8-MAVZU. MULK BILAN BOG’LIQ PROFESSIONAL XIZMATLAR BOZORINING NAZARIY ASOSLARI Glossariy
O’zbekcha
Ruscha
Inglizcha
Izoh
Transparent (shaffoflik)
Транспарентность
Transparency
Har bir funktsiya tushunarli bo'lishligi
Bozor qiymati
Рыночная стоимость
Market value
Raqobatli bozorning konkret sharoitlarida (uning balanslashgan kon'yunkturasini hisobga olgan holda) baholash ob'yektini adolat, halollik va axborot shaffofligi asosida yangi mulkdorga berilishi uchun to'lanishi ehtimol darajasi eng yuqori bo'lgan pul summasi
Tizimli yondashuv
Системный подход
Systems concept
Ilmiy bilim olish va amaliy faoliyat metodologiyasining shunday yo'nalishiki, uning asosida har qanday ob'yektni murakkab to'laqonli, masalan, texnik, biologik, ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va h.k. tizim sifatida tadqiq etish
Boshlang’ich narx
Стартовая цена
Upset price
Sarfqiymat, to'langan soliqlar va rejalashtirilgan foyda miqdorlarining jami summasidan tarkib topuvchi qiymat sifatida baholanib, bozor sotuviga dastlabki tarzda taklif etiladigan sotuvchi narxi