Baholash ishi va investitsiyalar


Baholash (appraise, estimation, valuation)



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə59/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116
baholash 1

Baholash (appraise, estimation, valuation) - obyekt qiymati, qimmatligi, nafligi va narxiga baho berish jarayoni bo'lib, uni ekspert yordamida miqdoriy, sifatiy va organoleptik baho berish usullarida bajarishi mumkin.
Baholash faoliyati (estimation, valuation activities) - kasbiy malaka va vakolatga ega bo'lgan ekspertning holisona baholash ishi.
Baholovchi (appraiser) tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shahs.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o'z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, aktsiyadorlik jamiyati bundan mustasno.
Baholovchi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo'lgan jismoniy shahsdir.
Baholash obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- alohida moddiy obyektlar (ashyolar);
- shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko'char yoki ko'chmas) mol-mulk;
- mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
- talab qilish huquqlari, majburiyatlar (qarzlar);
- ishlar, hizmatlar, ahborot;
- intellektual mulk obyektlari va qonun hujjatlarida fuqarolik muomalasida bo'lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari ob'yektlari.


1-jadval
Mulk qiymatini baholash usullarini yondashuvlar bo'yicha guruhlanishi



Yondashuvlar

Usullar guruhi

Daromadga asoslangan

  1. kapitalizatsiya usuli;

  2. pul oqimlarini diskonlash usuli

Qiyosiy solishtirish

  1. kapitallar bozori usuli;

  2. tuzilgan bitimlar usuli;

  3. tarmoqlar koeffitsientlari usuli

Xarajatlarga asoslangan

  1. sof aktivlar usuli;

  2. tugatish qiymati usuli




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin