Baholash ishi va investitsiyalar


Loyiha smetasining foydali jihatlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə43/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   116
baholash 1

Loyiha smetasining foydali jihatlari: Taklif qilinayotgan loyiha uchun: Batafsil yoritilgan smeta quyidagilarni aniqlashda qo’l keladi:

  • Shartnomani tuzish uchun kerak bo’ladigan tahminiy vaqtni aniqlashda

  • Loyihani amalga oshirish jarayonida xarajatlarni nazorat qilish uchun

  • Sement va po’latga o’xshagan materiallarning talablarini hisoblash uchun

  • Tender hujjatlarini tayyorlash va shartnoma uchun kelishishda

  • Loyihaning moliyaviy boshqaruvida

  • Loyiha uchun texnik ruxsatnoma va boshqaruv qarorini olishda

  • Oraliq va yakuniy to’lovlarni amalga oshirish uchun to’lovnomalarni tayyorlashda

  • Qurilish grafigi va dasturini tayyorlashda

  • Investitsiyalar salmog’ini ko’rsatishda

  • Eng daromadli yoki iqtisodiy samarali bo’lgan loyihani tanlashda

  • Material va mehnat talablarini ishlab chiqishda

Mavjud struktura uchun: Batafsil yoritilgan smeta quyidagilarni aniqlashda qo’l keladi:

  • Standart rentalarga o’zgartirishlar kiritish uchun mijozga maslahat berishda

  • Arbitraj jarayonlarda talab etiladigan oqlovlarni ta’minlashda

  • Soliq grafiklarini tayyorlashda

  • Sotish uchun mo’ljallangan mulk, davlat soliqlari, xarid, ipoteka, yong’in yoki sug’urtalarning qiymatini aniqlashda

Moliyaviy holati:Loyihaning tijorat asosidaligini asoslab berish maqsadida sof qaytim salmog’i quyidagi formula asosida aniqlanadi:

Bu yerda: I-sof qaytim salmog’i; G-loyihaning umumiy yillik daromadi; E-yillik takrorlanuvchi xarajatlar; C-Loyihaning umumiy xarajatlari
Agar loyihaning sof qaytim salmog’i a’lo sifatli qimmatli qog’ozlar darajasidan yuqori bo’lsa, loyiha daromadli loyiha sifatida qaraladi. Aks holda u daromadsiz loyiha sifatida qaraladi. Moliyaviy tarafdan daromadli bo’lmagan loyihalar odatda harbiy jihatdan muhim bo’lgan, ommaviy iste’mol, aholi farovonligi, xavfsizlik masalalari kabi loyihalarni tashkil etadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin