Hozirgi kunda Android bozori ancha rivojlanib bormoqda. Har oyda Android bozoriga chiqayotgan dasturlar soni ikki barobar ko‗payishi, hamda juda ko‗p Android uyali aloqa vositalari va planshetlarini ishlab chiqilishi yaqin orada bu rivojlanishni to‗xtab qolishidan emas, balki aksidan darak beradi. Bu rivojlanishlar orasida kompyuter texnologiyalariga qiziquvchan, yohud sohasi shunga yaqin bo‗lgan har bir foydalanuvchi o‗zining mobil aloqa vositasiga dastur yozishga qiziqib ko‗rsa kerak. Android dasturlari Java dasturlash tili yordamida yozilib, dasturlash olamiga endi qadam qo‗yayotganlar uchun nisbatan oson tildir.
Android dasturlari boshqa mobil aloqa vositalari uchun yozilgan dasturlar singari kompyuterda yozilib, kompilyatsiya qilinadi va tekshirish uchun mobil aloqa vositasi (u hoh sizning telefoningiz yoki planshetingiz bo‗lsin) ga yuklanadi. Agar sizda telefon ham, planshet ham bo‗lmasa, unda komp‘yuterni o‗zida Android qurilmani emulyatsiya qilib, usha emulyator yordamida tekshirishingiz mumkin.
Android dasturlari Java dasturiy tizimida tuziladi. Android uchun Windows, MacOS, Linux operatsion tizimlarida dastur tuzish mumkin. Dasturlash muhiti sifatida Eclipse dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. Android operatsion tizimiga dastur tuzish uchun kerakli vositalarni keltirib o‗tamiz.
Bular:
JRE (Java Runtime Environment);
JDK (Java Development Kit);
IntelliJ IDEA dasturlash muhiti;
Android SDK (Android Software Development Kit);
ADT (Android Development Tools).
JRE. Java tilida yoziladigan dasturlarni yoqish va ishlatish uchun kompyuterlarda JRE(Java Runtime Environment), ya‘ni Java ishlash muhitini o‗rnatish kerak.
JDK. Java tilida dasturlar tuzish uchun JDK (Java Development
Kit) ya`ni Java dasturlash jamlamasini o‗rnatish lozim. JDKning ichida Java kompillyatori, Java bibliotekalari, har xil utilitalar, misollar va dokumentasiyasi bo‗ladi. Lekin JDKni ichiga Java dasturlash muhiti kirmaydi.
IntelliJ IDEA. Javada dastur tuzish uchun IntelliJ IDEA ni ishlatamiz.
Android SDK. Androidda dastur tuzish uchun android SDK dastur tuzish jamlanmasi kerak bo‗ladi. Android SDK ning ichida Android qurilmasining emulyatori ham mavjud. Shuning uchun Androidda dastur tuzmoqchi bo‗lsak, bizda haqiqiy kommutator bo‗lishi shart emas, dasturni bemalol virtual qurilmada sinab ko‗rish mumkin.
Android tizimida ishlovchi dastur yaratishimiz. Bizning dastur Java dasturlash tili yordamida va Intellij IDEA redaktorida yoziladi. IntelliJ IDEA
14.0.1 redaktorini ishga tushiramiz:
3.1.1-rasm. Intellij IDEA 14.0.1 dasturini ishga tushirish. Yangi proyekt yaratishning turlarini ushbu muloqot oynasida ko‗rishimiz mumkin. Biz Android ilova yaratmoqchimiz, shuning uchun ―Android‖ bo‗limini tanlaymiz:
3.1.2-rasm. Intellij IDEA 14.0.1 da yangi proyektni qanday yaratish mumkinligi oynasi. Next tumasini bosganimizdan so‗ng keyingi muloqot oynasi ochiladi. Unda yaratayotgan dasturimiz qanday nomda bo‗lishi kerakligi hamda Activity nomi ko‗rsatiladi.
3.1.3-rasm. Intellij IDEA 14.0.1 da yangi ilovaning xususiyatlarini belgilash oynasi. Keyin muloqot oynasi so‗ngisi hisoblanadi. Unda biz proyektning xususiyatlarini belgilashimiz kerak bo‗ladi. Bular:
Proyektning nomi(AndroidScanner)
Proyekt kompyuterimizning qayerida turishi kerakligi
3.1.4-rasm. Intellij IDEA 14.0.1 da yangi proyektning xususiyatlarini belgilash oynasi. ―Finish‖ tugmasi bosganimizdan so‗ng IDEA 14.0.1 proyektimizning ishchi maydonini ochib beradi. Unda quyidagi bo‗limlar mavjud:
res/drawable/ - tasvirlar (rasm) uchun (png, jpeg va boshqalar); res/layout/ - XML-fayl razmetkalari uchun (ilovalar oynasi grafik
elementlarini boshqarish);
res/values/ - satrli resurslar va massivlar uchun; src – asosiy funksiyalar yoziluvchi papka;
3.1.5-rasm. Intellij IDEA 14.0.1 da ishchi maydon oynasi. AndroidManifest – strukturalashgan XML-fayl bo‗lib, u ilova konfiguratsiyasini belgilaydi. Ilova komponentlarini e‘lon qiladi.
Android ilovalari komponentlari 4 turga bo‗linadi. Ular quyidagilar:
Activity – faoliyat;
Service – xizmat;
Broadcast Reciever – keng hajmda ma‘lum
Content Provider – Kontent provayder.
Activity – ilovalar uchun foydalanuvchi visual interfeysi – oynani o‗zida aks ettiradi. Oyna mobil qurilmani to‗liq egallaydi, biroq o‗lchamni o‗zgartirish mumkin. Barcha jarayonlar Activity klassining ostklass sifatida o‗zlashtiriladi. Ilovalar esa o‗zida bir qancha jarayonlarni saqlaydi.
Android da XML – lug‗atdan foydalangan holda foydalanuvchi interfeysi hamda ekran elementlarini loyihalash mumkin. Bunda ham HTML Web-sahifa yaratish usullari qo‗llaniladi. Har bir XML fayli View yoki
ViewGroup obyekti bo‗lgan 1 ta asosiy element saqlaydi. Asosiy element aniqlangach, unga qo‗shimcha elementlar yoki vidjetlar qo‗shish mumkin. Bu elementlarni esa o‗z navbatida doimiy ravishda tahrirlash mumkin. Misol:
xml version="1.0" encoding="utf-8"?> android:name="android.permission.WRITE_EXTERNAL_STORAGE" />
android:name="android.hardware.camera"
android:required="false" />
android:name="android.hardware.camera.autofocus" android:required="false" />
android:theme="@style/Theme.Sherlock.Light.NoActionBar" android:label="@string/app_name">
Dastur ishga tushganda ―Android Scanner‖ yozuvi paydo bo‗ladi va keyin oynaga avtomatik o‗tib ketadi.
3.1.6-rasm. Dastur ishga tushish oynasi. Keyingi ochilgan oynada agar dasturdan oldin foydalanilgan bo‗lsa, ma‘lumotlar ro‗yhati tartiblangan holda ko‗rinadi. Aks holda hech qanday ma‘lumot bo‗lmaydi, ya‘nu ushbu ko‗rinisda bo‗ladi:
3.1.7-rasm. Dastur ishga tushgan keyingi asosiy oyna. Android tizimida oynalari ko‗rinishi layout.xml fayllarida chiziladi. Bu oynalar funksiyalarini WelcomeActivity.java classida joylashadi. Shuning uchun ham oyna ko‗rishi .xml fayllarda chizib olinadi va kalit so‗zlardan foydalangan holda WelcomeActivity classga chaqirilib qo‗yiladi.
3.1.8-rasm. WelcomeActivity oynasi. Dasturning bir nechta ishchi oynalari quyida ko‗rsatilgan:
3.1.9-rasm. Skaner qilingan qilingan fayllardan bittasi.
3.1.10-rasm. Skaner qilish uchun o„tish oynasi Dasturimizda chap menudan foydalandim. Menu oynasini ko‗rinishi left_menu_layout.xml da chizib chiqdim. Menu ko‗rinishi navbatdagi rasmda keltirilgan. Chap menuni yaratish uchun Androidning maxsus komponentalari mavjud: RelativeLayout, ImageView, ListView, TextView;