208
sentratsiyasi tayyorlanadi. Baliqlar vannada suvning harakatiga
bog‘liq holda 3—11 kun davomida saqlanadi. Davolash uchun
yashil brilliant va metilen ko‘ki
preparatlarini ham ishlatish
mumkin.
Bu preparatlar hovuz suvlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita)
0,1—0,2 mg/
l hisobida eritiladi (nasl oluvchi suv havzalariga).
O‘stiruvchi suv havzalarida 0,5—0,7 mg/
l va qishlovchi hovuz-
larda 0,5—0,9 mg/
l hisobida eritiladi. Bunda baliqlarning ushlab
turilishi (ekspozitsiyasi) va ishlov
berish miqdori baliqlarning
yoshi va turiga, yilning mavsumiga, suvning tarkibi va sifatiga hamda
ixtioftiriuslar bilan zararlanish darajasiga bog‘liq;
e) baliq ovlashda
ishlatiladigan inventar,
asbob-uskunalar,
transportirovkadagi idishlar, maxsus kiyimlar kasal baliqlar bilan
ishlashdan so‘ng yaxshilab yuviladi va quritiladi;
f) ixtioftirioz bo‘yicha nosog‘lom bo‘lgan
suv havzalariga
turli yoshdagi baliqlarni birgalikda saqlamaslik, kompleks ba-
liqchilik-meliorativ tadbirlarni yaratish, suvning gidrokimyo-
viy va gaz rejimini yaxshilash choralarini amalga oshirish maq-
sadga muvofiqdir.
Ergaziloz — chuchuk suv baliqlarining
invazion kasalligi
bo‘lib, uni
Ergasilus avlodiga mansub
Ergasilus sieboldi va
E.briani
qisqichbaqalar baliqlarning jabra bo‘lmalarida parazitlik qilishi
oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik jabra to‘qimasining yallig‘lanishi
va nekrozi, organizmning intoksikatsiyasi va ba’zan esa nobud
bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: