Baholash ishi


Baholash faoliyatiga doir bo`lgan informatsion-kommunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə3/9
tarix27.06.2022
ölçüsü190,5 Kb.
#117268
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Baholash ishi

Baholash faoliyatiga doir bo`lgan informatsion-kommunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish

Bugungi kunda barcha sohalarda islohotlar olib borilganligi sabali, bu baholash faoliyatini ham chetlab o’tmadi. Bu islоhоtlar o’zida yangi nоrmativ aktlarni qabul qilishga, mavjud bo’lgan mе’yorlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishga, davlat kоrхоnalarini хususiy mulkga aylantirishda yordam bеradi, shuningdek, baholash faoliyatini odilona, haqqoniy va obyektiv o’tkazilishida baholash faoliyatiga doir informatsion-kommunikatsion dasturiy ta`minotlarning o’rni katta. Chеt el invеstоrlarining davlat tasarrufidan chiqarish va kоrхоnalarni хususiylashtirish jarayonida ishtirok etishida, chеt el invеstоrlarining taklif va fikr mulоhazalari vazirliklar va idоralar tоmоnidan o’rganish jarayonida keng ma’lumotlar talab etiladi va ularni qisqa muddatlarda tahlil qilish va kutilgan natijalarga erishish talab etilganda, baholash kompaniyalari tomonidan informatsion-kommunikatsion dasturiy ta`minotdan samarali foydalanishi talab etiladi. Umumiy taklif va fikr-mulоhazalar natijalari tahlil qilinib o’rganilgandan so’ng, kоrхоna aksiya pakеtlarini o’zlashtirishda yoki оbyеktni umumiy tarzda sоtib оlishda ularga yangi imtiyoz va imkоniyatlar yaratib bеrishga doir eng optimal qarоrlar qabul qilishda albatta, zamonaviy informatsion-kommunikatsion dasturiy ta`minotdan foydalaniladi.
Umuman olganda, baholash jarayonining axborot (informatsion) ta’minoti - mulkiy huquq subyektlari va potentsial mulkdorlarning fuqarolik huquqi obyektlari holati va u bilan bog’liq jarayon va hatti-harakatlarni transparent (informatsion shaffof) ifodalashga qaratilgan axborotlar va hisobotlar tizimi (mexanizmi) bilan ta’minlanganligi hisoblanadi. Fuqarolik huquqi obyektlari bo’yicha informatsion munosabatlar o’z ichiga mulkiy huquq subyektlarining faoliyatidagi transparentlikka asoslangan turli axborot va hisobotlar shakllantirishi, almashinish, taqdim etish faoliyati jarayonidagi me’yorlarini oladi. Bunda transparentlik mulkdorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, mulkiy munosabatlarda ishonchli qaror qabul qilish maqsadlarida ta’minlanadi.
Baholash faoliyatida qo’llaniladigan dasturlarning turli xillari mavjud bo’lib, ularning har biri ma’lum bir ishni bajarishga moijallangan. Insonlarga o’xshab, kompyuterlar ham qandaydir ko’rsatmalarga yoki dasturiy ta’minotga muhtoj bo’ladi, chunki dasturiy ta’minotsiz ularning ishini, ichki va tashqi xotiralar bilan ishlashni, qo’shimcha qurilmalarga murojaat qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas.
Baholash faoliyatida asosan, Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Access, OLX.uz, Avtoe’lon.uz va boshqalardan foydalanish mumkin.
MS WORD - bu matnli xujjatlarni tuzish, ko’zdan kechirish, taxrir qilish va chop etish uchun xizmat qiluvchi xamda Microsoft Office dasturlari guruxiga kiruvchi zamonaviy matn muxarriridir.
MS WORD - matnli va grafikli malumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi xamda matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi.
MS WORD - yordamida ixtiyoriy ko’rinishdagi xujjatni juda tez va yuqori sifatda tayorlash mumkin. 
Baholash faoliyati dasturiy ta`minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval prosessori deb ataluvchi EXCEL dasturidir. EXCEL WINDOWS operasion qobig’i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo’ljallangan. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar ko’rishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun EXCEL dasturini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish ko’nikmasiga ega bo’lish talab etiladi.
MICROSOFT EXCEL elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ro’zg’or buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir.
MICROSOFT ACCESS dasturi ma’lumotlar bazasini yaratishda foydalaniladi. Microsoft Office keng tarqalgan ofis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidir. Uning tarkibiga kiruvchi Access nomli dasturlar majmuasi hozirda MOBT sifatida keng oʻrganilmoqda va qoʻllanilmoqda.
Bulardan tashqari, baholash faoliyatida ma’lumotlar to’plash va ularni taqqoslash maqsadida bir qator saytlardan foydalaniladi, ya’ni:
OLX.uz – O’zbekistondagi elektron e’lonlar taxtasi;
Avtoelon.uz – O’zbekistondagi avtobozor uchun online xizmatlar majmuasi.
E-auksion.uz – davlat aktivlarini boshqarish agentligi elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi;
Uy-joy.uz, uybor.uz – uylar, kvartiralar, yangi inshootlar, uchastkalar va barcha ko`chmas mulkni sotib olish va sotish, ijaraga topshirish va ijaraga uy-joy olish e`lonlari taxtasi;
Yuqorida keltirilgan ko’char va ko’chmas mulkka doir saytlar ma’lumotlaridan baholash jarayonida keng qo’llaniladi hamda baholovchiga obyektiv qaror chiqarish uchun bir qancha imkoniyatlar yaratadi.
Informatsion-kommunikatsion ta’minotni hiquqiy ta’minotsiz tasavvur etib bo’lmaydi, bu o’rinda bir qator normative-huquqiy xujjatlarga murojaat qilamiz. O’zbekiston Respublikasining Baholash faoliyati to’g’risida qonuni baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi. Baholash faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi. Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Baholash faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiruvchi organ (bundan buyon matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) baholovchi tashkilotning qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablariga va shartlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxsdir. Baholovchi tashkilot o’z faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning iste’molchisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o’z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, ochiq aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi kerak:

  • baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi bo’lishi;

  • baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega bo’lgan baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo’lishi;

  • baholovchi tashkilotda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining mavjudligi;

  • baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug’urta polisining mavjudligi. Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) bo’lishi mumkin. Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining baholovchi tashkilotni tashkil etishi, shuningdek baholash faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi. Baholovchi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.

Baholovchi baholash ishlarini o’tkazishga, agar u baholovchi tashkilotning shtatida turgan bo’lsa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, baholovchi tashkilot tomonidan jalb etilishi mumkin. Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’tkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis sifatida ishtirok etishi mumkin.
Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va baholovchining baholash obyektini baholashdan o’tkazish bilan bog’liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini baholash to’g’risidagi hisobotni (bundan buyon matnda baholash to’g’risidagi hisobot deb yuritiladi) hamda baholashni o’tkazish bilan bog’liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega bo’lmagan jismoniy shaxsdir. Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qo’yiladi. Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
Baholash obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • alohida moddiy obyektlar (ashyolar);

  • shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko’char yoki ko’chmas) mol-mulk;

  • mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo’lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;

  • talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);

  • ishlar, xizmatlar, axborot;

  • intellektual mulk obyektlari va qonun hujjatlariga fuqarolik muomalasida bo’lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.

Baholash maqsadlariga qarab baholash obyekti xususida bozor qiymati yoki bozornikidan farqlanuvchi qiymat qo’yiladi. Baholash obyekti qiymati turlarining qo’llanish sohasi va ularning farqlanuvchi xususiyatlari baholash standartlari bilan belgilanadi. Baholash obyektini baholash pul shaklida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining Baholash faoliyati to’g’risida qonuni baholash obyektining bozor qiymati va bozornikidan farqlanuvchi qiymati belgilab bergan. Shunga muvofiq, baholash obyektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, unga ko’ra mazkur baholash obyektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo’lgan holda o’z manfaatlarini yo’lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo’shilish majburiyati aks etmaydi. Agar biron-bir baholash obyektining baholashda majburiy o’tkazish talabi mavjud bo’lgan normativ hujjatda yoki baholash obyektining baholash to’g’risidagi shartnomada (matnda bundan buyon shartnoma deb yuritiladi) qiymatning aniq turi ko’rsatilgan bo’lmasa, mazkur obyektning bozor qiymati belgilanishi lozim.
Mazkur qoida normativ hujjatda baholash obyekti qiymatining turini aniqlovchi, ushbu Qonunda yoki baholash standartlarida nazarda tutilmagan atamalarda foydalanilgan taqdirda ham qo’llanishi kerak.
Baholash obyektining bozornikidan farqlanuvchi qiymati deganda mazkur baholash obyektining baholash ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilganidan farqli shartlarida o’tkazilgan eng ehtimol tutilgan baho tushuniladi. Baholashni o’tkazishni davlatga to’la yoki qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan: baholash obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda; baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda; baholash obyektlari sotilayotganda yoki o’zga shaxsga boshqacha tarzda o’tkazilayotganda; baholash obyektlari bilan bog’liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda; baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholash o’tkazish baholash obyektining qiymati to’g’risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan: mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda; taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo’linayotganda; mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo’yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri to’lanishi ustidan nazorat o’tkazilayotganda majburiydir.
Ushbu moddaning amal qilishi davlat unitar korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o’rtasida ularga xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bilan berkitib qo’yilgan mol-mulkni tasarruf etishda kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Baholovchi tashkilot quyidagi qo’shimcha professional xizmatlar ko’rsatishi mumkin:

  • baholash to’g’risidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza qilish;

  • investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;

  • baholash jarayonini avtomatlashtirish va baholash faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish;

  • baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini tarqatish.

Baholash faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi. Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida javobgar bo’ladi. Buyurtmachiga etkazilgan zararning, shu jumladan boy berilgan foydaning o’rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak. Baholovchi baholash obyektini baholashni sifatsiz o’tkazganligi yoki lozim darajada o’tkazmaganligi, maxfiy ma’lumotlarni oshkor etganligi natijasida etkazilgan zarar yoki baholovchi tashkilotning zarar ko’rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun baholovchi tashkilot oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi.
Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni baholash standartlari quyidagilarni bеlgilaydigan o’zaro bog’liq normalar va qoidalar komplеksini ifodalaydi:

  • baholash tushunchalari va printsiplari;

  • baholash faoliyatida qo’llanadigan atamalar va ta’riflar;

  • qiymat turlariga qo’yiladigan talablar;

  • boshlang’ich axborotga qo’yiladigan talablar;

  • baholashni o’tkazish tartibi;

  • baholash usullarini qo’llash xususiyatlari;

  • baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar;

  • boshqa talablar.

O’zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti 2020-yil 4-iyun kuni davlat ro’yxatidan o’tkazilgan. Mazkur me’yoriy hujjat davlatimiz rahbarining Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoni va 2019-yil 1-iyuldagi “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
Standart eng yaxshi xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, baholashning xalqaro tamoyillari asosida, mulkchilik shaklidan qat’i nazar obyektlarni baholashning yagona milliy standartlariga muvofiq tayyorlangan.
YaMBS tuzilmasi ikkita asosiy qismga – umumiy baholash standartlari va aktivlarni baholash standartlariga boʻlinadi.
Umumiy baholash standartlari oltita hujjatni oʻz ichiga oladi: 
1-son MBS «Baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar, atamalar va tariflar»;
2-son MBS «Baholashga oid vazifa»;
3-son MBS «Baholash jarayonida oʻtkaziladigan oʻrganishlar va tahlillar»;
4-son MBS «Baholash haqidagi hisobotni tuzish»;
5-son MBS «Baholash bazalari»;
6-son MBS «Baholash yondashuvlari va usullari».
Aktivlar qiymatini baholash standartlari beshta hujjatni oʻz ichiga oladi:
7-son MBS «Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqini baholash»;
8-son MBS «Koʻchmas mulkni baholash»;
9-son MBS «Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni baholash»;
10-son MBS «Mashina va uskunalarni baholash»;
11-son MBS «Tovar-moddiy zaхiralarni baholash»;
12-son MBS «Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash»;
13-son MBS «Baholovchilar ishining sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar».
Ushbu Standart baholash faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan mulkni baholash tartibi, qiymat turlari, baholash obʼekti, baholashga oid yondashuvlar va baholash usullarini belgilash, shuningdek barcha mulkchilik shakllaridagi mulk qiymatini baholashni oʼtkazish tartibini belgilaydi.



  1. Yüklə 190,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin