Baliqchilik asoslari


Jigarning lipoidli distrofiyasi



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152
Jigarning lipoidli distrofiyasi modda almashinuvining bu-
zilishi oqibatida kelib chiqib, jigar hujayralarining distrofiyasi va
zararlangan to‘qimalarda seroid pigmentining to‘planib qolishi
bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Kasallik yilning issiq davrida, ratsionida yuqori
oqsil saqlanuvchi oziqalar, jumladan, baliq va go‘shtdan iborat
oziqalar ko‘p iste’mol qilinganida kelib chiqadi. Kasallik ba’zan
buzilgan yoki ko‘p muddat davomida saqlangan baliqlarni,
go‘sht-suyak uni iste’mol qilganlarida yuz beradi hamda vi-
taminlari kam yog‘li oziqalarni qabul qilganlarida kelib chiqadi.
Kasallikning kelib chiqishida infeksiyalar, toksinozlar, modda


233
almashinuvining buzilishi va baliqlarning zich saqlanganligi
muhim o‘rin egallaydi.
Klinik belgilar. Kasallik gulmohi va karp hamda boshqa tur-
dagi baliqlarda uchraydi, yog‘ almashuvining buzilishi nati-
jasida kelib chiqadi. Sog‘lom jigarda yog‘ bo‘lmaydi, kasallarida
esa uning ko‘p miqdorda to‘planishi kuzatiladi. Jigarning hu-
jayralarida ko‘p miqdorda seroid — yog‘ kislotasining o‘z-o‘zidan
parchalanishining mahsuloti yig‘ilib, uning distrofiyasi va nek-
roziga olib keladi. Kasallik o‘tkir va surunkali oqimlarda kechadi.
Kasallikning o‘tkir oqimida gulmohilarning xulqida o‘zga-
rish paydo bo‘lib, tana rangi o‘zgaradi. Qisqa muddat ichida kasal
baliqlar qoramtir yoki umuman qora tusga kiradi, ba’zan qorin
bo‘shlig‘ida suv to‘planib, ko‘zlarini oq parda o‘raydi. Baliqlar
oziqa qabul qilmaydi, harakat koordinatsiyasi buziladi, suvi kam
bo‘lgan qirg‘oqlarda to‘planishadi va ommaviy ravishda nobud
bo‘ladi. Katta yoshdagi baliqlar yoshlariga nisbatan ancha
chidamsizdir.
Kasallikning surunkali oqimida baliqlarning xulqida, harakat
koordinatsiyasida yaqqol ko‘zga ko‘rinarli belgilar kuzatilma-
sa-da, ba’zan ishtahasi yo‘qoladi, qorinda suv to‘planishi va ko‘z
chaqchayishi kuzatiladi. Jabraning kuchli anemiyasi ro‘y beradi.
Baliqlarning o‘limi ommaviy xarakterga ega bo‘lmasa ham bitta-
yarimta o‘lim holatlari uchraydi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin