Baliqchilik asoslari


Òashxis. Epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar, pata- natomik o‘zgarishlar va gistologik tekshiruvlar asosida qo‘yiladi. Davolash



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   152
Òashxis. Epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar, pata-
natomik o‘zgarishlar va gistologik tekshiruvlar asosida qo‘yiladi.
Davolash. Samarali davolash usuli yo‘q. Metilen ko‘ki pre-
paratini qo‘llash faqat kasallikning kechishini sekinlashtiradi.
Metilen ko‘ki 3 g 1 kg oziqa hisobiga 13—15 kun davomida berib
boriladi (davolash kursi 2—3 marotaba).


225
Oziqaviy antibiotiklar ham yaxshi davolovchi-profilaktik sa-
maraga ega, uni 6 kun davomida quyidagi dozada berib bori-
ladi: biovetin — 200 mg; biovit-120—400 mg; biovit-80—620
mg; biovit-40—1300 mg; kormogrizin 5 — 400 mg; kormogrizin
10 — 200 mg baliqlarning har bir kg tana og‘irligi hisobida.
Statsionar nosog‘lom xo‘jaliklarda oziqaviy antibiotiklarni 3—4
marotaba 3 hafta oralatib qo‘llaniladi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish chora-tadbirlari.
Baliqchilik xo‘jaliklarida optimal zoogigiyenik sharoitlarni
ta’minlovchi umumiy profilaktik, veterinar-sanitar va baliqchilik-
meliorativ tadbirlarni o‘z vaqtida qat’iy ravishda amalga oshi-
rishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Asosiy e’tibor suv havzalarining
hamda ovlash asbob-uskunalari, inventarlar va tirik baliqlar
saqlaydigan idishlarning dezinvaziyasi va dezinfeksiyasiga be-
rilishi kerak, ushbu tadbirlar qo‘zg‘atuvchi va ikkilamchi infek-
siyalarni yo‘qotishga qaratilishi lozim.
O‘stiruvchi baliqlarga doimiy shifokorlik nazoratini o‘rnatish
va xo‘jalikka yangi keltirilgan baliqlarni karantinda saqlash,
baliqlarning kasallikka chidamliligini oshirish uchun ularni to‘-
yimli aminokislotalar, protein, vitamin va mikroelementlarga
boy oziqalar bilan ta’minlash yaxshi samara beradi. Suv havza-
larida tabiiy oziqa bazasini yaxshilash lozim.
Kasallik kelib chiqqan taqdirda karantin o‘rnatiladi. Nosog‘-
lom suv havzalarida doimiy ishchilarni berkitish, ularga maxsus
kiyim-bosh, alohida inventar, ovlash asbob-uskunalari, tirik ba-
liqlarning transportirovkasi uchun idishlarni ajratish. O‘lgan
baliqlarni ovlab 20% li xlor yoki so‘ndirilmagan ohak bilan za-
rarsizlantirib, suv havzalaridan uzoqroq joyda 1,5 m chuqurlikka
ko‘mib tashlash kerak.
Nosog‘lom xo‘jalikdan ovlangan baliqlarni baza, ombor-
xonalarda saqlamasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri iste’molga chiqarish.
Òirik baliqlarni olib kelgan idish va suvini dezinfeksiya qilib, suv-
larni kanalizatsiyaga oqizib yuborish. Òovarlik ko‘rinishi talabga
javob bermasa, ixtiopatologning xulosasiga ko‘ra qaynatib parranda
va go‘shtxo‘r hayvonlarga yedirish yoki utilizatsiya qilish zarur.


226

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin