210
yirtadi, qon tomirlarni shikastlaydi. Natijada jabra to‘qimasining
nekrozini keltirib chiqaradi. Zararlangan uchastkalarda patogen
zamburug‘lar joylashib olib patologik
jarayonni yanada chu-
qurlashtiradi. Pelyadlarda ko‘proq boshida, ko‘z atrofida, ko‘krak
suzgichlarining asosida, anal teshigi atrofida joylashib olib pa-
razitlik qiladi. Zararlangan baliqlar oriqlanadi, o‘sish-rivojlanish-
dan orqada qoladi. Kasal baliq toza suv oqayotgan joyda to‘pla-
nishadi va asfiksiya belgilarining yaqqol namoyon bo‘lishi oqi-
batida nobud bo‘ladi.
Òashxis. Kasallikning klinik belgilari hamda jabra va boshqa
organlardan olingan shilimshiq moddalar mikroskop ostida tek-
shirilib, qisqichbaqalarni topish asosida qo‘yiladi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari sog‘-
lom suv havzalariga qisqichbaqalarning kirib qolishining oldini
olishga qaratilishi lozim. Suv havzasidagi baliqlar tekshiruvdan
o‘tkaziladi. Zararlangan baliqlarni vannada xlorofosning 100 dan
400 mg/
l konsentratsiyasida 2—3 soat ushlab turiladi (ekspo-
zitsiya), hovuzlar esa preparatning 0,5 ml/
l konsentratsiyasi bilan
7—8 kun davomida ishlov beriladi.
Baliqlar ommaviy ravishda zararlansa, kuzda ular jadal ra-
vishda ovlanadi. Baliqchilik xo‘jaliklarida qisqichbaqalar bilan
zararlangan yovvoyi baliqlar kirib qolishining oldini olish maq-
sadida suv tushadigan kanallarda baliq ushlovchi uskunalar va
qumgraviyli filtrlarni o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.
Sinergaziloz — bu o‘txo‘r baliqlarning
invazion kasalligi
bo‘lib, uni
Sinergasilus avlodiga
mansub qisqichbaqalarning
baliqlar jabrasida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik
jabra to‘qimasining yallig‘lanishi va nekrozi, organizmning in-
toksikatsiyasi bilan xarakterlanadi. Oq amur turidagi baliqlarda
Sinergasilus major, oq va ola peshanado‘ng baliqlarda
Sinergasilus
lieni parazitlik qiladi. Bu har ikkala turdagi qisqichbaqalar o‘z
xo‘jayinlariga nisbatan qat’iy spetsifik (o‘ziga xos) xususiyatga ega,
faqat ko‘rsatilgan turdagi xo‘jayinlar organizmida parazitlik qi-
ladi. Bu qisqichbaqalar Xitoydan iqlimlashtirish maqsadida kel-
tirilgan baliqlar bilan birga kelgan.