Baholash ishi va investitsiyalar


Mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori va real iqtisodiyotning regulyativ bog’liqlikdagi faoliyatini ifodalovchi tuzilmaviy model



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə48/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   116
baholash 1

3. Mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori va real iqtisodiyotning regulyativ bog’liqlikdagi faoliyatini ifodalovchi tuzilmaviy model

Mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori (MQBXB) orqali baholangan qiymatsiz mulkning huquqiy va iqtisodiy fantomlarini boshqarish, mulk bozori (MB) savdo jarayonida va mulkdor(M)larning joriy faoliyatida mulkiy munosabatlarni samarali amalga oshirish va ishonchli biznes (jumladan, investitsion) qarorlar qabul qilish mumkin emas. Lekin, 7.2-ma'ruzada aytilganidek, MB va MQBXB bir birining o'zaro bog’liqlikdagi faoliyatisiz ma'noga ega emasligi, bu bozorlar faqat birgalikda 5.3.1-rasmdagi model bo'yicha mulkiy huquqlar sub'yektlari(mulkdorlar)ning FHO bo'yicha mulkiy munosabatlari amalga oshirilishini ta'minlashi sababli, “MB-M-MQBXB” triadasi iqtisodiyotda markaziy o'ringa, demak, muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan, umuman olganda, MQBXB (faqat MB bilan birgalikda) va real iqtisodiyotning (faqat Mulkdor bilan birgalikda) o'zaro makroregulyativ bog’liqligini ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya qoidalari asosida 5.5.1-rasmda berilgan makrotuzilmaviy modelga shaklan o'xshash, lekin mazmunan kengroq, 6.3.1-rasmdagidek ifodalab talqin qilish mumkin. Bunda “MQBXB-MB” juftligi va milliy real iqtisodiyot (MRI) va Mulkdor (ya'ni, “MRI-M” juftligi) kompleks tartibga solinuvchi murakkab tizim sifatida ifodalanadi.


Ushbu modelda: TO - “MRI-M” juftligi va “MQBXB-MB” juftligiga bir vaqtda ta'sir ko'rsatuvchi tashqi omillar; QCHK - “MQBXB-MB” juftligi indikatorlari bo'yicha chiqish ko'rsatkichlari; NCHK - MRI sektorlari va M indikatorlari bo'yicha chiqish ko'rsatkichlari; QFO va NFO - makroregulyator (MR) tomonidan ishlab chiqiladigan hamda mos ravishda “MQBXB-MB” juftligi va “MRI-M” juftligi funktsiyasiga ta'sir etadigan ichki omillar; QSO va NSO - makroregulyator (MR) tomonidan ishlab chiqiladigan hamda mos ravishda “MQBXB-MB” juftligi va “MRI-M” juftligi tuzilmalariga ta'sir etadigan ichki omillar. Bunda MR, TOni hisobga olgan holda, QCHK va NCHK asosida ichki omillar (QFO, NFO, QSO, NSO) ishlab chiqishdan iborat bo'lgan makro darajada regulyativ muvozanatlaydigan mexanizm funktsiyasini bajaradi. Bu omillarning barchasi o'zaro sabab-oqibatlilik aloqasida bo'ladi.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin