232
bo‘lmaydi. Ayrim baliqlarda ularning qorin bo‘shlig‘ida suv to‘p-
lanishi, ko‘zining oq parda bilan qoplanishi, tana tangachala-
rining quruqlanib ko‘tarilib qolishi va nobud bo‘lishi bilan xa-
rakterlanadi.
Patanatomik o‘zgarishlari. Kasal yoki o‘lgan baliqlar yorib
ko‘rilganda ichki organlarida yog‘ning haddan tashqari ko‘p
to‘planishi, uning rangi qizg‘ish, qorin bo‘shlig‘ida 0,5
l sarg‘ish
suv to‘planishi, ayrim baliqlarda esa tiniq qo‘yilib qisqaruv
massaning borligi kuzatiladi. Jigar oq tus bo‘lib, ba’zan sarg‘ish
dog‘lar bo‘ladi. Òaloqning hajmi kattalashgan bo‘lib, qon bilan
to‘ladi. Kasal baliqlarning ichki organlari gistologik tekshiruvdan
o‘tkazilganida jigarning parenximatoz hujayrasida nekroz, taloqda
serroid granulasining to‘planganligi, buyrakda ham shunga o‘xshash
buyrak kanalchasining serroidli distrofiyasi kuzatiladi.
Òashxis kasal baliqlarni yorib, ichki organlarda to‘plangan yog‘
va baliqlarning ratsionini tahlil qilish asosida qo‘yiladi.
Profilaktikasi. Hovuzlarda oq amur baliqlarini o‘stirish
me’yorini
bilish lozim,
shuningdek,
ularning zichligini ham
tartibga solish, suv havzalaridagi tabiiy oziqa manbayini (suv
o‘simliklarini) inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Agarda ta-
biiy oziqalar yetishmasa, yangi o‘rilgan o‘tloq o‘simliklari berib
oq amurlarning majburiy sun’iy oziqaga o‘tishining oldini olish
mumkin. Baliqlar uchun, ayniqsa, kunjara va shrotlarni bermas-
lik lozim, boisi ularning tarkibida zaharli modda gossipol mavjud.
Dostları ilə paylaş: