Referat muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va mas’uliyatli vazifalardan biri – o’rganiladigan mavzuni tanlashdir. Mavzularga qo’yiladigan umumiy talab – ularning dolzarbligi va muammolar bilan bog’liqligidir. Ular hozirgi zamon talablari Mulk qiymatini bahoash xizmatlari bozoridagi munosabatlarni rivojlanish tendentsiyalari istiqbollaridan kelib chiqishi zarur.
Referat mavzusi nazariy va amaliy xususiyatga ega bo’lishi va obyekt to’g’risida eng muhim vazifalarini qamrab olishi lozim. Referat mavzusi muammoning zamonaviy holatini va rivojlanishini aks ettirishi kerak.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda ushbu masala nima uchun zarurligini, uning hozirgi kundagi ahamiyati hamda mulk qiymatini baholash jarayonlari bilan bog’liq qanday muammolar bunga sabab bo’lganini aniq bayon etib berish lozim.
Referat mavzulari “Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari” fanini o’qituvchi kafedra tomonidan belgilanadi va har o’quv yilida yangilab turilishi tavsiya etiladi.
Talabaga referat mavzusini tanlash huquqi beriladi. Mavzuni tanlash jarayonida dars olib boruvchilar tavsiya etilayotgan mavzular ro’yxatini berish bilan cheklanib qolmay, balki tanlanadigan mavzuni mohiyati va ochib berish imkoniyatlari bilan hamda ma’lumotlar manbalari bilan talabani tanishtirishi maqsadga muvofiq.
Referat mavzusini tanlashda talaba quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
Referatni yozish jarayonida mavzuni chuqur o’rganish va iqtisodiy tahlil olib borish imkoniyati mavjudligi.
Referatni bajarish uchun ma’lumotlar, yo’riqnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi.
Tavsiya etiladigan referat mavzulari 1 - MUSTAQIL ISH UCHUN (MAKSIMAL 6 BALL) Mulk va mulkiy huquq tushunchalari, ular bo'yicha nazariy qarash va bilimlar
Fuqarolik huquqlari ob'yektlarining xossalari va ta'minot turlari
Ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiyaga asoslangan mulk to'g’risidagi multifan asoslari
Mulkning adolatli qiymati va uni baholash kontseptsiyasi
Mulk bozorining umumiy bozor sifatidagi tushunchasi, nazariy asoslari
Mulk bozorining iqtisodiyotdagi o'rni va unda davlatning faoliyati
Mulk bozori va real iqtisodiyotning regulyativ bog’liqlikdagi faoliyatini ifodalovchi tuzilmaviy model
Mulk bozorida narxlar o'zgarishi tendentsiyalarini tahlil qilish va prognozlashtirishning zarurati, indikatorlari va masalalari
Tahlil qilishda qo'llaniladigan yondashuv va usullar tizimi
Tizimli-metrik tahlil usullarini qo'llanish prinstiplari
Mulkning qiymati, narxi va qimmatliligi kategoriyalari to'g’risida qadimgi dunyo va o'tgan asrlar Yevropasi iqtisodiyot fani namoyondalarining qarashlari
Mulk qimmati, qiymati va narxini baholash bilan bog’liq nazariy konceptsiyalar va yondashuvlar
O'zbekistonda mulk qiymati, narxi, qimmati va ular bahosi kategoriyalariga oid ba'zi terminologik masalalar