196
O‘lgan chavoqlarni yorib ko‘rilganda 7—12 filometroides
lichinkalari
topiladi, suzgich pufagining
devori yorilib ketgan
bo‘ladi. Ushbu yilgilarning nobud bo‘lishi 40—75% gacha yetib
borishi mumkin.
Agarda zararlangan baliqlar o‘lmay qolsa, kasallik uzoq davom
etuvchi surunkali oqimga o‘tib oladi. Baliqlar oriqlanadi, hol-
sizlangan harakat qiladi, jabrasi oqaradi (anemiya). Suv betiga
ko‘proq
suzib yuradi, ishtahasi pasayadi.
Ikki va uch yoshli
zog‘orabaliqlarda kasallik surunkali kechib, oriqlanish bilan xa-
rakterlanadi. Lichinkalar teri tangachalaridagi kissachalarga kirib
qolsa, tanada tugunchalar, shishlar, qizargan joylar paydo bo‘lib,
tangachalarning to‘kilishi, xiralashuvi kuzatiladi. Parazitlar teri
va qon tomirlarni jarohatlaydi. Ular parazitlik qilayotgan joylarda
qonli dog‘lar hosil bo‘ladi. Òangachalarning pigmenti o‘zgaradi,
mozaik (aralash-quralash) chiziqlar paydo bo‘ladi. Baliqlarning
tashqi ko‘rinishi o‘zgarib, tovarlik qiymati yo‘qoladi. Zararlan-
gan baliqlarning tana og‘irligi bir xil sharoitda o‘stirilayotgan sog‘-
lom baliqlarga nisbatan 15—25 % kamayadi.
Dostları ilə paylaş: