Baholash ishi va investitsiyalar


-rasm. MQBXBning funksional-tuzilmaviy sxemasi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə45/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116
baholash 1

8.1-rasm. MQBXBning funksional-tuzilmaviy sxemasi

Uning mazmunini ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiyaga asoslangan zamonaviy mulk to'g’risidagi multifan qoidalariga muvofiq o'rganish va talqin qilish mumkin.


Ushbu 8.1-rasmdagi shemada: BT - holis baholovchi tashkilot (firma); O - baholash ob'yekti va uning egasi; D - turli mulkni baholash faoliyatini tartibga solish (muvofiqlashtirish va nazorat qilish)ga vakolatli bo'lgan davlat regulyativ organlari; N - baholovchilarning o'zini o'zi tartibga soluvchi (muvofiqlashtiruvchi) nodavlat notijorat tashkilotlari.
Aytish joizki, 8.1-rasmdagi sxemada baholashning jahon amaliyotidagi turli mulkni baholash faoliyati va uni tartibga solishning barcha mavjud modellari mujassamlashgan. Hususan, ushbu sxemadagi MQBXBning O-BT-N fragmenti o'zini-o'zi tartibga solish modelini ifodalaydi, O-BT-D fragmenti - davlat tomonidan tartibga solish modelini, O-D-N-BT shakli esa aralash modelni bildiradi.
Hozirda MQBXB va baholash faoliyati alohida nazariyasiga va yuqori darajada tartiblashtirilgan murakkab, samarali infratuzilmaga va dinamik muhitga ega bo'lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini qiymatiy belgilaydigan murakkab tizim sifatida namoyon bo'lmoqda.
MQBXBning dinamik muhitga ega murakkab tizim ekanligi unda baholash xizmatlari hajmi vaqt birligi ichida talab va taklif asosida uzluksiz o'zgarib borishi bilan belgilanadi. Uning mazmuniga oid tushunchalar asosan XX asrning ikkinchi yarmining o'rtalaridan boshlab baholash faoliyati bilan bog’liq ravishda shakllanib va uzluksiz takomillashib kelmoqda. Bunga sabab, inson civilizatsiyasining MQBXB sohasidagi tajribasini shu yillar davomida boyishi, unda mulkdorlarning mulkiy munosabatlari va qiziqshlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari, ehtiyojlari ortib, manfaatlari tobora o'sib, ularning haq-huquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta'minlanib borishidadir.
Umuman olganda, zamonaviy MQBXB yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o'z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo'luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo'lmoqda. Bunda uning mazmun-mohiyati quyidagi kontseptual tushuncha va qonuniyatlar asosida belgilanadi.
MQBXBni, umuman olganda, quyidagicha ta'riflash mumkin: MQBXB - bu ma'lum hajm va narxga ega bo'lgan baholash xizmatlarini ko'rsatish bilan bog’liq tashkillashgan ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy mexanizm bilan ta'minlangan munosabatlarni turli omillar ta'siri sharoitida maqsadli amalga oshirilishini ta'minlovchi yaxlit murakkab tizim (mexanizm) sifatida namoyon bo'luvchi baholash xizmatlari bo'yicha talab va taklif funktsiyasi. Ushbu tizimning faoliyat mehanizmi davlat, baholovchi tashkilotlar va mulkdorlar tomonidan birgalikda ularni harbirining alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga keltiriladi. Bu bozorda baholash hizmatlari xolis baholovchi tashkilotlardan iste'molchi(mulkdor)larga tomon, moliyaviy resurslar esa aksincha yo'nalishda harakat qiladi.
Umuman olganda, MQBXB tushunchasi baholash hizmatlari bo'yicha talab va taklif funktsiyasi tushunchasi, ularning barcha turlarini hajmlari va shartnomaviy narxlarining o'zaro bog’liqlikda (talab va taklif asosida) o'zgarishi va shakllanishi muhiti tushunchasi bilan hamohangligini idrok qilish mumkin. Bu muhitda mulk qiymatining ekspert bahosi shakllanishi munosobati bilan, uni qiymatiy muhit desa bo'ladi.
MQBXB har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy va o'z tabiatiga ega qismi(turi)dir. Bunda MQBXB iqtisodiyotni baholash hizmatlari bilan ta'minlaydi, mulkdorlarning iqtisodiy faolligi va mulkiy tizim sifatini aks ettiradi. Zero, mulk qiymati bahosisiz mulkiy munosabatlar, ijtimoiy ishlab chi?arish jarayoni va bozor faoliyati natijalarini aniqlash qiyin.
Yuqoridagi fikrga qo'shimcha sifatida aytilsa, MQBXB - bu jamiyatdagi boyliklarni bozor muomalasi va o'zlashtirishning qiymati bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar bo'lib, ularni amalga oshirilishi jarayonida huquq va majburiyat, mas'uliyat va javobgarlik, manfaat kategoriyalarining uzviy birligi ta'minlanadi.
Bunda aniq mulkdori(mulkiy huquq sub'ekti)ga ega FHOning har qanday turi o'z tabiatiga mos keluvchi baholash hizmati ob'yekti sifatida namoyon bo'lishi barcha uchun ma'lum (aksiomatik) fakt. Bu esa FHOning barcha turlarini o'zining baholash ob'yekti sifatida shartli qamrab oluvchi MQBXB deb qabul qilinishiga asos bo'ladi. Mos ravishda, FHO turlariga qarab MQBXB tasniflab o'rganilishi mumkin.
Yuqorida aytilganlar asosida umuman olganda, MQBXB - bu baholash xizmatlari natijasi sifatida qabul qilingan FHOlarning baholangan qiymatlari bo'yicha ob'yektiv talab va ob'yektiv taklif funktsiyasi sifatidan namoyon bo'luvchi murakkab tizim (mehanizm) bo'lib, u baholovchi va mulkdor o'rtasida kechadigan “pul(mulkdor)-hizmat(baholovchi)-Δ(mulkdor va baholovchi manfaatlarini ularning o'zaro shartnomaviy kelishilgan natijaviy kopromiss narh asosida qondirilishi) sxemasi mazmunida ifodalanuvchi almashinuv jarayoniga xizmat ko'rsatadi. Bunda Δ miqdori baholovchi va mulkdor bo'lmish buyurtmachining bunday narx belgilanishidan avvalgi davrda faraz qilib olishni istagan natija (pul va xizmat) hajmiidan ko'p yoki kam ham bo'lishi mumkin.
MQBXB qiymatiy muhitini tabiatan qandaydir dinamik o'zgaruvchi fazo yoki efir deb qaralsa, unda u ilmiy nuqtai nazardan ma'lum bir quvvat potentsialiga ega bo'lib, uning o'zgarishi turli omillar ta'siriga bo'ysunadi. Bu o'zgarishlar vaqt birligi ichida MQBXB ishtirokchi(baholovchi va mulkdor)larining faoliyat natijalarida namoyon bo'ladi.
MQBXBning quvvat potentsiali, mulk bozorinikiga o'xshash, uning ishtirokchilarini bu muhit ichida o'z manfaatlari maqsadida (yo'lida) qandaydir kuchlanish bilan ta'sir etuvchi kuchi miqdori bilan ifodalanadi.
MQBXBning maqsadi - mulk qiymatini baholash bilan bog’liq erkin raqobatga asoslangan malakali xizmatlar ko'rsatish uchun baholovchi va mulkdor (buyurtmachi) o'rtasidagi ochiq munosabat, ob'yektiv kon'yunktura, yetarli, zaruriy va qulay shart-sharoitlar yaratish.
MQBXBning vazifasi - uning ushbu maqsadiga erishishi bilan bog’liq funktsiyalarni samarali bajarishini ta'minlash.
Bunda MQBXB ham, mulk bozori singari (lekin tovar hizmat sifatida namoyon bo'ladi), funktsiyalar va vazifalarni bajaradi
MQBXBni uning ob’yekti bo'lmish mulk(mulkiy huquqlar)ni uchta yirik guruhga ajratish nuqtai nazaridan quyidagicha tasniflash mumkin:
- ko'chmas mulklar qiymatini baholash bozori;
- ko'char mulklar qiymatini baholash bozori;
- biznes qiymatini baholash hizmatlari bozori.
Baholash faoliyati nuqtai nazaridan, MQBXBning ushbu turlarini mulk qiymatini baholashning milliy standartlari (MQBMS) yordamida idrok qilish mumkin. Bunda talabalar mustaqil ravishda MQBXB turlari nuqtai nazaridan MQBMSlarni o'rganishi tavsiya qilinadi.
Iqtisodiyotda qo'yidagi shart-sharoitlar mavjud bo'lganda MQBXB samarali faoliyat ko'rsatishi mumkin:
- effektiv (samarali) mulkchilik tizimini mavjudligi;
- baholovchilarni sifatli hizmatlar, mulkdorlarni esa bunday hizmatlarga ekvivalent pul mablag’lari bilan ta'minlanganligi;
- talab va taklifni ob’yektiv mutanosibligi;
- bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining samarali faoliyati;
- bozor iqtisodiyoti qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini hukm surishi;
- iqtisodiy barqarorlik, raqobatbardoshlilik va xavfsizlik, risklarni hamda turli indikatorlarni tah?liliyligi va bashoratliligi.
MQBXBning faoliyat ko'rsatishini asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- barcha potentsial buyurtmachilar o'z mablag’larini foydali tarzda baholash hizmatlariga yo'naltirishlari uchun ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish;
-bozorda tuziladigan bitimlarning ihtiyoriyligi, ularning narxlarini ob’yektivligi va qonuniyligi;
- erkin raqobat yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish;
- baholash faoliyati huquqiy ta'minotining sifatliligi;
- baholash tashkilotlarining transparentliligi;
- baholovchi va mulkdor(buyurtmachi)lar huquqlari va manfaatlarini himoya qilinganligi.
MQBXBning asosiy tamoyillariga rioya etilishi davlatning tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga baholovchilarning birlashmalari (uyushmalari) ishlab chiqqan qoidalarini uyg’unlashtirish asosida ta'minlanadi. Bunda baholash hizmatini ko'rsatish bitimi(shartnomasi)ning tartibi va intizomi katta ahamiyatga ega.
MQBXBni tartibga solish tamoyillari ko'p hollarda mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy holatga bog’liq bo'ladi, ammo shu bilan birga ular shakllangan jahon tajribasini ham inobatga olishlari kerak.
MQBXB o'ziga hos ifratuzilmaga ega. Har qanday infratuzilma singari, MQBXB infratuzilmasi unga hos istitucional va funktsional tuzilmalaridan iborat bo'lib, ular o'zaro bog’liq.
MQBXBning funksional tuzilmasi ushbu bozorning funksiyalarini anglatsa, institutsional tuzilmasi esa mazkur bozor funktsiyalarini ta'minlovchi infratuzilmaviy unsurlarni (6.1.1-rasmga qaralsin) bildiradi.
MQBXBning institutsional tuzilmasi 8.1-rasmdagi sxemaviy modelda ko'rsatilgan bo'lib, uning mazmunini ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiyaga asoslangan zamonaviy mulk to'g’risidagi multifan qoidalariga muvofiq talqin qilinadi. Unda regulyatorlar birgalikda MQBXBni muvozanatiy tartiblashtirish asosida uning barqarorligi va xavfsizligini ta'minlaydi. Nodavlat regulyatori sifatida odatda baholovchilarning o'zini o'zi muvofiqlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari tushuniladi.
Ushbu sxematik modelda (8.1-rasm) 4-ta unsur(ishtirokchi-institutlar)ni 6-ta operatsion kanal orqali o'zaro munosabatlar bilan bog’langanligini ko'rish mumkin. Bundagi kanallarni shartli ravishda 2-ta guruhga ajratish mumkin.
Kanallarning 1-chi guruhi 5-ta regulyativ operatsion kanalni, 2-chi guruhi 1-ta funktsional operacion kanalni o'z ichiga oladi.
Regulyativ operasion kanallar ikkita regulyativ unsurni - D va N - o'zaro bog’laydi hamda ularning har birini boshqa unsurlar (O va BT) bilan bog’laydi.
Funksional operatsion kanal orqali O va BT o'zaro bog’langan.
Ta'kidlash zarurki, funktsional operatsion kanal yordamida baholash xizmatlari bo'yicha talab va taklif funktsiyalari o'zaro bog’lanib MQBXB kon'yunkturasini shakllantiradi. Bunda regulyativ operatsion kanallar yordamida talab va taklif funktsiyasining ob’yektiv muvozanatiy kon'yunkturasiga erishish uchun regulyativ shart-sharoitlar yaratiladi.
Barcha kanallar orqali o'zaro bog’langan unsurlarning har biri o'ziga hos tabiatga, maqsad, faoliyat turlariga va funktsiyalarga ega bo'lib, ularning o'zaro munosabatlari maxsus ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy mexanizm bilan ta'mingan bo'ladi. Bunday mexanizm barcha unsurlarlarning o'zaro bog’liqlikdagi faoliyati bilan harakatga keltiriladi.
Yuqorida keltirilgan sxematik model (7.1.1-rasm) MQBXBni matematik ravishda ifodalab, turli jihatlarini tizimli tahlil qilish, munosabatlarni modellashtirish va optimallashtirish hamda istiqbollarini prognoz qilish va ilmiy asoslangan strategik rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
Aytish joizki, keltirilgan model omillar ta'sirida hosil bo'ladigan bozor muammolarini va omillar ta'sirini miqdoriy tahlil qilish imkonini beradi.
Umuman olganda MQBXB funksional tuzilmasining faoliyati quyida keltirilgan iqtisodiy model bilan ifodalanishi mumkin.
Ushbu model matematik shaklda ekzogen (kiruvchi) va endogen (chiquvchi) o'zgaruvchilar (parametrlar) bog’liqligini, ya'ni ekzogen parametrlarning (A) endogen parametrlarga (V) ta'sirini, ifodalaydi. Bunda V va A nisbatini MQBXBning o'tkazish funktsiyasini ifodalaydi. Bu ifoda MQBXB potentsiali quvvatini ham ko'rsatadi.
MQBXB konyukturasi baholash xizmatlari bo'yicha talab va taklifdan shakllanadi. Baholash hizmatlariga bo'lgan talab Qd uning MQBXB shartnomaviy narxi Pa va mulkdor daromadiga M bog’liq, ya'ni
Qd =D(Pa, M) (1)
Taklif esa Qs baholash hizmatining shartnomaviy narxi Pa hamda uning hajmi va sifatiga Sx bog’liq, ya'ni:
Qs =S(Pa, Sx) (2)
MQBXBdagi talab va taklif muvozanati:
Qs = Qd (3)
Shunday qilib, (1), (2), (3) tenglamalar MQBXBning iqtisodiy modelini tashkil qiladi. Ularda Sx va M - ekzogen parametrlar. Endogen parametrlar (V) esa - Pa va Q (ko'rsatilgan baholash xizmatlari soni, hajmi). Ushbu parametrlarning o'zaro bog’liqligini (ularning qiymatini avvaldan ma'lum deb olib) baholash hizmatlari bo'yicha talab va taklifning muvozanat modeli yordamida ifodalash mumkin.
Bu modelda talabning egri chizig’i mulkdor daromadi(M)ning o'zgarmas darajasida baholash xizmatiga bo'lgan talab va uning shartnomaviy narxi orasidagi nisbatni ko'rsatadi. Talab egri chizig’i pastga qarab yo'nalgan, chunki Pa qanchalik yuqori bo'lsa, buyurtmachilar ularni shunchalik kamroq sotib oladi.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin