Baholash ishi va investitsiyalar


Mulk bozorining umumiy bozor sifatidagi modellari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə38/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116
baholash 1

2. Mulk bozorining umumiy bozor sifatidagi modellari
1. Mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishiga asoslangan bozor modellari
Markazlashgan (direktiv) iqtisodiyotga xos bozor modeli
Bunday iqtisodiyotning asosiy shiorlari markazlashtirish bo'lib, quyidagilarni anglatadi: “iqtisodiy barqarorlashtirish”, “pul resurslarini konvertatsiyalash”, “spekulyatsiyani yo‘q qilish”, “inqirozga yuz tutgan tarmoqlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash”, “tovar va pul oqimlarini optimallashtirish”, “yagona partiyaning hukmronligi va yo'lboshchiligi”.
Fudamentalistik (diniy) iqtisodiyotga xos bozor modeli: Bunday iqtisodiyotning yorqin namoyondasi Eron Islom Davlati hisoblanadi. Bu davlat Islom dini Shariyat qonunlariga asoslangan rivojlanish yo'liga qaratilgan bo'lib, jahon bozori va industrial mamlakatlardan ajralgan holda bozor modelini shakllantirgan va rivojlantirib kelmoqda. Uning iqtisodiyoti yopiq hisoblanadi.
Liberal iqtisodiyotga xos bozor modeli.
Liberal iqtisodiyot bozorning turli modellarida mavjud (anglo-saksonsk, germano-francuz, yapon, shved, fin, ispan va h.k.) bo'lib, ularda davlatning roli, mulkchilik tizimi tuzilmasi, real sektorni moliyalashtirish va hokazolar farqlanadi. Bunday sharoitlarda industrial mamlakatlarning bozorlari ochiqligi, yuqori darajada rivojlanganligi, globalligi bilan xarakterlanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning bozorlari esa rivojlanishning tez sur'atlariga erishgan bo'lsalarda, rivojlangan mamlakatlarning bozorlariga ochiqligi va globalligi bo'yicha nisbatan pastroq pog’onada turadilar.
Ko'pukladli iqtisodiyotga xos bozor modeli
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida yuqorida keltirilgan modellarning elementlari (unsurlari) mavjud bo'lib, ular bozorning roli va funktsiyalarini ma'lum darajada cheklashi yoki kengaytirishi mumkin.
Iqtisodiyotning ko'pukladliligi ayniqsa o'tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarda (masalan, Markaziy va Sharqiy Yevropa va MDH mamlakat-larida, Mongoliya, Xitoy va jumladan O'zbekistonda) namoyon bo'lgan.
Rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarga xos bozorning gibrid modellari
Bunday modellarda asosan ko'pukladli iqtisodiyotga xos muammolar mavjud bo'ladi. Iqtisodchilar bu muammolarni paydo bo'lishini ushbu mamlakatlarda turlicha olib borilayotgan iqtisodiy islohatlar natijalari va ularga ta'sir etuvchi ko'pgina omillar bilan bog’laydilar. Muammolarning ichida sezilarlisi –xususiy mulkchilik tuzilmasini shakllanishi jarayoni hisoblanadi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlining ko'pchiligida bozor kontinental modelga moslashgan bo'lib, ularda asosan banklar katta rol o'ynaydi. Boshqalarida esa anglo-sakson va kontinental modellarning elementlari aralash mavjud.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin