Baholash ishi va investitsiyalar


Jahon amaliyota baholash maqsadlari va qiymat darajalarining quyidagi o'zaro nisbatini tavsiya qiladi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə58/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116
baholash 1

Jahon amaliyota baholash maqsadlari va qiymat darajalarining quyidagi o'zaro nisbatini tavsiya qiladi:

  • mulkchilik huquqini berish - asoslangan bozor qiymati;

  • moliyalash (kreditlar berish va h.k. maqsadida) - foydalanishning davom etishida asoslangan bozor qiymat eng yuqori natijani beradi), ko'chirishdagi asoslangan bozor qiymati, tartibga solingan tugatish qiymati, tezlashtirilgan tugatish qiymati;

  • mulkka soliq solish - odatda, G’arb qonunchiligi foydalanishdagi asoslangan bozor qiymatini qo'llab-quvvatlaydi, chunki bu daraja eng yuqori ko'rsatkichlarni beradi;

  • sug’urta - takror ishlab chiqarishning to'liq qiymati. Ayrim mamlakatlarda - foydalanishning davom etishida asoslangan bozor qiymati, o'rin bosishdagi asoslangan bozor qiymati;

  • lizing - huddi moliyalashdagi kabi ko'p variantli hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin;

  • hamkorlikni uzish (masalan, ajrashish) - asoslangan bozor qiymati. O'rin bosishdagi asoslangan bozor qiymati;

  • ustav sarmoyasiga ulush - mol-mulkning asoslangan bozor qiymati, o'rin bosishdagi asoslangan bozor qiymati;

  • merosga soliq solish (vaziyatlarga qarab) - foydalanishdagi asoslangan bozor qiymati, o'rin bosishdagi asoslangan bozor qiymati;

  • loyihalarning amalga oshirilishini tadqiq qilish (vaziyatlarga qarab) - qiymatning barcha turlari;

  • harid narxini taqsimlash - 99 foiz holatlarda foydalanishdagi asoslangan bozor qiymati;

  • stavkalar va tariflarni aniqlash - kommunal hizmatlari (elektr uzatish, isitish yoki telefon aloqasi) kompaniyalari tomonidan qo'llaniladi, odatda takror ishlab chiqarishning to'liq qiymati, o'rin bosishning to'liq qiymati yoki foydalanishda davom etishdagi asoslangan bozor qiymati.

Baholashdan maqsad - buyurtmachining zarurati va maqsadi doirasida mulk ob'ekti qiymatini uning bozor narxlari bilan bog’liqlikda adolat nuqtai nazaridan aniqlash.
Mulk qiymatini baholashdan manfaatdor bo'lgan taraflar baholash maqsadlarini belgilaydi.
Mulk qiymatini malakali (professional) baholovchi firma (tashkilot) aniqlaydi.
Baholash faoliyati mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorida (MQBHB) maxsus baholovchi institutlar tomonidan amalga oshiriladi.
Baho - mulk (tovar) nafililigi va foydaliligining pulda yoki nisbiy birlikda mezonlar yordamida baholanib ifodalangan ekspert xulosasi. Qo'llanilgan mezonlar ob'ekt qiymati yoki narxining miqdoriy holati sifatiga baho berish imkonini beradi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin