194
eni 0,8—1 mm, kutikulasi oq tusdagi so‘rg‘ichlar bilan qoplangan.
Bosh tomoni konussimon shaklda, 4 ta tepachasi mavjud bo‘lib,
ular orasida parazitning og‘iz teshigi joylashgan, undan og‘iz kap-
sulasiga, kalta qizilo‘ngach va ichakka o‘tib tugaydi. Ichakning uchi
berk holatda. Parazitning dum tomonida 4 ta jinsiy so‘rg‘ichi bor.
Òana bo‘shlig‘i xaltasimon shakldagi bachadon bilan to‘lib
turadi. Parazit tuxumlari ovalsimon shaklda — 0,032—0,042 mm.
Òuxumdon uzunchoq-ovalsimon shaklda bo‘lib, tananing ol-
dingi va orqa qismida joylashgan. Urg‘ochi nematodalar tirik li-
chinka tug‘adi. Erkaklarning uzunligi 2,9—5,5 mm, eni esa 0,035—
0,046 mm. Suzgich pufagining devorida, kamroq esa buyrak va
ichki yog‘da (jinsiy yog‘) parazitlik qiladi, oq tusda bo‘lib, ku-
tikulasi silliq. Parazitning dum qismida kloaka joylashgan bo‘lib,
undan 2 ta bir-biriga teng, uzunligi 1,17—0,25 mm keladigan
spikula chiqib turadi.
Dostları ilə paylaş: