197
urg‘ochi filometroides nematodalarini uchratish mumkin. Ular
jigar bilan ichaklar orasida joylashgan bo‘lib,
bahorgacha shu
yerda saqlanib qoladi. Qon tarkibida ham o‘zgarish kuzatiladi.
Leykotsitoz holati, gemoglobin 6—8% ga pasaygan, eritrotsit soni
kamaygan, leykotsitar formulada esa polimorf o‘zakli leykotsit
va neytrofillar tomoniga siljigan bo‘lib, ularning soni 1,5—3 ma-
rotaba ko‘paygan bo‘ladi.
Òashxis. Kasallikning o‘tkir oqimiga tashxis qo‘yish uchun
kasallikning klinik belgilarini inobatga olib chavoqlarni gelmin-
tologik yorib ko‘rish natijasiga qarab qo‘yiladi. Ichki organlar,
suzgich pufagi bilan birgalikda
olinib kompressorum usulida
tekshiriladi. Bunda ko‘p miqdordagi lichinkalarni topish mumkin.
Kasallikning surunkali oqimini aniqlashda esa baliqlarni klinik
tekshiruvdan o‘tkazib, gelmintologik yorib ko‘rish usuli qo‘l-
laniladi. Kompressorum usulida ichki organlar: jigar, buyrak,
suzgich pufagidan namuna olib tekshiriladi, bunda lichinka yoki
jinsiy voyaga yetgan erkak filometroideslarni topish mumkin.
Dostları ilə paylaş: