Baholash ishi va investitsiyalar


Mulkka egalik qilish huquqi va iqtisodiy rivojlanish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə8/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116
baholash 1

5. Mulkka egalik qilish huquqi va iqtisodiy rivojlanish

Yaxshi funksiyali mulkka egalik qilish huquqi rejimi iqtisodiy aktivlarning mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi. Kamyob mulkka egalik qilish huquqi va iqtisodiy rivojlanish o’rtasidagi bu aloqadorlikni Ernando de Soto “Kapital siri”deb nomlagan. Ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasiga ko’ra shu amal qiladi, ammo, bu hamma fuqaro uchun amal qiladigan mulkka egalik qilish huquqini yaratish va qo’llab quvvatlashda qiyinchilik tug’diradi. Bu shuning uchunki, mulkka egalik qilish huquqi iqtisodiy o’sish va rivojlanishga turtki bo’luvchi ijobiy tomonlari ko’p.


Xususiy mulkka egalik qilish huquqi. Iqtisodchi olimlar ko’p uchraydigan mulkka egalik qilish huquqining to’rt yo’li iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sir etadi deb bilishgan. London iqtisodiyot maktabidagi iqtisodiyot va siyosat fanlari professorlari Tim Besley va Maitreesh Ghatak quyidagi yakuniy xulosaga keldilar.
Birinchisi, ko’p uchraydigan yoki past darajadagi mulkka egalik qilish huquqi investitsiya qilishni va ishlab chiqarishni rag’batlantirish kuchini kamaytirish riskining o’sishidir.
Ikkinchisi,ko’p uchraydigan mulkka egalik qilish huquqi mulkni himoya qilishni zaruriyatga aylantirish orqali ishlab chiqaruvchanlik darajasining pasayishidir.
Uchinchisi, ko’p uchraydigan mulkka egalik qilish huquqi savdo – sotiqdan foyda uchun imkon tug’dirishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
To’rtinchidan, mulk boshqa bitimlarni qo’llab quvvatlashda, masalan, o’zining qo’shimcha funksiyasi orqali moliyalashtirishni amalga oshirishda muhim bir vosita hisoblanadi (Besley & Ghatak, 2009).
Ernando de Sotoning “Kapital siri”ning miqdoriga bag’ishlangan noyob ishida shunday deyilgan: rasmiy iqtisodiyotda yoki qo’shimcha ishlatilishda ifodalana olmaydigan aktivlar rivojlanayotgan mamlakatlarda mulkka egalik qilishdagi foiz stavkasining o’sishiga olib keladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlariga iqtisodiy barqarorlikka olib boruvchi yo’lni topishda muhim hisoblangan qanday qilib o’lik kapitalni iqtisodiy aktivlarga konvertatsiya qilish muammosini yechish ko’rsatib berildi.
Yechimlardan biri shu bo’ldiki, minimal bitim xarajatlari bilan rasmiy mulkka egalik qilishdagi yetishmovchilikni sug’urta qilishdir
Ernando de Soto bu kabi zararlarni bartaraf etishda qilinishi kerak bo’lgan ishlar hali ham talaygina ekanligini aytib o’tdi.
Nihoyat, mol-mulk bitimlarini o’rnatishga mo’ljallangan qonun va tizimsiz hech qanday mulkka egalik qilish huquqi amal qilmaydi. Kuchli qonun-qoidalarga asoslangan institutlar va korrupsiyaning mustaqil holdagi bo’shlig’i hamda siyosiy nobarqarorlik rasmiy mulkka egalik qilish huquqi tizimining rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
Mulkka egalik qilish huquqi iqtisodiy o’sish va rivojlanishda muhim bir kalit bo’lib xizmat qilsada, boshqa jamiyat institutlari sezilarli darajada rol o’ynashini ta’kidlab o’tish joiz.Yuqori darajadagi rivojlangan bank tizimi rivojlanish iqtisodiy rivojlanish jarayonida iqtisodiyotni kerakli kapital bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Oxirgi mikromoliyalashga urinishlar natijasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi, bunda rivojlanayotgan mamlakatlardagi eng qashshoq aholi qatlamiga qarz berildi. Lekin bu iqtisodiyotlarni jahon bozoriga chiqarish uchun muqobil moliya tizimi zarur.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin