Baholash ishi va investitsiyalar



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə6/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
baholash 1

3. Mulkiy munosabatlar

Huquqiy va iqtisodiy fantomlarga ega fuqarolik huquqlari obyektlarining (FHO) ijtimoiy, iqtisodiy, informatsion va huquqiy ta'minoti sifatini oshirish hamda xossalari va ular bilan bog’liq funktsiyalari to'liq bajarishi uchun mulkiy munosabat turlari tizimini idrok qilish muhim ahamiyatga ega.


Ta'kidlash zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi mulkiy munosabatlar modeli ulardagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, FHOning ta'minot turlari mulkiy munosabatlar bilan uyg’unlikda ko'riladi.
Mulkiy munosabatlar - turli mulkchilik shakllariga asoslangan mulkichilik tizimida mulkiy huquq subyektlari tomonidan amalga oshiriluvchi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, informatsion aloqa(munosabat)lar majmuasi.
Mulkiy munosabatlar mulkdorlar va mulkdor bo'lmagan shaxslarning o'zaro manfaatli aloqalari mazmun-mohiyati va shakllarini ifodalaydi, ijtimoiy ishlab chiqarishning turini va shaklini, mulkchilik tizimidagi faoliyat xarakterini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modelini hamda bu shaxslarning ishlab chiqarish vositalari bilan bog’lanish, ishlab chiqarish omillari va mahsul(natija)laridan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi.
Mulkiy munosabatlarsiz ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni va bozor faoliyati mazmunga ega bo'lmaydi. Zero, yuqoridagi fikrga qo'shimcha sifatida aytilsa, mulkiy munosabatlar - bu jamiyatdagi boyliklarni bozor muomalasi va o'zlashtirish bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar bo'lib, ularni amalga oshirilishi jarayonida huquq va majburiyat, mas'uliyat va javobgarlik, manfaat kategoriyalarining uzviy birligi muhim ahamiyatga ega.
FHO bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar - jamiyatda mental shart-sharoitlari (millatning ma'naviyati, urf-odatlari, qadriyatlari, madaniyati, tarixi), diniy qoidalar tizimi, etikaviy qoidalari, tolerantlilik va umuminsoniylik me'yorlari, ijtimoiy institutlar faoliyati sharoitlarida mulkiy huquq subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan mulkiy ijtimoiy munosabatlar. Ushbu kontekstda mazkur ijtimoiy munosabatlar o'z ichiga shaxs, davlat va jamiyatning demokratiya, fuqarolik jamiyati printsiplariga asoslangan mulkchilik tizimi faoliyati, uning ijtimoiy omillarini rivojlanishi va faoliyat natijalariga mulkiy huquq subyektlari ega bo'lishi, ulardan foydalanishi va ularni erkin tasarruf qilishi bilan bog’liq tashkiliy-ijtimoiy munosabatlarni oladi.
FHO bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar - bozor iqtisodiyoti muhiti, printsiplari, iqtisodiy me'yorlari tizimi (mexanizmi) sharoitlarida mulkiy huquq subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan mulkiy iqtisodiy munosabatlar. Bu kontekstda FHO bo'yicha iqtisodiy munosabatlar o'z ichiga mulkchilik tizimi faoliyati, uning iqtisodiy omillarini rivojlanishi va faoliyat natijalariga mulkiy huquq subyektlarining ega bo'lishi, ulardan foydalanishi va ularni erkin tasarruf qilishi bilan bog’liq tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni oladi.
FHO bilan bog’liq yuridik (huquqiy) munosabatlar - jamiyatda o'rnatilgan huquqiy model faoliyati sharoitida mulkiy huquq subyektlarining FHO bilan bog’liq yuridik munosabatlari. Ushbu kontekstda FHO bo'yicha yuridik munosabatlar o'z ichiga halqaro huquq, konstitutsion, fuqarolik, xo'jalik huquqlari tizimi va printsiplariga asoslangan mulkchilik tizimi faoliyati, uning huquqiy omillarini rivojlanishi va faoliyat natijalariga mulkiy huquq subyektlari ega bo'lishi, ulardan foydalanishi va ularni erkin tasarruf qilishi bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy munosabatlarni oladi.
FHO bilan bog’liq informatsion (axborotiy) munosabatlar - FHO bilan bog’liq jarayon va hatti-harakatlar informatsion shaffofligini (transparentligini) ta'minlashga qaratilgan axborotlar va hisobotlar tizimi faoliyat mehanizmini harakatga keltirish bilan bog’liq tashkiliy-informatsion munosabatlar. Bu kontekstda FHO bo'yicha informatsion munosabatlar o'z ichiga mulkiy huquq subyektlarining faoliyatidagi transparentlikka asoslangan turli axborot va hisobotlar shakllantirishi, almashinish, taqdim etish faoliyati jarayonidagi munosabatlarini oladi. Bunda transparentlik mulkdorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, mulkiy munosabatlarda ishonchli qaror qabul qilish maqsadlariga qaratiladi.
FHO bo'yicha siyosiy munosabatlar - davlatning tashqi va ichki siyosatlari kontekstida mulkiy huquq subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan tashkiliy-siyosiy munosabatlar.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin