Baliqchilik asoslari


Kasallikning klinik belgilari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   152
Kasallikning klinik belgilari. Sinergaziluslar ko‘proq baliq
jabrasining ikkinchi va uchinchi yoyida (duga) joylashadi. Ba-
liqlar jabrasini ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning shishganligi,
nekrozga uchragan oq tusdagi uchastkalarini va u yerlarda to‘p-
lanib, yig‘ilib qolgan qisqichbaqalarni ko‘rishimiz mumkin.
Baliqlar so‘lg‘in (so‘ligan) holatda, bir yoshdagi baliqlar o‘zini
toza suv oqimida ushlab turadi, katta yoshdagi baliqlar esa suv-
ning yuzasiga suzib yuradi. Suv havzalarining qirg‘oqlarida o‘lgan
baliqlarning jasadini uchratish mumkin.
Patogenezi. Qisqichbaqalar o‘zlarining antennalari yordamida
baliqlarning jabra qatlamlarini jarohatlaydi va yallig‘lanishni cha-
qiradi, jabra epiteliysi o‘sib qalinlashadi, qon tomirlarning tiqilib
qolishi kuzatiladi. Zararlangan jabra qatlamlari oqaradi, so‘ngra
esa to‘qimalarning nekrozi rivojlanadi. Qon bilan ta’minlanish,
kislorod almashuvi buziladi va asfiksiya kelib chiqadi.
Òashxis. Kasallikning klinik belgilari va baliq jabrasining
tekshiruvi asosida qo‘yiladi. Buning uchun jabradan shilimshiq
qirib olinadi va kompressor usulida mikroskop ostida tekshi-
riladi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Suv
havzalariga invaziyaning kirib qolishining oldini olishga qaratilgan
tadbirlarni amalga oshirish. Òashib keltirilayotgan o‘txo‘r baliq-
larning qisqichbaqalar bilan zararlanganligiga tekshirish shart.
Katta yoshdagi baliqlar invaziyaning tashuvchi ekanligini ino-
batga olib, yosh va katta yoshdagi baliqlarni alohida-alohida saq-
lash. Invaziyaning keng miqyosda tarqalganligi va uni bartaraf
etishning murakkabligini inobatga olib, bunday suv havzalariga
sinergazilozga chalinmaydigan baliqlarni o‘stirish, urchitish (zo-
g‘orabaliq, sazan va ularning gibridlari, tovonbaliq, pelyad, kit
va boshqalar) tavsiya etiladi. Bosh hovuzlar, havzalar va suv
tashuvchi kanallardan pastki suv havzalariga invaziyaning kirishiga
yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.
Kasallikni davolashda bir qancha preparatlar sinab ko‘rilgan.
Xitoyda zararlangan baliqlar mis va temir kuporosining 5:2 nis-
batdagi aralashmasi bilan ishlovdan o‘tkaziladi. Bunda 7 qism


213
aralashma (7 gramm) 1 m
3
suvda eritilib kasal baliqlarni 6—7 soat
davomida ekspozitsiya qilinadi. Suvning pH muhitini inobatga
olib hovuzlarni xlorofosning 0,3—0,5 g/m
3
konsentratsiyasi bilan
2 marta 6—7 kun oralig‘ida ishlov berish ham tavsiya etilgan
bo‘lib, bunda zararlangan baliqlar to‘liq qisqichbaqalardan
qutuladi (ozod bo‘lishadi). Bundan tashqari, biologik qarshi kurash
usuli ham tavsiya etilgan.
Usulning mohiyati shundan iboratki, nosog‘lom suv havza-
lariga planktonofaglarni kirgizish, ko‘paytirish: kumushrang to-
vonbaliq va ola peshanado‘ng baliqlari zooplanktonlar bilan
oziqlanishi jarayonida sinergazilus lichinkalarini ham iste’mol
qilishadi. Buning uchun kumushrang tovonbaliqlarning bir yosh-
gacha bo‘lganlaridan 10 mingtadan 25 mingtagacha bir gektar
maydonga, 2 yoshli ola peshanado‘ng baliqlardan 2000 ta gek-
tariga kiritilishi lozim. Nosog‘lom suv havzalarining suv oqimini
tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda erkin yashovchi
sinergaziluslarning lichinkali shakllari suv havzalaridan chiqib
ketadi. Natijada kasallikning kamayishiga olib keladi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin