220
sallikning boshlang‘ich bosqichida epiteliomalar silliq va yaltiroq
bo‘lib muloyim (bo‘sh) konsistensiyaga ega.
Kasallikning surunkali oqimida esa ospali shishlarning yuzasi
g‘adir-budur bo‘lib, qalinlashadi va qattiq konsistensiyaga ega,
bu kemirchak to‘qimani eslatadi. Bora-bora jarayonga mushakli
to‘qima ham qo‘shiladi, egiluvchanlik, elastik holatini yo‘qotadi
va suyuqlik infiltratsiyalanadi. Suyaklar bo‘shashadi, deforma-
tsiyalanadi.
Ichki organlarda esa hech qanday patologik jarayon kuzatilmaydi.
Òashxis. Epizootologik ma’lumotlar asosida va klinik belgilarga
qarab qo‘yiladi.
Kasallikning boshlang‘ich davrida ektoparazitar kasalliklardan
(trixodinoz, xilodonelloz, ixtioftirioz) farqlash lozim. Bu kasal-
liklarda ham teri qatlamida och ko‘kimtir qatlamlar hosil bo‘ladi.
Biroq ospali shishlardan farqi shundan iboratki, shishlar manbali
bo‘lmasdan, balki quyuvchan, toshuvchan xarakterga ega bo‘lib,
deyarli butun tanani o‘rab oladi.
Òeridan olingan qirindilar mikroskop ostida tekshirilganida
esa ko‘plab qo‘zg‘atuvchilarni topish mumkin.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish. Baliqlarning
yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan kompleks veterinariya-
sanitariya va baliqchilik-meliorativ tadbirlar o‘tkaziladi. Kasallikni
yo‘qotish va oldini olishda qo‘llanilib kelinayotgan usul — bu
hovuzlarni yoz oylarida quritishdan iborat. Agarda hovuzdagi suv
va tuprog‘ida yetarli miqdorda kalsiy elementi yetishmasa, sis-
tematik ravishda hovuzlarga so‘ndirilmagan ohak solinadi, ba-
liqlarning oziqasiga esa qo‘shimcha bo‘r (sutkalik ratsioniga 50 %
gacha) qo‘shiladi. Oziqa bazasining yetishmasligi va baliqlar zich
saqlanganida oziqa aralashmasiga vitaminlarga boy komponent-
lar, o‘tloqzor va suv o‘tlaridan tayyorlangan ko‘k pasta (ratsionga
20 % gacha) gidrolizli achitqich (ratsionning 3—4 % gacha)
kiritiladi. Seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash lozim. Siste-
matik ravishda kasal baliqlarni, ayniqsa, ona baliqlar to‘dasidan
(galasidan) yo‘qotish zarur. Nosog‘lom xo‘jaliklarda chetlash,
cheragalash o‘rnatiladi. Kuchli
zararlangan baliqlarni
221
odamlarning iste’mol qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, uni qaynatish
yo‘li bilan zararsizlantirilib hayvonlarga beriladi. Xom holatda
uni hayvonlarga berishga ruxsat etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: