33
Orqa miyaning ikki yonidan ichki organlarga, suyakchalarga,
teri va mushaklarga nervlar chiqadi.
Òananing turli qismidagi joylashgan sezgi hujayralaridan orqa
miyaga har xil signallar kelib turadi.
Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo‘lib, baliq tanasining
sezgi hujayralaridan nervlar orqali orqa miyaga ta’sirlanish haqidagi
signallar keladi.
Baliqning nerv sistemasi sxemasi 6-rasmda berilgan.
Baliqlarning lichinka va chavoqlari, shuningdek, ayrim ba-
liqlarning o‘zi ham, asosan, planktonlar bilan ovqatlanadi. Ular
bu mikroskopik mayda yemishni g‘alvir kabi tuzilgan jabra yoy-
laridagi panjaralari bilan suzib oladi, undagi ovqat bo‘laklarini
yeb, chiqindilarni chiqarib tashlaydi. Boshqa barcha baliqlarning
ovqat tarkibi esa ular katta bo‘lgan sari o‘zgarib boradi.
Bundan tashqari, baliqlarni yeydigan ovqatlariga qarab yirt-
qich va yuvosh baliqlarga bo‘lish mumkin. Yirtqich baliqlardan
bo‘lmish akula, cho‘rtan, laqqa, piranya, arapayma,
Nil ola-
bug‘asi va boshqalar turli-tuman jonivorlar, jumladan, baliqlar,
suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, sudralib yuruvchilar,
qushlar, sutemizuvchilar, yirik umurtqasiz hayvonlar, umuman,
qimirlagan jon bilan ovqatlanadi. Òo‘g‘ri kelib qolganda o‘zi-
ning chavoqlari yoki ota-onalarini yeyishdan, hatto odamga hu-
jum qilishdan ham tap tortmaydilar.
Yuvosh baliqlarga seldlar va rapushka kabi planktonxo‘r;
buqabaliq, oqcha, navaga kabi bentosxo‘r; kefal, tog‘ay-og‘iz
kabi detritxo‘r; xumbosh, oq amur kabi o‘simlikxo‘r
baliqlar
6-rasm. Baliqning nerv sistemasi.
Bosh miya
Orqa miya
O‘rta
miya
Miyacha
Oldingi
miya
Hid
bilish
nervi
Uzunchoq
miya
Oraliq
miya
34
kiradi. Sachratqich baliq esa hasharotxo‘rdir. Shuning bilan birga
ko‘pgina baliqlar aralash ovqat yeydilar. Baliqlar yeydigan ovqat-
ning tarkibi ular yashaydigan suv havzasi va yil fasllariga qarab,
shuningdek, migratsiya va gidrologik hodisalar ham o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: