Mulk (mulkiy huquq) qiymatini baholash xizmatlari bozorining mazmuni va ko'rsatkichlari.
Mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorining iqtisodiyotdagi o'rni, ahamiyati va unda davlatning roli.
Mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori va real iqtisodiyotning regulyativ bog’liqlikdagi faoliyatini ifodalovchi tuzilmaviy model.
Tayanch iboralar: mulk (mulkiy huquq) qiymatini baholash xizmatlari bozori, uning modeli va ko'rsatkichlari, iqtisodiyotdagi o'rni, ahamiyati va unda davlatning roli, real iqtisodiyot, makroregulyativ bog’liqlik, ekvivalentlik, “MB-M-MQBXB” triadasi, “MQBXB-MB” juftligi, “M-MRI” juftligi.
Baholovchining eng asosiy vazifalaridan biri bu mo’ljallangan mulkning ehtimoliy bahosini prognoz qilish yoki tayyorlash hisoblanadi. Turli xil omillar sababli baholashni amalga oshirish hanuzgacha muammo bo’lib kelmoqda va shu bilan birga bu jarayon zamonaviy texnologiyalar asosida oddiylashtirilgan.
Baholash faoliyatini mukammallashtirishga sabab bo’lgan omillar quyidagilar sanaladi:
Texnologik rivojlanish
Mahalliy orgonlar qarorlari
Odamlar yashash darajalarining o’zgarishlari
Yuqori sifatli xizmatlarga bo’lgan talab
Arhitektura ta’sirini rivojlantirish uchun talab qilinadigan hoshiyalash uskunalari
Har qanday faoliyatda quyidagi ikkita asosiy jihat inobatga olinadi:
Miqdoriy jihati
Sifat jihati
Miqdoriy jihati: Miqdoriy jihati loyihaga mos ravishda tayyorlanadigan tahlil va izlanishlar orqali belgilanadi.
Sifat jihati: Sifat jihati esa xom-ashyolar va noyob san’at asarlarining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq holda o’rganiladi. Bunda miqdor jihati qurilishdagi ish hajmining ko’lamini ifodalashga xizmat qilib, u qurilish uchun turli xil xom-ashyolardan qancha miqdor kerakligini va qancha mehnat kuchi talab qilinishini bilib olishga yordam beradi.
Miqdoriy va sifat jihatlari deb nomlanuvchi qurilishning bu jihatlari loyihani baholashga yo’l ochib beradi. Bunda baholash (estimate) sifat, vaqt va moliyaviy omillarni hisobga olgan holda loyihaning amalga oshirilish jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish uchun vosita bo’lib xizmat qiladi.
Loyihani baholash shu sababdan ehtimoliy xarajatni (baho) oldindan aytib berish bilan izohlanadi. Baholashni tayyorlash jarayoni baholash faoliyati (estimating) nomi bilan yuritiladi va u o’z ichiga quyidagi ikkita birlikni qamrab oladi:
Miqdorni bilib olish
Miqdqorga kiruvchi har bir xom-ashyoning bahosini bilib olish
Miqdoriy so’rovnoma bu har qanday loyiha qurilishi uchun zarur bo’ladigan xom-ashyolar ro’yxati yoki grafigidir. Bu miqdorlar loyiha rejasini ko’rib chiqish orqali tayyorlanadi.
Bunda miqdoriy so’rovnoma har bitta xom-ashyo uchun qilinishi kerak bo’lgan ish miqdori va har bitta xom-ashyoga to’g’ri keladigan mehnat bahosini ifodalaydi.
Miqdoriy so’rovnoma baholash jarayonidagi barcha xom-ashyoni anglatishini alohida takidlab o’tish zarur. Lekin u talab qilingan materiallar ro’yxatini bermaydi. Masalan, sement xom-ashyosi bir necha metr kub ko’rinishida qayd etilishi mumkin (bir necha qop sement yoki bir necha metr kub qum shaklida qayd etilmaydi).
Quyidagilar yaxshi baholovchi uchun sifatiy ko’rsatkichlar hisoblanadi:
Baholovchi oddiy trigonometriya va soliq haqida chuqur bilimga ega bo’lishi lozim.
Baholovchi qurilish metodlari va jarayonlari, qurilish materiallari, ishchi kuchi muammolari, mahalliy bojxona va ularning o’ziga xos xususiyatlari haqida chuqur bilimga ega bo’lishi kerak.
Baholovchi chizmalarni aniq va samarali o’qiy olish va fikr bildirish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Baholovchi xarajatlar va hisob kitobda aniqlik bilan ish tutishi lozim, chunki loyihani tenderga tayyorlash va har bitta detalning aniq hisobini yuritish baholovchining majburiyati hisoblanadi.
Baholovchi mahorat, tajriba, tashabbuskorlik, ehtiyotkorlik va sabrlilik kabi yaxshi fazilatlarga ega bo’lishi lozim.