185
Patogenezi. Gelmintlarning ichaklarda parazitlik qilishi oqi-
batida oziqaning so‘rilish jarayoni buziladi va organ, to‘qima-
larning funksiyasi izdan chiqadi. Ichaklarning shilliq pardasi
yallig‘lanadi. Sestodalar o‘zining botriyalari bilan shilliq parda va
vorsinkalarini qisib qo‘yadi, shu bilan shilliq pardani oziqalar-
dan izolatsiya qilib qo‘yadi, natijada hazmlangan oziqaning
assimilatsiya jarayoni buziladi. Parazitlar o‘zidan chiqarayotgan
chiqindilar bilan organizmni zaharlaydi. Ichak
shilliq pardasi-
ning jarohatlangan joylaridan ikkilamchi patogen mikrofloralar
kirib, kasallik kechishini yana ham og‘irlashtiradi. Qonda ge-
moglobin miqdori 25—30% ga kamayadi, polimorf o‘zakli ley-
kotsitlar va neytrofillar soni ko‘payadi. Invaziyalangan shu yilgi
baliqlarning tana og‘irligi vegetatsiya davrining oxirida 15—20% va
undan yuqori kamayadi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Qorin bo‘shlig‘ida assitli
suyuqlik to‘plangan. Ichaklar yallig‘langan, gelmintlar to‘plan-
gan joyidagi ichak devorlari yupqalashgan, oqargan, silliq va tezda
yirtiladi. Jigar oqargan, bo‘shashgan. Buyraklar qon bilan to‘l-
gan, o‘t pufagi kattalashgan. Gistologik tekshirilganida o‘t pu-
fagi epiteliysining
deskvamatsiya holati, ichak shilliq pardasi
vorsinkalari yemirilgan bo‘ladi hamda turli atrofik va destruktiv
o‘zgarishlar kuzatiladi.
Òashxis kompleks usulda: epizootologik ma’lumotlar ino-
batga olinishi kerak, kasallikning klinik belgilariga qarab hamda
baliqlarni gelmintologik tekshiruv natijalariga asoslanib qo‘yiladi.
Òekshirish uchun har bir hovuzdan kamida 20—25 ta chavoq,
shu yilgilar va bir yoshgacha bo‘lgan
baliqlar, ikki yoshdagi
baliqlardan 10—15 ekzemplyar namuna olinadi va parazitologik
yorib ko‘rib, botriosefalozlarni topib tashxis qo‘yiladi.
Yashirin parazit tashuvchilarni
aniqlash maqsadida biotek-
shirish qo‘yiladi. Buning uchun katta yoshdagi baliqlar boqi-
layotgan suv hovuzlariga ikki haftalik chavoqlar o‘tkaziladi, 2—
3 hafta o‘tgach ularni ushlab tekshiriladi va tashxis qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: