzilmaviy tahlil uslubi - MB tuzilmasi va uning tarkibiy qismlari (tizim, quyi tizim, unsurlar) tuzilmasini tizimli tahlil qilish tamoyil va usullari yig’indisi.
Funkcional tahlil uslubi - MB va uning tarkibiy qismlari funktsiyalarini tizimli tahlil qilish tamoyil va usullari yig’indisi.
Parametrik tahlil uslubi - MB tuzilmasi va funktsiyalari parametr (ko'rsatkich)larini bir-biri bilan bog’liqlikda tizimli tahlil qilish tamoyil va usullari yig’indisi.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin