1959 yil. Algol dasturlash tili yaratildi. U uzoq vaqt dasturlash tillari sohasida standart bo‗lib qoldi.
1961 yil. IBM Deutschland firmasi kompyuterni modem orqali telefon tarmog„iga ulashni amalga oshirdi.
1964 yil. IBM/360 – uchinchi avlod EHM larini ishlab chiqarish boshlandi.
yil. S.A.Lebedyev rahbarligida sekundiga bir million amal bajara oladigan, dunyodagi eng tezkor EHM – BESM-6 ning ommaviy ishlab chiqarilishi tashkil etildi. Uning ketidan “Elbrus” – sekundiga 10 million amal bajara oladigan, yangi turdagi EHM ishlab chiqarildi.
yil. Intel firmasi tashkil etildi. Xozirda u mikroprotsessorlar hamda kompyuterning boshqa integral sxemalarini ishlab chiqarish sohasida dunyoda yetakchi o‗rin tutadi.
yil. Ken Tompson va Denis Ritchi UNIX operatsion sistemasini ishlab chiqishdi.
yil. IBM (International Business Machines Corporation) firmasi
―vinchester‖ turidagi birinchi qattiq disk ishlab chiqardi.
yil. Intel firmasi 4500 ta tranzistordan iborat 8080 – birinchi universal sakkiz razryadli mikroprotsessor ishlab chiqardi.
yil. AQSh xarbiy xavo kuchlari yosh ofitseri, muxandiselektonchi Edvard Roberts 8080 mikroprotsessori asosida Altair mikrokompyuterini yasadi. Altair tijoratda katta muvaffaqiyatga erishdi. Uni pochta orqali xarid qilib xonadonlarda ishlatishdi.
yil. Yosh dasturchi Pol Allen va Garvard universiteti talabasi Bill Geyts Altair mikrokompyuterida Beysik dasturlash tilini ishga tushurishdi. Keyinchalik ular Microsoft (Maykrosoft) firmasiga asos solishdi. Hozirda u dasturiy ta‘minot ishlab chiqaruvchi eng yirik firma hisoblanadi.