Baholash ishi va investitsiyalar


Tizimli-metrik tahlil usullarini qo'llanish prinsiplari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə33/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116
baholash 1

Tizimli-metrik tahlil usullarini qo'llanish prinsiplari

Ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya va unga asoslangan zamonaviy mulk to'g’risidagi multifanga asosan (4.1- va 4.2-ma'ruzalar) matematik modellar va xulosalarning zaruriy adekvatlik va aniqlik darajasiga erishish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy tizim (IIHT) tarkibiga kiruvchi qismlarning (4.1.1-rasm) turlari va ular tabiatiga hamda ulardagi munosabatlar mazmuniga mos ravishda ixtisoslashgan tizimli-metrik usullar qo'llaniladi. Bu usullar IIHT quyitizimlaridagi sifatiy va miqdoriy o'zgarishlar hamda korrelyatsion-regression bog’liqliklarni tizimli-metrik o'lchanishiga va empirik xulosalar olishga yordam beradi. Xususan olganda (4.1.1- va 4.1.2-rasmlar asosida), iqtisodiyotning real sektori faoliyati jarayonida vujudga keluvchi sifatiy va miqdoriy o'zgarishlar bo'yicha korrelyatsio-regression bog’liqliklarni tizimli-metrik o'lchanishi va empirik hulosalar olish uchun ekonometrika, moliya-kredit tizimi (MKT), undagi MKRB tizimi va moliya bozori uchun - finansometrika, moliya bozori tarkibidagi qimmatli qog’ozlar bozori uchun - sekyurimetrika, real tovarlar va nomoliyaviy hizmatlar bozori uchun - marketmetrika qo'llaniladi.


NP tarkibiga kiruvchi SP, SPP uchun esa mos ravishda sociometrika va Lawmetrics qo'llaniladi. MR uchun esa regulyatorlar kvalimetriyasi qo'llanadi.
Mulkiy munosabatlar turli tip, shakl va turdagi mulkni o’z ichiga oladi. Mulk tipi — har xil yoki turdagi sotsial-iqtisodiy tizimlarga xos bo’lgan mulkiy munosabatni, mulk xarakterini bildiradi. Shu jihatdan ekspluatatsiyaga asoslangan va ekspluatatsiyani inkor etuvchi mulkiy tizimlar mavjud. Birinchi tizim azaldan mavjud bo’lgan va ozchilikning mulkdor bo’lishi ko’pchilikning mulksiz qolishi va ekspluatatsiya qilinishi bilan xarakterlanadi. Bunday tipdagi mulkchilik quldorlik, feodalizm, kapitalizm va byurokratik davlat sotsializmiga xos bo’lgan. U ishlab chiqarish moddiy omillarining hukmron sinf va toifalar qo’lida to’planishi; mehnat omilining esa mazlumlar tomonida bo’lishi bilan ajralib turgan. Shunday sharoitda har xil mulkiy maqomdagi kishilar qo’lidagi omillar birikib, ishlab chiqarish yuz bergan. Mehnat sohiblari ishlab turib, kam daromad olishgan, vositalar egalari ishlamay turib, o’zgalar mehnati hisobidan boylik orttirishgan. Ekspluatatsiyaga asoslangan mulkiy tizim uzoq vaqt hukm surgan, uning rivojlanish zaminida yangicha tizim paydo bo’lgan. O’z mehnati, bilimi va mahoratidan kun ko’rishni taqozo etgan mulkchilik ham ko’hna, lekin u hukmron bo’lmagan. Quldorlik, feodalizm, kapitalizm va davlat sotsializmida ham o’z kuchi bilan yashagan dehqon, kosib, ishchi va xizmatchilar bo’lgan, lekin ular mulki jamiyat iqtisodiy tuzumining hal qiluvchi asosi bo’lmagan. Iqtisodiyot o’sib, oddiy fuqaro qo’lida ham mulk jamlanib borgach, yangi mulkiy tizim paydo bo’ladi. Ekspluatatsiyani inkor etuvchi mulkiy tizim aralash iqtisodiyotga xos bo’lib, u yo’qsak rivojlangan, to’kinchilikni ta’minlay oladigan ishlab chiqarish sharoitida paydo bo’ladi. Bu tizimda ko’pchilik mulk egasi bo’ladi. Nafaqat ish kuchi, balki moddiy resurslarni va yaratilgan boyliklarni o’zlashtirishda ham aholining tobora keng qatlami ishtirok etadi. Bu erda iqtisodiy o’sishdan hamma bahramand bo’ladi. Mulk ko’pchilikniki bo’lganidan topilgan daromad ham ko’pchilik manfaati yo’lida taqsimlanadi. Yangi mulkiy tizim yo’qsak ishlab chiqarishga tayanganidan ommaviy farovonlikka qaratildi.
Har bir mulk tipiga xos belgilar birdan paylo bo’lib yoki yo’qolib ketmaydi. Shunisi borki, biz yuqorida ko’rib o’tgan mulk tizimlarining mavqei har xil bo’lsa-da, ular birgalikda amal qiladi, chunki sof mulkiy tizim hech qaerda, hech qachon bo’lmaydi.
O’z mehnati evaziga o’zlashtirish, birovlar yaratgan boylikni tekinga o’zlashtirish, yakka tartibda, jamoa tarkibida, sherikchilik asosida o’zlashtirishlar borki, ular har xil mulkchilikni bildiradi. Tarixan turli sotsial-itstisodiy tuzumlar bo’lganki, ularga jamoa mulki, ekspluatatsiyani bildiruvchi quldorlar mulki, feodal mulki, kapitalistik mulk hukmron bo’lgan. Bir mulkdan ikkinchisi kelib chiqqan. Mulkiy munosabatlar rivojida ekspluatatsiyani inkor etuvchi mulkdan uni taqozo etuvchi mulklarga va nihoyat ulardan ekspluatatsiyaga yot bo’lgan mulkka o’tish yuz beradi.
Jamiyat taraqqiyoti tarixiy-tabiiy jarayon sifatida, o’z izidan chetga chiqmay borganda, mulkiy munosabatlar bir xil mulk hukmronligidan turli-tuman mulkning muvozanatiga o’tish tomoniga qarab rivojlanadi. Turli-tuman mulkchilik hozirgi aralash iqtisodiyot tizimiga xosdir.
Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Bular narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va amal qilish doirasidir.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra narxlar quydagi turlarga ajratiladi:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin